X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Hozirgi kunda barcha ta’lim sohalarini tex nik  vosi talarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

 
Hozirgi kunda barcha ta’lim sohalarini tex nik 
vosi talarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
 
Qo‘l mehnati mash g‘u lotlarida 
ayrim bo‘limlarni o‘rganish, kasblar haqida ma’lumot berish, amaliy 
ishlarni tayyorlash texnologiyasini o‘rgatish, xavf sizlik texnikasi 
qoidalarini tanishtirish munosabati bilan qo‘llanadi.
Aytib o‘tilgan usullar mehnat ta’limi o‘qituvchilari tomonidan mu-
vaf faqiyatli qo‘llanmoqda. Mehnat ta’limi bo‘yicha bilimlarni egal-
lash, o‘zlashtirish, amalda qo‘llash va o‘quvchilarni rivojlantirish 
jarayonining muvaffaqiyati asosan o‘qituvchining bilimi hamda ishga 
ijodiy yondashishiga bog‘liq. Mehnat o‘qituvchisi dasturda nazarda 
tutilgan mehnatning barcha turlarini bir xil yaxshi bilishi kerak. Faqat 
ijodiy fikr yuritib ishlaydigan, o‘z ishida o‘qitishning turli usullari bilan 
birga, pedagogik texnologiyalardan va interfaol metodlardan foydalanib 
darslarni tashkil etgan o‘qituvchigina jamiyatning maktab oldiga 


28
qo‘ygan vazifalarini muvaffaqiyatli hal etishda yordam berishi mumkin.
O‘quv materiali mumkin qadar qiziqarli va o‘qimishli qilin ganda, 
u yaxshiroq egallanib, o‘quvchining qalbiga singadi va uni amalda 
qo‘llash osonroq bo‘ladi.
Har bir o‘quvchidagi qiziqish turlichadir, shunday ekan, o‘qi tishda 
yakka tartibda yondashishni oshirish kerak bo‘ladi. Bundan tashqari 
bir sinf, bir yoshdagi o‘quvchilarning rivoj langanlik darajasi hamda 
bilimlarni egallash tezligi turlichadir.
Darslarni to‘g‘ri tashkil etishda xar xil o‘zlashtiruvchi o‘quv chilar 
bilan ishlashni oldindan o‘ylab qo‘yilgan tuzilishi bo‘lishi muhimdir. 
Bo‘sh o‘zlashtiradigan o‘quvchilarga ham, yaxshi o‘zlashtiradigan 
o‘quvchilarga ham oldindan alohida topshiriqlar tayyorlab qo‘yish 
kerak.
Har bir o‘qituvchiga o‘z uslubi, o‘z usulining o‘ziga xosligiga ega 
bo‘lish huquqi berilgan, biroq shuni aytish kerakki, bularning barchasi 
mustahkam bilim berish, mehnat sohasidagi malaka va ko‘nikmalarini 
egallash, ijodiy qobiliyatlarini o‘stirish, bilimga qiziqishini o‘stirishga 
yordam beradi. 
O‘quv jarayonini takomillashtirish, o‘qitishning yangi shakl ham-
da metodlarini tadbiq qilish, o‘quvchilarda qiziqishni oshi rishga, dars-
lar ning samaradorligini kuchaytirishga, bilish faol ligini oshirish ga 
yordam beradi. Bilish faolligini rivojlantirish o‘z navbatida buyum-
ga, mazkur holatda – xizmat ko‘rsatuvchi meh natga qiziqishini rivoj-
lantirishda ko‘maklashadi. 
Savollar
1. Mehnat ta’limini tashkil etish shakllari qanday?
2. Mehnat ta’limini tashkil etish usullari qanday?
3. Mehnat ta’limimni tashkil etish mazmuni nima?
4. Mehnat ta’limimni samaradorligini oshirish shartlari qanday?

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin