X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Kitoblarni tuzatish.
Zararlangan sahifalarni tiklash, yirtil gan 
joylarni yelimlash, hoshiyalarni mustahkamlash, to‘g‘rilash va sahifa 
burchaklarini tiklash, chiqib ketgan sahifalarni mustahkam lash, yamoq 
solishdan iboratdir. Kitobni ta’mirlash ishlarida odatda un kleysteridan 
foydalaniladi. Sahifa yirtilgan bo‘lsa, yirtilgan joylarning cheti nam 
tampon bilan to‘g‘rilanadi, so‘ngra yelim surtib, yirtiq bo‘ylab o‘ng va 
chap tomonidan shaffof qog‘oz tasmasi qo‘yiladi. Kitob sahifalarining 
buralib ketgan, ammo hali pishiq bo‘lgan uchlari nam tampon bi-
lan to‘g‘rilanadi va so‘ngra og‘ir buyum bilan bostirib qo‘yiladi. 
Siy qa lanib ketgan burchaklar ikkala tomondan mustahkamlanadi. 
Sa hifaning yopishmagan qismi yamoq solib to‘ldiriladi. Kitobni 
boshqa muqovaga qo‘shib, metall bilan mustahkamlanadi. Shundan 
ke yin blokni muqova ichiga qo‘yib, muqova yopiladi va blokning 
joylashishi tekshiriladi. Blokning ustki yoki pastki qismi chetlari teng 
oraliqda, taxminan 3 mm muqova ichiga kirib turishi kerak. Muqovani 
old tomonini pastga qilib qo‘yib ochiladi va orqa tomondagi forzats 


89
qismiga yelim surtiladi va muqova yopiladi, bu operatsiya old 
tomondagi forzatsda ham takrorlanadi. Kitob press ostida quritiladi.
O‘qituvchi buyumni namoyish qilar ekan, uni tayyorlash uchun 
qanday material va asboblar kerakligini aniqlaydi. Kerakli material 
o‘lchami, ishni bajarish tartibi o‘quvchilar bilan birgalikda belgilanadi. 
O‘zlariga tanish ishlarni o‘quvchilar mustaqil, tanish bo‘lmaganlarini 
o‘qituvchining tushuntirish va ko‘rsatmasi asosida bajaradilar. O‘quv-
chilar faoliyatini faollashtirish maqsadida ular materialni o‘lchash va 
hisoblash ishlarini mavjud muqova yasash qoidalari asosida mustaqil 
bajarganlari ma’qul.
O‘qituvchi barcha vazifalar bilan bir qatorda sanitariya-gigiena, 
xavfsizlik texnikasi qoidalarini nazaridan chetda qoldirmasligi kerak.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin