X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

 
Bu usul
 
o‘quvchilarga egallangan bilimlarini amalda 
qo‘llashni o‘rgatishga yordam beradi. Amaliy ishlarni bajarish rejasini 
o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil tuzishlari katta tarbiyaviy ahamiyatga 
egadir.
Ko‘rgazmali qurollarning o‘quvchilar tomonidan bajarilishini ham 
amaliy ishlarga kiritish mumkin. Bu egallagan bilimlarni mustahkam-
lash ga yordam beradi.
Mustaqil ishlar. Bu o‘qituvchining bevosita ishtirokisiz, biroq 
uning topshirig‘i bilan maxsus ajratilgan vaqtda bajariladigan ishlardir. 
Bu o‘rinda o‘quvchilar o‘zlarining intilishlarini qo‘llab hamda aqliy 
va jismoniy harakatlarining natijalarini u yoki bu formada ifodalab, 
topshi riqda qo‘yilgan maqsadga ongli ravishda erishishga harakat 
qiladilar.
Dastlabki darslardan boshlab ishni shunday tashkil etish ke rakki, 
o‘quv chilar qo‘l mehnatini egallash uchun nazariy bilim lar va amaliy 
malakalar o‘rtasida uzviy aloqa bo‘lishi kerak ligini his etsinlar. 
O‘quv chilarda malakani shakllantirish ongli faoliyatdan ajralgan hol-
da bo‘lmasligi kerak.
Mustaqil ishlarni bajarish jarayonida malakalar shakllanishi bilan 
birga o‘quvchilar o‘z kuchlari, bilim va qobiliyatlarini si novdan o‘tka-
zadilar.
Mustaqil ishlarning keng qo‘llanishi o‘quvchilarda ishga ijodiy 
yondashishni, ulardagi bilishga qiziqishlarini, olingan bilimlarni 
amalda qo‘llay bilishni rivojlantirishga yordam beradi.
Ekskursiya mehnat ta’limining asosiy usullaridan biri hisob lanadi. 


26
Ekskursiya jarayonida o‘quvchilar ishlab chiqarish dagi turli asbob-
uskunalar bilan tanishadilar, mehnat va ishlab chiqarish jarayonlarini 
kuzatadilar va o‘rganadilar. Turli mehnat obyektlariga ekskursiyalar 
uyushtirish, o‘quvchilarni mehnat kishilari bilan, ular ishlatayotgan 
asbob-uskunalari bilan, mehnat jarayonining tashkil etilishi va ishlab 
chiqariladigan mahsuloti bilan umumiy tarzda tanishtirish, yangi 
asbob-uskunalarning na muna larini va ishlab chiqarishning zamonaviy 
texnologiyasini, ilg‘or ish usullari va mehnatni ilmiy tashkil etish 
metodlarini o‘rganish maqsadida ham tashkil etilishi mumkin.
Turli mehnat obyektlari bilan tanishtirish xususiyatiga ega bo‘lgan 
ekskursiyalarni mehnat ta’limining biror bo‘limi (gazlama bilan ishlash, 
xizmat ko‘rsatish va hokazolar) boshlanishidan oldin o‘tkazish kerak. 
Aniq mavzuga doir ekskursiyani dasturdagi biror mavzuni o‘tishdan 
keyin yoki undan oldin o‘tkazgan ma’qul. Ekskursiya odatda 15-20 
o‘quvchidan iborat bitta guruh bilan ommaviy tarzda o‘tkaziladi, 
biroq ekskursiya jarayonida ayrim o‘quvchilar uchun yakka tartibda 
ko‘rsatma va tavsiyalar, izohlar berish kerak.
Mehnat o‘qituvchisi ekskursiya jarayonida o‘quvchilarning ishlab 
chiqarish jarayonini kuzatishlariga rahbarlik qilib turadi.
Turli mehnat obyektlarida o‘tkaziladigan har qanday ekskur-
siyaning mazmuni uch bosqichda olib boriladi.
1. Kuzatish obyektini oldindan tanlash, uning aniq maqsadlari 
ham da vazifalarini belgilash, korxonaga dastlab o‘qituvchi borib ko‘-
rishi, zarur hujjatlarni (darsning rejasi, o‘quvchilar uchun berila digan 
topshiriqlar va hisobot shakllarini) tayyorlashdan iborat bo‘lgan tay-
yorgarlik bosqichi.
2. Mehnat o‘qutuvchisi ekskursiya maqsadlari hamda vazi falari
korxona hududida o‘zini tutish qoidalari, kuzatish ob yek tlari, ekskur-
siya yo‘nalishi to‘g‘risida suhbat o‘tkazishi, o‘quvchilarning bevosita 
kuzatishi va zarur vazifalarni bajarishi.
3. Ekskursiya jarayonida tug‘ilgan savollarga, turli muammo-
larni hal qilishga qaratiladigan yakunlovchi suhbat o‘tkazish bilan 
cheklanilmaydi. Mehnat ta’limi bo‘yicha navbatdagi mashg‘ulotlarda 
bajarilgan vazifalarni va hisobotlarni tahlil qilish hamda jamoa tarzida 
muhokama qilish yo‘li bilan ekskursiyaga yakun yasaladi.


27
Ekskursiya bilishga qiziqishni avj oldirishda, o‘quvchilarga mus-
ta qillik tuyg‘larini singdirish va hayotni bilishda muhim o‘rinni 
egal laydi. Agarda ekskursiyalarni o‘tkazishda ishlab chiqarish vakil-
lari ham qatnashsa, u yanada samaraliroq bo‘ladi. Ekskursiya jara-
yonida o‘quvchilar ishlab chiqarish texnologiyasi bilan yaqindan 
tanishadilar. Ekskursiyani o‘tkazishdan oldin o‘quvchilar oldiga aniq 
maqsadlar qo‘yish, ekskursiyadan so‘ng savol-javob o‘tkazish lozim. 
Masalan, to‘qimachilik kombinatiga ekskursiya uyushtirishdan oldin 
o‘quvchilarga guruhlar bo‘yicha topshiriqlar berish mumkin.
Kitob bilan ishlash. Hozirgi kunda mehnat ta’limi bo‘yicha 1–4- 
sinflarga mo‘ljallangan “Mehnat” darsliklari asosida o‘qituvchidan 
o‘quv chilarni kitob bilan ishlashga o‘rgatish talab qilinadi. Bu maq-
sadda quyidagi kitoblardan qo‘shimcha foydalanish tavsiya etiladi: 
X.Sanakulov, D.Xodiyeva. “Boshlang’ich sinflarda qo g
‘oz dan amaliy 
ish lar”, metodik qo‘llanma; Sanakulov X.R, Xodiyeva D.P, Rustamova 
M. “Mehnat va uni o’qitish metodikasi darslarida modulli figuralar 
yasash texnologiyasi”, metodik qo‘ llanma.
O‘quvchilarni kitob bilan tanishtirishdan oldin o‘qituvchining 
o‘zi bu kitobni puxta o‘rganib chiqishi, undan nimalarni tavsiya etish 
mumkinligini belgilab chiqishi lozim. O‘quvchilarni kitob bilan 
mustaqil ishlashga asta-sekin o‘rgatib borish kerak.
Texnik vositalar.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin