X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Savollar:
1. Applikatsiya va mozaika ishida asosiy ish quroli nima?
2. Qanday applikatsiya turlari o‘rgatiladi?
3. Applikatsiya va mozaika ishlari bilan ishlashning ahamiyati 
nimada?
Mavzu: Turli va tabiiy materiallar bilan 
ishlash darslarini tashkil etish metodikasi
O‘zbekiston tabiiy resurslar, foydali qazilmalar, metall va qot ish-
malar, plastmassalar, yog‘ochlar va o‘simliklarga boy o‘lkadir. Respub-
lika mizning bu tabiiy boyliklari sanoatda, tur mush da foydalanadigan 
xomashyo bo‘lishi bilan bir qatorda meh nat dars larida bajariladigan 
ishlar uchun kerakli material bo‘lib ham xizmat qiladi.
O‘quvchilarda ilk yoshligidan boshlab ona tabiatga qiziqish va 
muhabbatni, undagi go‘zalliklarni ko‘ra bilishni tarbiyalash kerak. 
Tabiiy materiallar bilan ishlash ularni tabiatni kuzatishga majbur 
qiladi. Kuzatishlar esa badiiy ijodiy qobiliyatlarni, konstruktorlik g‘o-
ya sini, tushunchalarning aniqligini uyg‘otadi.


96
Turli tabiiy materiallar bilan ishlash, turlicha ishlov berilishini, 
turli asboblardan foydalanishni talab qiladi va ularni ishlatish bilim, 
ko‘nikma, malakalarini beradi.
Turli tabiiy materiallarni to‘plash o‘qituvchi qo‘ygan maq sadga 
bog‘liq bo‘ladi. O‘quvchilar ko‘rib chiqilgan va batafsil mu ho kama 
qilin gan yoki o‘zlari o‘ylab topgan tasvir uchun material to‘playdilar. 
Yoki aksincha, avval turli barglarni to‘plab, keyin ishni bajarish tar-
tibini aniqlashlari mumkin.
Tabiiy materiallarni o‘quvchilar dastlab o‘qituvchi rahbarligida sayr 
vaqtida to‘playdilar. Tabiiy materillarni to‘plash jarayonida o‘quvchilar 
atrofdagi o‘simliklar dunyosi, hashoratlar bilan tani shadilar, daraxtlar, 
gullar navlarini, nomlarini, shakllarini, tabi iy materiallarni qachon va 
qanday to‘plash va qanday saq lash lozim ligini bilib oladilar. Tabiatni 
qo‘ riqlash va unga ehtiyot korona munosabatda bo‘lish, uni asrash 
masa lalariga alohida e’tibor berish har bir o‘quvchining burchidir.
Mehnat darslarida tabiiy materiallardan: quritilgan barglar, gullar, 
poliz ekinlari – qovun, tarvuz, qovoq urug‘lari, mevalar – olcha, o‘rik, 
shaftoli danaklari va shu kabilar, baliq tangalari va qanotlari, jo‘xori 
va makkajo‘xori so‘talari, paxta chanog‘i, yong‘oq po‘sti va shu 
kabilardan keng foydalaniladi.
Tabiiy materillarni to‘playotgan har bir o‘quvchi tabiiy mate rial-
larni tartibli yig‘ish va tayyorlash lozimligini bilishi, barg to‘plash 
jara yonida daraxtlar, butalar shoxini qo‘pollik bilan sindirish, gul va 
shu kabilarni o‘ylamasdan uzish tabiatga nisbatan vahshiylik ekan-
ligini yodda tutishi lozim. Gullarni qo‘l bilan sindirib bo‘lmaydi, aks 
holda poyasi zararlanishi mumkin.
O‘simliklarni to‘plashda gazeta, gerbariy papkasi, qaychi, pax ta 
bo‘ lishi kerak. Gazeta daftarsimon taxlanib, orasiga materiallar tartib 
bi l an joylanadi.
Quritib olishga mo‘ljallangan o‘simliklar har qanday namlik dan 
ho li bo‘lishi kerak, aks holda o‘simlik quritilganda unda dog‘larning 
izi qoladi. Quritilayotgan o‘simlikning tabiiy rangini asrab qolishning 
eng muhim sharti, ularni shamol utib turadigan joyda, yelvizakda, qu-
yosh nurida tez quritib olishdir. O‘simliklarni quritish 3 sutkadan osh-
masligi kerak.


97

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin