93
rish da katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlan tirishda kat ta
yordam beradi, tasavvurni boyitadi, kuzatuvchanlik va diqqatni faoll-
ash tiradi, irodani tarbiyalaydi, chamalash va rang ni sezishni o‘stiradi.
Applikatsiya ishini bajarishda asosiy e’tibor uning umumiy ko‘ri-
ni shiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompozitsiya, ya’ni tas-
virlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish applikat siyalar muvaf-
faqiyatining garovidir.
Tasvirlash lozim bo‘lgan narsalar yordamida figura va narsa larning
holati aniqlanadi, tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi.
Tasvirning
barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan qirqi-
ladi, ularni chizmaslik kerak.
Tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylash tiri-
ladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi, agarda bu tasvir ma’qul bo‘l-
masa detallar boshqacha joylashtiriladi. Detallarni yopishtirishda joyni
adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi.
Misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning
almashinishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz.
Ishni
boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish va
elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.
Ish mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi. Ko‘pincha ochiq ton-
da gi qog‘oz va fon tanlanadi. Applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va
elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni belgilaydi. Tasvir ustida ish lan-
ganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli mate-
riallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tanlashga qaratiladi. Tasvir
haj mi ga ko‘ra eng katta element asosiy tematik element bo‘lishi kerak.
Namuna tariqasida 1-sinf o‘quvchilari 8-Mart uchun tabriknoma
yasash lari mumkin. Bu ishda bolalar andoza bilan ishlaydilar, tax lash
va simmetrik qirqishni eslaydilar, chamalash ko‘nikmalarini
sinay dilar
va rangli qog‘ozdan ingichka oq va sariq to‘g‘ri chiziq larni qir qadilar.
Quyosh uchun kvadrat qog‘ozdan doira qirqsa bo‘ladi. Bola lar yasagan
gullar turlicha bo‘lishi mumkin. Novdalar ham qo‘lda qir qiladi.
Suhbatni o‘qituvchi “8-Mart kuni” haqida olib boradi va bunda
sov g‘a masalasini eslatib o‘tadi. Eng yaxshi sovg‘a o‘z qo‘li bilan
yasa gan sovg‘adir. Suhbat mehribon buvijonlarimiz, onajonlarimiz,
opa-singillarimiz haqida bo‘lishi mumkin.
94
Shundan keyin na’muna ko‘rib chiqiladi, uning elementlari, ish
usullari, kerakli materiallar aniqlanadi va ishning borishi belgilanadi.
1. Tabriknoma uchun rangli qog‘oz
tayyorlanib, u ikkiga buklanadi;
2. Ko‘k rangdagi qog‘ozga to‘g‘ri burchak chiziladi, uning o‘lcha-
mi uzunasiga, tabriknoma ustining uzunligidan 1 sm kam, eniga esa
eni ning yarmidan 2sm atrofida kattaroq;
3. Ko‘k qog‘ozdan qirqilgan to‘g‘ri burchak
taklifnomaning ustiga
yopishtiriladi, bunda ko‘k qog‘oz taklifnomani bo‘yashda halaqit
bermasligi uchun bukish chizig‘ining chap tomonidan ozgina joy qol-
di rib yopishtiriladi;
4. Endi quyosh va uning nurlari uchun yoy qirqiladi. Buning uchun
kvad rat shakldagi qog‘ozni kerakli o‘lchamda qirqiladi;
5. Na’muna asosida quyosh nuri qirqiladi;
6. Och ko‘k va jigar rang qog‘ozdan
ikkita shox qirqib, namu na-
dagidek yopishtiriladi;
7. Gullar qirqib yopishtiriladi.
Ish ijodiy tarzda bo‘lganligi uchun o‘quvchilar gullarni shoxlarga
o‘zla ri mustaqil joylashtiradilar. Barglarni o‘qituvchi tarqatgan ando-
za bo‘yicha qirqadilar. Tabriknomaning ichki tomoni naqsh bilan be-
za tilib, tabrik so‘zi yoziladi.
Mozaika monumental dekorativ san’at turlaridan biridir. Turli davr-
larda va turli mamlakatlarda mozaika qo‘llaniladigan materialiga ko‘ra
ham, naqsh va rasmlariga ko‘ra ham o‘ziga xos xususiyatlarga ega
bo‘lgan. O‘rta Osiyo madrasalari,
masjidlar, hukmdorlarning saroylari
mozaika bilan bezatilgan. Mozaika hozirgi kunda monumental san’atga
aylangan. Mozaika bilan binolarning tashqi qismlari, devorlari va
xalq amaliy san’ati asarlari bezatiladi. Mozaika ishlarida oyna, sopol
plitalaridan foydalaniladi. Mohir ustalar
rangli ko‘zgu
parchalaridan
ajoyib mozaika asarlari yaratishadi, ular quyoshda bir-biriga qo‘shilib
va porlab, shodlik kayfiyatini yaratadi.
Mozaika bu rasm sathiga ayrim parchalar (qog‘oz, oyna, sopol, gul
tojibarglari, tuxum po‘sti va shu kabilar)ni qo‘yib chiqishdir.
1. Tuxum po‘stidan mozaika ishlarini bajarish uchun yuvib quri-
tilgan tuxum po‘sti mo‘yqalam yordamida akvarel bo‘yoqlari bilan
kerakli ranglarga bo‘yaladi.
95
2. Bo‘yoq qurigandan keyin tuxum po‘stini tanlangan rasmga ko‘ra
mayda va yirik bo‘laklarga bo‘linadi.
3. Tuxum po‘stidan mozaika qilishda shunday tasvirni tanlash ke-
rakki, ularning konturlari mumkin qadar tekis va mayda, egri-bug ri lari
bo‘lmasligi kerak.
4. Kontur qora qog‘oz orqali o‘tkaziladi yoki
shablondan aylantirib
chiziladi.
5. Avval rasm sathining bir qismiga yelim surtiladi. U yerga tuxum
po‘sti terib chiqiladi, keyin ikkinchi qismiga ham shu tartibda davom
ettiriladi.
6. Ortiqcha yelim toza mato bo‘lagi bilan artib tozalanadi, po‘st
yaxshiroq yopishishi uchun ustidan sekin bosib qo‘yiladi.
Bunday ish odatda eng oddiy konturlardan boshlanadi. Keyinroq
konturlar ancha murakkablashadi.
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari, danak, baliq
tangalari, chig‘anoq, mayda toshlar bilan xilma-xil mozaika ishlarini
bajarish mumkin.
Dostları ilə paylaş: