X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

mehnat tar-
bi yasi
sanaladi. Mehnat tarbiyasidan ko‘zlangan maqsad, avvalo, 
o‘quv chilarga mehnatning mohiyati, mazmunini chuqur anglatishdan 
iboratdir. 
Mehnat tarbiyasi 
shaxsga mehnatning mohiyatini chu qur ang la-
tish, ularda mehnat va mehnat faoliyatiga ongli munosa batni, shuning-


17
dek, muayyan ijtimoiy-foydali harakat yoki kas biy ko‘nikma va mala-
kalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan peda go gik jarayondir.
Mehnat tarbiyasining maqsadi shaxsda mehnat va mehnat faoli-
yatiga ijobiy munosabatni shakllantirishdan iborat. 
Mehnat tarbiyasini tashkil etishda quyidagi 
vazifalar
hal qilinadi:
1. Shaxsga mehnatning mohiyatini chuqur anglatish;
2. O‘quvchilarning bilishga bo‘lgan qiziqishlarini rivojlantirish;
3. O‘quvchilarni turli mazmunga ega mehnat ko‘nikma va mala ka-
lari bilan qurollantirish;
4. O‘quvchilarda mehnat faoliyatiga ijobiy munosabatni shakl lan-
tirish;
5. O‘quvchilarni nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashga o‘rga -
tish;
6. O‘quvchilarda mehnatga muhabbat uyg‘otish, ularni meh nat se-
var likka, tejamkorlikka o‘rgatish.
Mehnat ta’limi o‘qituvchisi rahbarligida o‘quvchilar tomonidan 
bajariladigan aqliy va jismoniy harakatlar jarayonidan iborat bo‘lib, 
yakuniy natijada ularning mehnat qurollari, vositalari va jarayonlari 
haqidagi bilimlarini hamda ma’lum sohadagi ishlab chiqarish meh -
natini bajarish uchun zarur amaliy ko‘nikma va malakalarni egal lash-
lariga ongli ravishda kasb tanlashga hamda jamiyat va shaxs faro-
vonligi yo‘lida mehnat faoliyatida ko‘nikishlariga imkon beruvchi 
shaxsiy sifatlarni va tafakkurlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quv 
fanidir. 
Umumiy o‘rta ta’lim maktabida mehnat fanini o‘qitishning maq-
sadi: O‘quvchilarning aqliy va jismoniy mehnat turlari, jara yonlari 
bi lan tanishtirish. Kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar bilan tanishtirish. 
Dast 
labki mehnat ko‘nikmalari va malakalarini shakl 
lantirish. 
Mehnatga qiziqish va mehnatsevarlikni shakl lantirish. Mehnat va 
kasblarni qadrlash, ularning ahamiyatini tushunishga o‘rgatish. 
Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limi uchun uzviy bog‘lanishni yara-
tish kerak. Bular ta’limiy-tarbiyaviy va rivojlantiruvchi maq sadlar hi-
sob lanadi. 
Ta’limiy maqsad
– o‘quvchilarning barkamol shaxslar bo‘lib shakl-
lanishlari uchun ularga mehnat jarayonlari, qo‘l mehnatiga o‘rgatish, 


18
ularni kasblar haqida ma’lumotlar berish bilan birga uyg‘un lash tirish 
orqali ularning kasbga tayyorgarligiga zamin yaratishdan iborat. 

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin