X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘r-



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

O‘quvchilarning kasbiy tayyorgarligini aniqlash mezoni, ko‘r-
sat kich va o‘lchovlari
.
Birinchi bosqich – maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda ular-
ning mashg‘ulotlarida qo‘llaridan keladigan faoliyat turlari bo‘yicha 
dastlabki mehnat ko‘nikmalarini ijobiy, hissiy ta’sirchan shakllantirish:
Ikkinchi bosqich – kichik maktab yoshidagi o‘quvchilarni bilishga 
oid va o‘yin ko‘rinishdagi ijtimoiy foydali mehnat faoliyatini amal ga 
tadbiq qilish orqali mehnatga hurmat, mehnat kasb turlari, yo‘nalish-
lari bilan tanishtirib borishini hamda ommaviy kasblarga bo‘lgan qizi-
qishini shakllantirish.
Uchinchi bosqich – o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish mazmuni 
ulardagi qiziqish, qobiliyat, layoqat va shaxs sifatida jamiyatdagi 
o‘z o‘rnini topishdagi hamda ma’naviy-moddiy qadriyatning 
izlanuvchan-sinchkov ko‘rinishlarini shakllantirish.
To‘rtinchi bosqich – o‘quvchilarda kasbiy o‘zlikni anglashni 
shakllan tirish davri, ya’ni o‘quvchilarni aniq bir kasbni tanlashning 
shaxsiy ma’noga egalligini tushunib yetishi, jamiyat oldidagi burchini,
javobgarlik xislatlarini shakllantirish.
O‘quvchilarni kasbga yo‘naltirishni quyidagi mezonlar asosida 
amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
1. O‘quvchilarni kasb-hunar turlari bilan tanishtirish.
2. Kasblar, mehnat yutuqlari talqin etilgan asarlarni o‘qishni tavsiya 
etish.
3. Har bir kasb haqida maxsus darslar o‘tish.
4. Ishlab chiqarish korxonalari, firma, fan, maorif, madaniyat

san’at muassasalariga sayohatlar tashkil etish.
5. Mehnat ilg‘orlari bilan ular erishgan yutuqlari haqida suhbatlar 
o‘tkazish.


73
6. Mehnat ta’limi yo‘nalishi bo‘yicha – multimedialar ko‘rsatish. 
7. O‘quvchilarni turli xil to‘garaklarga jalb etish.
8. Kasblar haqida o‘yinlar tashkil etish.
9. Yangi kasb va mutaxassisliklar, fan-texnika taraqqiyoti, ishlab 
chiqarish texnologiyalari bilan muntazam tanishtirib borish.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin