91
tiradi. Kitob uchun muqovani o‘z qo‘llarimiz bilan tayyor lashimiz
ham mumkin.
Amaliy ishni boshlashdan oldin o‘quvchilarning darsga tay yorligi
o‘qituvchi tomonidan kuzatiladi, zarur ish materiallari tanlab olinadi.
Amaliy ish:
(darslik bilan ishlash)
Kitob uchun muqova yasash bosqichlari
darslikdan kuzatiladi va
bajariladi.
• Kitob uchun muqova yasash uchun birinchi kvadrat shaklidagi
karton turi tanlab olinadi;
• Kartondan o‘lcham olish va kartonning to‘rt tomonini o‘lcham
asosida burchak qilib kesiladi;
• Hosil bo‘lgan shaklni yon tomonlarining kesilgan qismini ichki
qismiga
qaratib buklanadi;
• Tayyor bo‘lgan shaklning o‘rtasini belgilab
, o‘tkir tig‘li buyum
yordamida o‘rtasi sindiriladi;
• Muqovaning singan qismidan teng ikkiga to‘rtburchak shakliga
keltirib buklanadi;
• Xuddi shu bosqichni keyingi uchlarida ham takrorlab, yuqoridagi
uchlarini ichki qismiga buklab qo‘yiladi.
92
• Kitob uchun muqova tayyor bo‘ldi. Muqovani old tomonini
pastga qilib qo‘yib ochiladi va ichki qismiga
yelim surtiladi va muqo-
va yopiladi, bu ish old tomoniga ham takrorlanadi. Kitob press ostida
quritiladi.
Yakuniy qism.
Dars yakunida bajarilgan ishlar ko‘rsatilib, o‘quvchilar bilan birga-
likda tahlil qilinadi.
Har bir o‘quvchilar bajargan ishlariga qarab izohli baholanadi.
Uyga kitob uchun muqovani mukammal yasash, she’r
yodlash
vazi fasi beriladi.
Muqovalarni yasash ishlarini boshlashdan oldin o‘quvchilarni bos-
ma xonaga ekskursiyaga olib borish, undan keyin suhbat o‘tkazish kerak.
Suhbat jarayonida o‘qituvchi o‘quvchilar yozuvning paydo bo‘ lishi, kitob
ishlab chiqarish texnologiyasi borasida qanday bilimga ega ekanliklarini
aniqlaydi. U o‘quvchilarning
bilimlariga tayanib, ularni to‘ldiradi,
aniqlashtiradi va tizimga soladi. Suhbat jarayonida u qog‘ozdan yasalgan
ko‘pgina narsalar: daftarlar,
kitoblar, rasmli albomlar mustahkamroq
material-karton bilan muhofaza qilinmasa tezda eskirishi, iflos bo‘lishi,
yaroqsiz holga kelishi mumkinligini tushuntiradi.
Savollar
1. Qog‘ozning turlari va xususiyatlari qanday?
2. Kartonning turlari va xususiyatlari qanday?
3. Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari?
4. Qog‘oz bilan ishlashda qanday asboblardan foydalaniladi?
Dostları ilə paylaş: