7
O‘quvchilar ta’lim jarayonida va darsdan tashqari sharoitlarda
mehnatning ijtimoiy jamiyatda tutgan o‘rni va rolini, inson kamolotini
ta’minlash
omili ekanligini, shaxsning qobiliyati va iqtidorini mehnat
jarayonida takomillashib borishini hayotiy misollar yordamida bilib
olishlari lozim. Mehnat ta’limi va tarbiyasini tashkil etishda bugungi
kunda an’anaviy va noan’anaviy shakllardan foydalanilmoqda. Xu-
susan, mehnat bayramlari, ishlab chiqarish ko‘rgazmalari, hashar,
“Mohir qo‘llar” tanlovi, “Quvnoq shahar ustaxonasi”, “Yosh radio-
texniklar to‘garagi” va
ijodiy markazlar fao liyati, shuningdek, ustoz-
shogird an’analari asosida faoliyat olib boruvchi yakka tartibdagi
kasb-hunar ta’limi va boshqalar.
Mehnat tarbiyasi to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan ta’lim muassasalarida
o‘quvchilar maktabga kelgan dastlabki kunlardanoq o‘zlarining yosh
va psixologik xususiyatlariga mos mehnat faoliyatiga jalb qilinadilar.
Bunda ular o‘z-o‘ziga xizmat qilish borasidagi eng oddiy yumushlarni
bajaradilar (chunonchi, sinf xonasi ozodaligini saqlash, o‘quv
qurol-
larini ta’mirlash, kitoblarni yelimlash, o‘quv anjomlarini darsga tayy-
orlash va hokazolar).
Mehnatga ruhiy, axloqiy va amaliy tayyorlash jarayonida o‘quv-
chi larda mehnatsevarlik, mehnatni tashkil etish jarayonida intizomga
bo‘ysunish, maqsadni amalga oshirish yo‘lida shijoat, qat’iyat ko‘r-
satish, axloqiy-irodaviy xususiyatlar tarbiyalanib boradi.
Mehnat ta’limi vazifalari haqida gapirilganda, o‘quvchilarda
mehnatsevarlik, mas’uliyat, intizomlilik, burch hissi, jamoatchilik his-
sini tarbiyalashni tilga olmaslik mumkin emas.
Shu bilan birgalikda
meh nat odamlar tirikchiligining moddiy va ma’naviy ta’minotining
vositasi, jamiyat taraqqiyotining eng muhim omilidir. O‘quvchilarni
barkamol shaxs bo‘lib voyaga yetishida mehnat ta’limining roli
ko‘p qirralidir. Mehnat o‘quvchilarning bilim olishiga intilishlarini
qo‘zg‘atuvchi vositagina emas, balki uning manbayi hamdir. Mehnat
ta’limi jarayonida o‘quvchilarni aqliy jihatdan o‘stirishda jismoniy
va aqliy mehnatni almashtirib turish muhim ahamiyatga egadir. Bi-
roq har qanday mehnat ham aqliy o‘sishga yordam bermasligini unut-
masligimiz kerak.
Mehnat ta’limi shaxsning eng muhim iroda va axloqiy sifatlarning
8
rivojlanishiga yordam beradi. Mehnat ta’limida mehnatga psixologik
tay yorgarlik, mehnat faoliyatining to‘g‘ri motivlari tarbiyalanadi,
shaxs ning har bir ongli mehnatkash uchun zarur bo‘lgan sifatlari
shakl lanadi.
Darslarning jihozlanganligi o‘z mehnati uchun shaxsiy mas’u li-
ya t ni, mehnat madaniyatini tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir.
Agarda bolalar
yomon jihozlangan sinfda, qo‘pol, og‘ir va yoshlariga
nomunosib asboblar bilan shug‘ullansalar ish natijalari ko‘ngildagidek
bo‘lmaydi.
Agarda bola har bir qadamda tartiblilikka, aniqlikka rioya qilish lo-
zimligiga ishonch hosil qilmasa, bolalarni mehnatga muhabbat ruhida
tarbiyalashda muvaffaqiyatga erishish haqida gapirish qiyin.
Mehnat malaka va ko‘nikmalari u
yoki bu mehnat jarayonida
belgilangan tartibga va harakat izchilligiga rioya qilish kerakligini
muntazam tushuntirib borish bilan birga bo‘ladigan ko‘p mashq qilish-
lar natijasida tarkib topadi.
O‘quvchilar o‘rtasida yo‘lga qo‘yilgan o‘zaro yordam esa, ularda
do‘st lik, birodarlik, umumlashish, jamoatchilik kabi
fazilatlarni tar bi-
ya laydi.
Dostları ilə paylaş: