X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Tashkiliy vazifalar:
Mehnat ta’limi bo‘yicha nazariy amaliy 
mashg‘ulotlar uchun o‘quv xonalari hamda unda maxsus ish joyi tashkil 
qilish, xavfsiz va qulay mehnat sharoitini yaratish zarur. Xomashyo 
materiallar, asboblar, moslamalar bilan ta’minlash. Sanitariya-gigiena, 
mehnat xavfsizligi bo‘yicha belgilangan talablarning to‘liq bajarilishini 
ta’minlash va muntazam nazorat qilib borish. Mehnat korxonalari, 
tashkilotlar, kasb-hunar kollej lari bilan uzviy aloqa o‘rnatish, o‘quv 
xonada ishlash qoidalari bilan tanishtirish, sinf jurnallarini, rasmiy 
hujjatlarni, ish rejalarini yuritish. 
Uslubiy vazifalar:
Mashg‘ulotlarning yarim va bir yillik ish reja-
lar ini tuzish, bunda mahalliy sharoit va ehtiyojlar va imko niyatlarni hi-
sob ga olib, o‘quvchilarni yaqindan tanishtirish mum kin bo‘lgan kasb 
turlarini tanlash, o‘g‘il va qiz bolalarning o‘z lariga xos mehnat mash-
g‘ulotlarini amalga oshira borish, mashg‘ulotlarda zamonaviy ilg‘or 
pedagogik texnologiyalar, didaktik vositalardan keng foydalanish, 
mehnat ta’lim va tar biyasining birligini ta’minlash. 
O‘quvchilarda mehnat malaka va ko‘nikmalarini, mehnatga qizi-
qish va mehnatsevarlikni shakllantirish. 
Mehnat ta’limi jarayonida o‘quvchilarni aqliy va axloqiy jihatdan 
rivojlantirib borishda ularning yosh xususiyatlari, shaxsiy ruhiy va 
fiziologik sifatlarini hisobga olish, o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish 
ishlarini olib borish. 


20
Boshlang‘ich maktablarda mehnat ta’limi va tarbiyasining asosiy 
vazifalari o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash, o‘qitish va umumta’lim 
maktablarining boshlang‘ich sinflarida qo‘l meh natiga o‘rgatish, 
kasblar to‘g‘risida ma’lumotlar berish, davlat ta’lim standartlari talabi 
bo‘yicha tarbiyalash hamda o‘quvchilarni kasb-hunar egasi bo‘lib 
yetkazishda nazariy va amaliy bilim berishdan, mehnat madaniyatini 
shakllantirishdan tashkil topgan.
Mehnat madaniyatining tarkib topishi uchun darslarda doimo 
bolalarning e’tiborini asbob va materiallarni saqlash qoidasi hamda 
joy lashtirish tartibiga, ish joyini to‘g‘ri jihozlashga, materiallardan 
tejamkorlik bilan foydalanish usullariga, ish harakatlarining me’yori 
va sifatiga, ish ko‘rsatkichini ta’minlovchi tadbirlarga, ishlov berishda 
olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga va nihoyat narsani chiroyli 
qilib bezashga talab qilib borish kerak.
Kerakli material va asboblari bilan yetarli ta’minlanmaganlik ham 
mehnat madaniyatining shakllanishiga salbiy ta’sir etadi. Ba’zan 
o‘quvchilarning tayyorlanmaganliklari va uyushma gan liklari tufayli 
o‘qituvchining ko‘p vaqti bekorga sarf bo‘ladi: biri qaychisini, 
ikkinchisi qog‘ozini olib kelmasdan, mashg‘ulotlarga qatnashib ish qi-
la yotgan o‘rtog‘ini narsa so‘rab chalg‘itadi. Shuning uchun o‘qituv chi 
dars boshlashdan oldin guruh sardorlari yordamida o‘quvchilar o‘rta-
sidagi o‘zaro do‘stona yordamga tayanib o‘z vaqtida choralar ko‘rishi 
lozim. Biroq har qanday holat da ham o‘quvchini uyga jo‘natmaslik 
yoki jazo berish tar tibida o‘quvchini ishsiz qoldirmaslik kerak.
Mehnat ta’limiga ijodiy tashabbussiz yondashish mehnatni aq liy 
rivojlanish omiliga aylantirmaydi. Bilimlarni qo‘llashni talab qil may-
digan, tafakkurni faollashtirmaydigan mehnat faoliyati aqliy qobi-
liyat larni o‘stirmaydi.
Mehnat ta’limi u yoki bu mehnat jarayonida belgilangan tar tibda va 
harakatlar izchilligiga rioya qilish kerakligini munta zam tushuntirib 
borish bilan birga bo‘ladigan ko‘p marta mashq qilish lar natijasida 
tarkib topadi.
Mehnatni sharaflash mehnat ahlining qadr-qiymatini uning ma-
shaq qati uchun astoydil kurashish, o‘sib kamol topayotgan yosh av-
lod ga ta’lim-tarbiya berish jarayonida mehnatga munosabatlarini 


21
shakl lantirish zarur bo‘lib, yosh avlod jamiyatimiz taraqqiyotida o‘z 
bilimi: mehnat, kasb-hunarlari bilan hissa qo‘shishlari pedagog tarbi-
yachilarning oldida turgan eng muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin