X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Birinchi variant
– toza quyuq loyga glitserin qo‘shib bir turli 
massa hosil qilguncha aralashtiriladi. Glitserin tayyorlanayotgan 
massa qo‘lga yopishmaydigan holatga kelguncha qo‘shiladi.
Ikkinchi variant
- quritilgan toza loy mayda qilib tuyuladi va 
unga vazelin qo‘shib, qo‘lga yopishmaydigan quyuq massa hosil 
bo‘lguncha aralashtiriladi. Plastilinga kerakli rangdagi quruq bo‘yoq 
massasi qo‘shib va puxta aralashtirib bo‘yash mumkin.
Uchinchi variant
- 1 qism tuproqqa1/5 qism ilitilgan mum hamda 
plastilin qo‘lga yopishmaydigan darajaga yetguncha glitserin qo‘shib 
aralashtiriladi. Plastilin va loydan narsalar yasashni u yaxshilab qo‘lda 
ezilgandan keyin boshlash kerak.
Plastilin va loydan tashqari narsalar yasashda mumdan foy-
dalaniladi. Mumning tabiiy va su’niy turlari mavjud. Mum ancha 
qimmat turadi va undan mayda narsalar yasaladi. Mum bilan ishlash 
qulay, u quri maydi, suv bilan namlanishni talab qilmaydi, darz 
ketmaydi va undan yasa ladigan narsalar uzoq saqlanadi.
Mehnat darslari uchun do‘konlarda ochdan to to‘q rangacha bo‘lgan 
rangli mum tayoqchalari sotiladi. 


107
Loy bilan ishlaganda asosan oddiy asboblar, pichoq, oddiy kons-
truktsiyadagi yog‘och va metall uchli steklardan foydalaniladi. Plas-
tilin va mum bilan ishlaganda metall steklardan foydalaniladi. Ular ni 
qizitish hamda yo‘g‘on mis, alyumin yoki temir simdan tay yorlash 
mumkin. Sirkul, o‘lchov, chizg‘ich va burchaklar kabi o‘lchov asbob-
lari modellarni chizish va o‘lchash ishlarida kerak bo‘ladi.
Tayyor narsalardagi changlarni yo‘qotish, loy narsalarni supu rib 
tashlash, narsani solish va unga narsalar surtish jarayonida har xil 
mo‘yqalamlar bo‘lishi maqsadga muvofiqdir.
Haykaltaroshlik
haqida qisqacha ma’lumot. Haykaltaroshlik – 
tasviriy san’at turlaridan biridir. San’atning bu turining xususiyati 
tasvirning hajmi – formasidir. Plastik tasvirlar orasida aylana haykal-
taroshlik yolg‘iz tur emas. Undan tashqari, barelyef va gorelyef ham 
mavjud, relyef aylana haykaltaroshlikdan farq qilib, yassi sathda aks 
etadi. Bu haykaltaroshlik turlaridan idish-tovoq sathini, binolarning 
old tomoni, interyeri va shu kabilarni bezashda foydalaniladi.
Loy va plastilin bilan ishlashda kerak bo‘ladigan usullar:
1. Yumaloqlik – bu parcha loydan shar yasash, unga olcha, olma 
kabilar shaklini berishdir.
2. Bir bo‘lak loydan kaftda aylana harakatlar bilan shar yasaladi.
3. Shar yasash, so‘ngra uzunasiga harakatlar bilan uni tuxum, ustun 
kabilarga aylantirish.
4. Yassilash – sharchadan yassi non yasaladi, qo‘lning holati doimo 
o‘zgarib turadi.
5. Yumoloq shaklga keltirilgan shar bo‘lagining bir qismi cho‘zi ladi.
6. Surish (yamash) orqali buyumning ayrim qismlarini o‘zaro 
biriktirish.
Loy va plastilin bilan ishlash mashg‘ulotlarini tashkil etish va ish 
joyini bekam-u ko‘st jihozlanganligi muhim ahamiyatga egadir. 
Shuni qayd etish lozimki, O‘zbekistonning issiq iqlim sharoitida 
narsalar yasash bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarni loydan bajargan 
ma’qul, chunki plastilindan yasalgan narsalar issiqda o‘z shaklini tez 
yo‘qotadi.
Ishni oddiy predmetlar: sabzavot-mevalarni yasashdan bosh lash 
kerak. Bunda tayyor namuna yoki rasm bo‘yicha ishlashni taklif etish 


108
mumkin. O‘quvchilar narsalarni yasash usullarini egallab olganlaridan 
so‘ng o‘yinchoqlar, badiiy bezakli dekorativ idishlarni yasashga 
o‘tishl ari mumkin.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin