X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə59/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Turli materiallar bilan ishlash
. Turli materiallar bilan ishla ganda 
chiqindi materiallari: po‘kak, qutichalar, plastmassa idish lar va shu 
ka bi lar dan foydalaniladi.
Mashg‘ulotlarni rejalashtirish va materiallarni tanlashda mahalliy 
sharoitlar: o‘lka iqlimi, tabiati, ishlab chiqarish korxo nalari, xalq badiiy 
ustaxonalari va shu kabilarni e’tiborga olish ke rak. Mashg‘ulotlarni 
shunday tashkil etish kerakki, ular bola larning ijodiy qobiliyatlarini 
o‘stirisin, tasavvur qilishga o‘rgatsin.
Turli materiallarning texnologik xususiyatlari shunday xilma-
xilki, narsalar yasashda ulardan asosiy material sifatida ham, yasalgan 
narsaga bezak beruvchi material sifatida ham foydalanish mumkin. 
Turli materiallardan o‘yinchoqlar, yodgorliklar, ko‘rgazmalar, 
ro‘z g‘or uchun foydali buyumlar va boshqa buyumlarni yaratish badiiy 
model lashtirishga yaqinlashib ketadi, bolaning estetik hissiyotlari va 
badiiy moyilliklarini o‘stirishga yordam beradi.
Bu ishlarni bajarish jarayonida bolalar quyidagi malaka va ko‘nik-
ma larni egallaydilar hamda mustahkamlaydilar:
1. Turli tabiiy materiallar hamda ularni to‘plash va saqlash qoidalari 
bilan tanishish. Atrof muhitni muhofaza qilish.
2. Turli tabiiy materiallarga ishlov berish va mustahkamlash 
qoidalari.
3. Buyum uchun atrof muhitdan obyekt tanlash.
4. Predmetni tahlil qila bilish. Detallar uchun material, shuningdek 
ularga ishlov berish uchun asboblar tanlash.
5. Mustaqillikni, fantaziyani namoyon qilish. Ijodiy qobili yat larni 
o‘stirish.
6. Boshqa materiallar bilan tanishish.
7. Obrazlarni yaratishda konstruktorlik va ijodiy qobiliyatlarni o‘s-
tirish.
8. Metallga ishlov berish asboblari bilan tanishish.
Jarayon bosqichlarini taqsimlay olishni, umumiy maqsadni hisob-
ga olgan holda o‘z faoliyatini rejalay olish qobiliyatini bolalarda 
shakl lantirish uchun jamoaviy ishning turli shakllaridan foydalanish 
maq sadga muvofiqdir. Jamoaviy mehnat bolalarda jamoalik, do‘stona 


105
munosabat, o‘zaro yordam, birodarlik kur taklarini shakllantiradi. Jamo-
aviy mehnatning natijalari, ayniqsa kattalar tomonidan quvvatlanib 
bola larga qanot bag‘ishlaydi, ularni yangi buyumlar yasashga undaydi. 
Har bir ishga ko‘tarinki ruhda kirishadilar. Shunday ekan, tarbiya va 
ta’lim jarayoni to‘g‘ ri tashkil etilsa, turli tabiiy material bilan ishlash 
bolalarni barkamol o‘stirishda samarali vosita bo‘lib qoladi.
Savollar:
1. Turli xil materiallarga nimalar kiradi?
2. Turli materiallarni to‘plash va ishga tayyorlash qanday amalga 
oshiriladi?
3. Tabiiy materiallar qayerda to‘planadi?
4. Barglarni quritish usullari qanday?
5. Turli materiallar bilan ishlashning ahamiyati qanday?

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin