X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Savollar
1. O‘quvchilarni qo‘l mehnatiga o‘rgatishdan asosiy maqsad nima?
2. Qanday qo‘l mehnati ish turlari o‘rganiladi?
3. Mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy vazifasi nimalardan ibo-
rat?
Mavzu: Mehnat ta’limining shakl va metodlari
Yoshlarning fan-texnika rivojida faol ishtirok etishlari faqat ta’lim 
mazmunini emas, balki o‘qitish jarayonining usuli va tashkil etilishini, 
o‘qitishga qiziqishini, ijodiy qobiliyatini, egal lagan bilimlarini amalda 
qo‘llay bilishni rivojlantirish maqsad lari da yanada takomillashtirishni 
ham talab qiladi. Bu esa maktab zim masiga yoshlarda ijodga ehtiyoj 
uyg‘otish, ijodiy qobiliyatlar, har qanday faoliyatga ijodiy yondashish 
asoslarini tarkib top ti rish ga, ijodiy masalalarni mustaqil hal etishga 
o‘rgatish vazifasini yuklaydi.
Mehnat ta’limiga o‘rgatishning ahamiyati mehnat malakalarini 
egallash imkoniyatini berish bilan cheklanmaydi, balki bu malakalar 
hamma uchun kerakligini e’tirof qilish kerak. Ko‘pgina ilmiy 
kengashlarda qatnashuvchi kishilar, agar turmush ishlarini bajarishni: 
ovqat pishirish, kiyim yamash, ozodalikni saqlash va shu kabilarni 
bilmaganlarida, shunchalik muvaffaqiyatga erishmagan bo‘lardilar. 
Mehnat ta’limiga o‘rgatishni ham zamonaviy pedagogika ishlari-
ni to‘g‘ri tashkil etish va uning usullariga qo‘yadigan umumiy talab-
lariga muvofiq tarzda amalga oshirish kerak. O‘qi tish metodlari – bu 
o‘qituvchi va o‘quvchilarning usullari bo‘lib, bular yordamida o‘qituv-
chi o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashlariga 
eri shadi. O‘qituvchi o‘z tajribasida o‘qitishning xilma-xil usullaridan 
foydalanishi mumkin. O‘qituv chining intilishi, xatti-harakati darsda 
o‘quv chilarning diqqat-e’tiborlari susaymasligiga, fikrlarning jamlan-
gan bo‘lishi ga, ularning chambarchasliklariga yo‘llangan bo‘lishi ke-
rak. O‘qituv chi darsning har bir daqiqasini qadrlab, o‘quvchilarni ham 


22
shunga o‘rgatishi kerak. Har bir o‘qituvchiga o‘z uslubi, o‘z usuli ning 
o‘ziga xosligiga ega bo‘lish huquqi berilgan. Biroq shuni aytish mum-
kinki, bularning barchasiga mustahkam bilim, bir qarashda hammaga 
ravshan bo‘lgan haqiqatlarni egallab olganlaridagina eri shish mumkin. 
Hayotini o‘qituvchilik mehnatiga baxsh etmoqchi bo‘lgan o‘qi-
tuv chilar o‘z faoliyatini mana shu hammaga ma’lum haqiqatni o‘z-
lash tirishdan boshlashlari kerak. Ular darslarda suhbat, gapi rib be-
rish, amaliy mashg‘ulotlar kabilardan foydalanib o‘zlash tirganini tek-
shirish, yangi mavzuni tushuntirish va o‘tilganini mustahkamlashni 
eng boshidan o‘rganishlari lozim. Faqat barchaga ma’lum haqiqatlar 
o‘z lash tirgandan keyingina va sinf ning imkoniyatlarini nazarda tutib, 
yangisini qo‘llash mumkin.
Mehnat ta’limi bilimlarini egallash, o‘zlashtirish, amalda qo‘l lash 
va o‘quvchilarni rivojlantirish faol jarayonining mu vaf faqiyati asosan 
o‘qituvchining bilimi hamda ishga ijodiy yonda shishiga bog‘liq. 
Mehnat ta’limini amaliy mehnat faoliyati bilan birlashtirish va 
o‘quvchilarning ilmiy bilimlarni chuqur o‘zlashtirishini ta’minlashda 
ta’limning turli usullaridan foydalaniladi. Nazariy materialni tushun-
ti rish chog‘ida o‘qituvchi o‘quvchilarning bilimlari va tajribasiga 
suyanadi. O‘quvchilar tomonidan bajarila digan barcha mehnatga oid 
hara katlar nazariy bilimlarni bilishga tayanadi.
Ko‘r-ko‘rona taxminiy yo‘l bilan egallangan ko‘nikma va malaka 
tor ma’noda bo‘lib, puxta bo‘la olmaydi. Amaliy top shi riqlarni tan lash 
mehnat tayyorgarligini nazariy va amaliy saviyasini ko‘tarish vazi fa-
lariga bo‘ysundirilishi kerak. O‘quv chi larga berilgan topshiriqlar ular-
ni ijodiy izlanish, ta’lim olish va adabiyotlar bilan ishlash mala ka sini 
shakllantirishi lozim. 
Boshlang‘ich sinflarda ish materiallarining mazmuni, hajmi va 
usullari o‘quvchilarning tayyorgarlik bosqichiga mos kelishi za rur. 
O‘quv materiallarini o‘quvchilarga yetkazib berishda faqat soddalash-
ti rish yo‘li bilan borish maqsadga muvofiq bo‘lmaydi. Bunday yo‘l 
bi lan borish o‘quvchilarning aqliy rivojlanishini ta’minlay olmaydi. 
Har bir mavzuni o‘rganishda soddadan murak kabga qarab borish maq-
sad ga muvofiqdir.
Ko‘pgina o‘qituvchilar o‘qitishning turli metod va usullarini qo‘l-


23
lab, shunungdek, sinfdan tashqari ishlarni qiziqarli tashkil etib, yaxshi 
o‘z lash tirish natijalariga erishmoqdalar va bilimga mu ha bbat hamda 
qi ziqishlarini singdirmoqdalar. Bunday o‘qi tuv chilar qo‘l mehnatini 
o‘r gatishda o‘quvchilarga turmush sohasi dagi bilim va ko‘nikmalarni 
sing dirish bilan birga, ularda ijodiy qobiliyatlarni va bilishga qiziqishni, 
mustaqil faollikni o‘stirishga yordam bermoqdalar.
O‘qitish usullari bilimlarning shunday darajada egallanishiga xiz-
mat qilishi kerakki, unda o‘quvchilar chizmani o‘qituvchi chizgan o‘l-
chamlar asosida emas, balki buyumni istalgan o‘lchami bo‘yicha chi-
zib, egallagan bilimlarini amalda qo‘llay olsinlar.
Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda qo‘llanadigan asosiy usullar tizimi 
quydagichadir:
1. Og‘zaki bayon qilish.
2. Tushuntirish va hikoya qilish.
3. Suhbat.
4. Mashqlar.
5. Amaliy ishlar.
6. Mustaqil ishlar.
7. Ekskursiya.
8. Kitob bilan ishlash.
9. Texnik vositalar.
Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilarni mehnat ta’limi va tar-
bi ya siga tayyorlashda mana shu usullardan samarali foydalanilsa, 
o‘qi tuvchi o‘quvchilarning mehnat ta’limi va tarbiyasining malaka 
va ko‘nikmalarini egallashlari va mehnatga tayyorlash to‘g‘ri tar-
bi yalansa, haqiqiy mehnatkash inson uchun zarur bo‘lgan sifatlar 
shakllanadi.
Og‘zaki bayon qilish
 
usuli ikki xil ko‘rinishda bo‘lishi mumkin: 
1. Monologik bayon qilish. Bunda faqat o‘qituvchi gapiradi, 
o‘quvchilar esa uning nutqini idrok etib, anglab oladilar. Qo‘l mehnati 
darslarida u tushuntirish va hikoya qilish, instruktaj ko‘rinishida 
bo‘ladi. 
2. Dialogik bayon usuli. Bu o‘qituvchi va o‘quvchilarning o‘zaro 
suhbatidir.
Tushuntirish va hikoya qilish. Bu usulda materialni jonli va ob -


24
razli bayon qilishdir. Bu holda yangi bilimni o‘qituvchining o‘zi 
beradi. Ba’zan suhbat davomida o‘quvchilarning qanchalik o‘zlash-
ti rayotganliklarini bilish maqsadida ularga savollar bilan murojaat 
etish maqsadga muvofiqdir. Hikoya agar bajarilgan ishlar, natural 
rasm lar, fotosuratlar va shu kabilarni ko‘rsatib bajarilsa, anchagina 
tu shunarliroq bo‘ladi. Bu o‘rinda tushuntirayotganda “ko‘rsat va 
tushuntir” degan qoida bajariladi. Yangi materialni bayon qi lish da 
o‘quvchilarning bir xil emasligini nazarda tutish lozim. Tushun ti-
rishda o‘zlashtiruvchilarga alohida e’tibor berish lozim. Hikoya qi-
lish jarayonida ularning idroklarini faollashtirish maqsadida tushun ti-
ralayotgan material yuzasidan bir-ikkita savol berish mumkin.
Suhbat usuli
 
turli o‘quv maqsadlarda, ya’ni yangi dastur ma te rialini 
ba yon qilish, bilimlarni rejalashtirish va chuqur lash tirish uchun takror-
lash jarayonida, o‘quvchilarning bilimini tekshirish uchun qo‘llanishi 
mum kin. Bu usulda o‘quvchilardagi qizi quv chanlikni qo‘zg‘ab, sa-
vol lar berish foydalidir. Suhbat xuddi hi koya singari ma’lum talab lar-
ga javob berish kerak, ya’ni:
- savollarni shunday shakllantirish lozimki, ular o‘quvchilar tafak-
kurini faollashtirsin, ularni aniq va ishonarli javobni izlashga undasin;
- mavzuni ochib berishda izchillik bo‘lishi uchun suhbatning rejasi 
oldindan tuzib qo‘yilgan savollari albatta bo‘lishi kerak;
- o‘quvchilarning diqqati qaysi dalil va xulosalarga qaratilishi 
oldindan belgilanishi lozim.
Suhbat o‘quv materialining chuqur va ongli egallanishiga yor dam 
berishi, o‘quvchilarda bo‘lajak amaliy ishni ongli rejalash tirish malaka 
va ko‘nikmalarini shakllantirishda vosita xizmatini o‘tashi, egallangan 
bilimlarni amalda qo‘llash malakalarini singdirishga yordam berishi 
kerak.
Mashqlar
bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash maqsadida o‘t ka-
ziladi. O‘qituvchi ko‘nikma va malakalarni mastahkamlash maqsadi-
da o‘quvchilarga turli mashqlar beradi, bunda u ijodiy xarakterdagi 
ish larni tashkil etib, ko‘proq mustaqillik talab etuv chi mashqlarni na-
zar da tutadi.
Bu metodning mohiyati borgan sari murakkablashib boruvchi usul 
va harakatlarning ongli hamda ko‘p marta takrorlanishidir.


25
Mashqlar ommaviy va yakka tartibda bo‘ladi, ya’ni butun guruhda 
bir xil ishni va barcha o‘quvchilar turli ishlarni bajarishlari mumkin.
Mashqlarning xarakterli xususiyati ayni bir harakatning tak ror la-
nishi bo‘lgani uchun o‘quvchilarda bajarilayotgan ishga nis batan qizi-
qishini saqlash talab etiladi.
Mashqlar yakunida ishlarni tahlil qilish, eng yaxshi ishlarning 
tah liliga tayanib, kim qanday natijalarga erishganligini ko‘rsatish 
lo zim. Ayni bir vaqtda kamchiliklar ustida ham to‘xtash va ishning 
sifatini yaxshilash yoki bajarish tezligini oshirish uchun nimalar qilish 
kerakligini tushuntirish lozim.
Amaliy ishlar.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin