X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Tarbiyaviy maqsad
– o‘quvchilarning mehnat ko‘nikmalarini 
egallashlari jarayonida mehnat va kasbga munosabatlarida yuqori 
axloqiy sifatlarini, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va tadbirkorlikni 
rivojlantirib borishdan iborat. 
Rivojlantiruvchi maqsad
– mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayo-
nida o‘quvchilarga aqliy, jismoniy, axloqiy badiiy estetik tarbiya va 
ta’lim berish orqali ularning barkamol shaxslar bo‘lib yetishishlariga 
yor dam berishdan iborat.
Nazorat maqsad
– o‘quvchilarning dasturda belgilangan bilim, 
ko‘nikmalarni DTS ga binoan o‘zlashtirish holatini nazorat qilishdan 
iborat.
Ijodiy vazifa
– mehnat ta’limi jarayonida bilim, ko‘nikma va mala-
kalarini zamonaviy talablar darajasida bo‘lishini ta’minlash uchun 
o‘quvchilarning mustaqil ravishda ijodiy faoliyat yurita olishiga o‘r-
ga tish.
Amaliy vazifa
– buyum, narsa, namunalar asosida zaruriy va zifa -
larni amalda bajara olish.
Maktabda mehnat ta’limidan o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar qu-
yidagi vazifalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:
– o‘quvchilarda dastlabki nazariy va amaliy mehnat tajriba larini 
hosil qilish, zamonaviy texnika borasidagi bilimlari doirasini yanada 
kengaytirish, ularda kishilar mehnati va mehnat jarayoniga nisbatan 
ijobiy munosabatda bo‘lishga tayyorlash;
– o‘ziga topshirilgan har qanday ishni uddalay bilish, meh natning 
o‘ziga xos madaniyati va uning nazariy asoslarini egal lash, o‘z ishini 
va o‘rtoqlarining ishlarini rejalashtirish hamda tash kil eta olishga 
o‘rgatish;
– o‘quvchilarni mehnat ta’limi mashg‘ulotlari jarayonida aqlli, 
odobli, yaxshi axloqiy sifatlar shakllangan, did-farosatli hamda jismo-
nan sog‘lom qilib tarbiyalashni amalga oshirish.
Mehnat ta’limi fani boshqa o‘quv fanlaridan o‘zining bir qator 
xususiyatlari bilan farq qiladi: 
• Ushbu fanni o‘qitishda amaliy mazmun ustivorligi
;


19
• Ishlab chiqarish bilan uzviy va chambarchas bog‘liqligi
;
• Mujassam fan ekanligi (fanlar bilan aloqadorligi)
;
• O‘qitishda o‘g‘il va qiz bolalar mehnatini
ng o‘ziga xosligi. 
1–4 sinflarda mehnat ta’limi mashg‘ulotlari mazmuni va usul-
lari o‘qituvchilar tomonidan insonlarning umumiy mehnat va kasb 
faoliyatlariga doir dastlabki mehnat ko‘nikmalarini o‘zlash tirishga 
qara tilgan. O‘quvchilar har bir mehnat harakatini ongli ravishda va 
shu harakatdan ko‘zlangan maqsadga muvofiq shaklda bajarishga 
o‘rgatib boriladi. 
1–
4 sinflarda mehnat ta’limi darsi haftasiga 1 soatdan o‘qitiladi. 1 
sinfda 33 soat, 2–4 sinflarda 34 soatdan jami 1–4 sinflarda 135 soat 
o‘qi tiladi. 
O‘quvchilar mehnat ta’limini amalga oshirish uchun quyidagi 
tashkiliy va uslubiy vazifalarni hal qilish lozim. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin