X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

I bob. BOSHLANG

ICH SINFLARDA MEHNAT TA’LIMIDAN 
NAZARIY BILIMLAR
Mavzu: Boshlang

ich sinflarda mehnat ta’limi 
va tarbiyasining vazifalari
Jamiyatimiz taraqqiyotining hozirgi bosqichi, mehnatning xa rak teri 
va mazmuniga, insonni hayotga tayyorlashga yuksak ta lab lar qo‘yadi. 
Shunga ko‘ra har bir kishini hayotga tarbiya lash da aniq o‘zgarishlar 
qilishi lozim. Har bir o‘quvchida zamo naviy ishchi shaxsining sifat la-
ri ni shakllantirish uchun maktabning boshlang‘ich sinflarida va hatto 
il ga riroq maktabgacha muas sa sa larda, keyinroq maktabdan yuqori 
sinfl ardagi ta’lim va tar biyani rivojlantirish, keyinchalik kasb-hunar 
kol lejlarida o‘z bilim la rini davom ettirishlari lozim. Butun kuch va 
qobiliyatlarini siyo siy bilim doiralarini kengaytirish, zamonaviy bi-
lim lar bilan qu rol lantirish va mehnatni har tomonlama uyg‘unlashtira 
olish ga o‘r gatishdan iboratdir.
O‘quvchilarni mehnatga tarbiyalash va kasbga tayyorlash vazifalari 
boshlang‘ich sinflarda butun ta’lim va tarbiya tizimida hamda barcha 
o‘quv predmetlari yordamida hal etiladi. Bu o‘rinda mehnat darslari 
yetakchi rol o‘ynaydi. Boshlang‘ich sinflarda mehnat ta’limining ilk 
tu shunchalari, malaka va ko‘nikmalari mehnat darslarida shakllan ti-
ri ladi.
Boshlang‘ich maktabdagi mehnat ta’limining asosiy va zi fa lari meh-
nat ga axloqiy, ruhiy tayyorlash va amaliy tay yorlash, o‘quvchilarni 
bosh lang‘ich politexnik bilimlar bilan qurol lan tirishdan iboratdir. 
Mehnatga axloqiy tayyorlash 
– o‘zaro do‘stona yordamni be-
rishni, ijodiy tashabbuskorlik, tashkilotchilik qobiliyatlarini namoyish 
qi lishni, mehnat kishilari va mehnat natijalarini hurmat qilishni o‘rga-
tish dan iboratdir.
Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda jamoa asosidagi meh-
natni uyushtirish muhim masalalardan biridir. Zero, jamoa ishtirokida 
o‘t ka zilayotgan mehnat jarayonida o‘quvchilarda do‘stlik, o‘rtoqlik, 
o‘za ro yordam va hamkorlik, jamoa mehnat samaralaridan quvonish 
ka bi xislatlar tarbiyalanib boradi. Shuningdek, ularda tashabbuskorlik, 
tashkilotchilik, mehnatga ijodiy yondashish, jamoa manfaatini shaxsiy 


5
manfaatdan ustun qo‘yish singari axloqiy sifatlarning shakllanishiga 
poydevor qo‘yiladi.
Mehnat jarayonida o‘quvchilarda mehnat madaniyatining un-
surlarini hosil qilib borish muhim talablardan biri sanaladi. Mehnat 
madaniyati - bajarilayotgan ishga ongli munosabatda bo‘lish, uni ilm-
iy jihatdan to‘g‘ri tashkil etilishi (puxta rejalashtirish, vaqtdan unumli 
foydalanish), ish o‘rnini ozoda tutish, mehnat (ish) qurollariga ehti-
yotkorona munosabatda bo‘lish, boshlangan ishni natijalash, uning 
samarali bo‘lishiga erishishga yo‘naltirilgan faoliyat ko‘rsatkichidir. 
Mehnat madaniyati tushunchasi o‘zida yana o‘quvchining mustaqil 
harakat olib borishini, mehnat qilishi va dam olishini to‘g‘ri tashkil 
eta olishni ham aks ettiradi.
Mehnatga ongli munosabatni tarbiyalashning yana bir talabi o‘quv-
chilarni ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiya bora si dagi yan-
giliklardan boxabar etish, ularda mehnatga nisbatan qizi qishni ho sil 
qilish, bu boradagi layoqat, qobiliyat va iqti dor larini oshirib bo rish dan 
iborat

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin