X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Mehnat darsining maqsadi
shaxsning turmush tarziga, meh nat 
madaniyatiga qaratilgan barqaror yo‘l-yo‘riqni qaror top tirish, ijodiy 
mehnat qilishga, amaliy, axloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amal ga oshi-
rish, o‘quvchilarni xalq xo‘jaligidagi muvafaqqiyatli meh nat faoli-
yatida zarur bo‘lgan ijodiy qobiliyatlarni, aqliy, jis moniy fazilatlarni 
ri voj lantirishdir.
Mehnat ta’limi o‘zining bosqichlarida bolalar, o‘smirlar va yosh -
larning yoshi, funksional imkoniyatlarining o‘ziga xosligi, ruhiy rivoj-
lanishi, ijtimoiy mavqega muvofiq ravishda ko‘p tomonlama yo‘na-
lishga ega bo‘lishi lozim. U quydagilarni taqozo etadi.
- mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga on-
gli, ijodiy munosabatda bo‘lishni, o‘z mahoratini doimo takomil lash-
tirishga intilishni shakllantirish;
- kasbiy faoliyati uchun ahamiyatli bo‘lgan psixo-fiziologik funk-
siyalarni, shaxsning kasb-korlik jihatidan muhim bo‘lgan umumiy va 
shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish; 
- tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bi-
lim doirasi va kasbiy harakatchanlik bilan birga qo‘shgan holda shakl-
lantirish;
- bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat muno sabat-
lariga kirishi, jamoa mehnatiga ijtimoiy tajriba to‘plash;
- shaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash;
- zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy tafak-
kur ni, omilkorlikni shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoli yat da ishtirok 
etish;
- mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli va zi-
yat larni ijodiy ravishda hal qilishga hozirlikni shakllantirish, ishlab 
chiqarishni boshqarishda ongli ravishda va faol ishtirok etish.
Bolalar bajaradigan ilk mehnat turi maishiy mehnat bo‘lib, u o‘z-
o‘ziga xizmat ko‘rsatishdan boshlanadi. Bola maktabgacha bo‘l gan 
davridayoq o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga doir eng oddiy meh natni ba-
jarishi, ya’ni, kiyim boshi, oyoq kiyimini ozoda tutishi, o‘yinchoqlarini 
tartibga keltirishi, zarur gigienik talablarga rioya qilishi kerak.


36
Oilada mehnat tarbiyasining dastlabki unsurlari qo‘llaniladi. Bola 
muayyan yoshga to‘lgach, kattalarga yordamlashadi, o‘z imkoniyatla-
rini anglab yetadi va o‘quv (ta’lim) mehnatiga muntazam tayyorlanib 
boradi.
Maktabda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatishga doir quyidagi mehnat 
ko‘rinishlari davom ettiriladi: sinf xonalari va maktab binosi hovli-
sini ozoda saqlash, tartib-qoidalarga rioya qilish, xonadagi gullarga 
qarash, ularni parvarish qilish, gulxonalarda gullarni o‘stirish, maktab 
oshxonasida, sport zali va suv havzalari (basseyn)da o‘z-o‘ziga xiz-
mat ko‘rsatish kabi yumushlarga o‘quvchilar jalb etiladilar. Maishiy 
mehnat yoki o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish mehnatida mehnatsevarlik, 
qat’iylik, tashabbuskorlik, olg‘a intilish singari fazilatlar tarbiyalanadi.
O‘quv (ta’lim) mehnati o‘quvchilarning asosiy mehnat turi hiso-
blanadi. U boladan katta axloqiy, irodaviy va jismoniy zo‘r berishni, 
kuchni talab qiladi. O‘quv mehnati faqat bilim olishni, bilish ga oid 
ko‘nikmalarni qaror toptirib qolmay, balki bolada ishtiyoq va betar-
tiblilikni tarbiyalashga, o‘qishga qiziqishni rivojlantirishga ko‘mak-
lashadi, o‘qishga bo‘lgan qiziqish, istak, hamda o‘qishdagi muvaffaqi-
yatlardan xursand bo‘lishni his etish aynan maktab partasidan tarbi-
yalanib boriladi.
Mehnat ko‘nikmalariga bu kabi murakkab vazifalar o‘quvchi lar-
ning mustaqil bilim olish ko‘nikmalariga erishish, ularda faol bilish 
faoliyatini tashkil etish layoqatini hosil qilish orqali hal etiladi. Shu 
maqsadda ta’lim-tarbiyaning quyidagi metod va vositalardan keng 
foydalaniladi: kuzatish, ta’sir choralarini qo‘llash, rag‘batlantiruvchi 
ishlari, amaliy va ijodiy ishlar, namuna ko‘rsatish, uchrashuv, ekskur-
siya, ommaviy axborot vositalari xizmatidan foydalanish va hokazo-
lar.
O‘quvchining aqliy va jismoniy mehnati turli darslarda turli tartibda 
tashkil etiladi. Xususan, jismoniy tarbiya hamda texnik mehnat darslar-
ida jismoniy mashqlar mazkur darslarning asosini tashkil etsa, matema-
tika darslarida aqliy faoliyat-mantiqiy fikrlar asosiy o‘rin tutadi.
Maktab o‘quv rejasiga o‘quvchilarning yosh va psixologik xususiyat-
larini inobatga olish asosida shunday fanlar kiritilganki, ularning asosiy 
vazifasi o‘quvchilarga mehnat ta’limi va tarbiyasini berishdan iborat.


37
O‘quvchilar boshlang‘ich ta’lim davrida mehnat ta’limi dars larida 
qo‘l mehnati sirlarini o‘rganadilar, turli materiallar bilan tanishadilar, 
dastlabki mehnatga ega bo‘ladilar.
Umumiy o‘rta ta’lim davrida o‘quv ustaxonalarida, maktabga te-
gishli o‘quv-tajriba maydonlarida, otaliq korxonalari sexlarida mehnat 
faoliyati turlari bilan tanisha boshlaydilar. Bunday sharoit mehnat qil-
ishga oid egallangan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish im-
koniyatini beradi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin