87
ekanligini aytadilar. Qog‘oz va karton bilan ishlash mashg‘ulotlarida
o‘quvchilar oldindan quyidagicha tayyorgarlik ko‘rishadi: stolning
usti ga qog‘oz yozib, ish uchun kerakli ish qurollari va materiallarni
olib tayyorlaydilar. Har bir mashg‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi
mash g‘ulotda kerakli bo‘ladigan narsalarni yozib oladilar.
O‘quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan mu no -
sa batda bo‘lishlari, o‘z ishini rejalashtira bilishlari, vaqtdan unumli
foyda lanishlari, shu bilan birga ish joylarini toza va ozoda tutishlari,
sinf xonasini tozalab qo‘yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo‘llanilganidek, mehnat darslarida ham ta’limning
ko‘rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, meh nat darslarida
turli xil namuna, rasm, chizma, sxematik namu na, turli predmetlar shu-
nin gdek, texnik vositalardan foyda laniladi. Yuqorida aytib o‘tgani miz-
dek, “Qog‘oz va karton bilan ishlash” mashg‘ulotlarida o‘quvchilar
qog‘ozni buklash yo‘li bilan turli xil narsalarning shaklini yasashni ham
o‘rganib boradilar. Ana shunday mashg‘ulotlar davomida o‘qituvchi
quyidagi ko‘rsatmali qurollardan foydalanishi mumkin. Shu bilan
o‘quvchilar bu ko‘rgazmalarni yasashning bosqichlariga rioya qilgan
holda, dars davomida yasalishini o‘rganib borishlari mumkin.
Dostları ilə paylaş: