75
2. Ekskursiyalarda kasb tanlashga yo‘llash.
Odatda,
eks kursiya-
larda o‘quvchilarni o‘quv rejasi doirasidan chiquvchi material bilan
tanishtirishga qulay sharoit yuzaga keladi. Bu imko niyatdan o‘quv chilarni
kasb tanlashga yo‘llash uchun foydalanish mumkin.
3. To‘garak mashg‘ulotlarida kasb tanlashga yo‘llash
. To‘garak
mashg‘ulotlarida o‘quvchilarni turli kasblar bilan tanishtirishga ko‘p-
roq imkoniyatlar vujudga keladi.
4. Har xil mavzuda uchrashuvlar o‘tkazish.
Odatda, umum-
ta’lim maktablarni bitirgandan keyin ishlab chiqarish sanoati muas-
sasalarida ishlayotgan kishilar bilan suhbatlari o‘quvchilarda katta
taassurot qoldiradi. Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilar
turli kasb
egalari bilan tanishadilar.
5.
Har xil madaniy-ommaviy tadbirlar o‘tkazish
. Kasb tanlashga
yo‘llash ishining muvaffaqiyatli olib borilishiga
yordam beruvchi har
xil madaniy-ommaviy tadbirlar maktablarning ish tajribasidan ma’lum.
Masalan,
“Kasblar dunyosi”, “Kasb tanlash da shaxsiy va jamoat fikri”
mavzusida munozaralar uyushtirish, kinofilmlarni
muhokama qilish
shular jumlasidandir.
6. Kasblar mazmunini chuqur o‘rganish.
O‘qituvchi muay yan
kasblar to‘g‘risida tasavvur berish uchun bir yo‘la barcha o‘quvchilar
bilan ish olib borishdan tashqari bu kasb bilan yax shilab tanishish istagi
bo‘lgan o‘quvchilar bilan jiddiyroq ish olib boradi. O‘quvchilarni
qiziqishlariga qarab guruh yoki mik ro guruhlarga birlashtiradi. Bunda
ishning turli-tuman tash kiliy formalari qo‘llaniladi. O‘quvchilar o‘z
kuchi bilan referat yozadilar, ekskursiyalar o‘tkazadilar.
Dostları ilə paylaş: