Mavzu: Boshlang’ich sinfda mehnat ta’limidan amaliy ishlar
Amaliy mashg’ulot mehnat ta’limining asosiy shakli hisob lanadi.
Tashkiliy shakl deganda o’qituvchining qo’yilgan maq sad ga erishishi
uchun o’quvchilarninig amaliy ish faoliyatini tash kil etish va unga
rahbarlik qilish usulini tushunmoq kerak.
Mehnat ta’limining asosiy tashkiliy shakllari: amaliy mash-
g’ulotdir. Amaliy mashg’ulot jarayonida dastur mavzusining maz muni
ochib beriladi, mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadlari, vazi falari
amalga oshiriladi.
Demak amaliy mashg’ulot deganda o’quvchilarning o’quv ma te -
ria li ni faol, ongli va mustahkam o’zlashtirishi maqsadida meh nat o’qi-
tuv chisi rahbarligida amalga oshiriladigan ham ja moa, ham yakka tar-
tibdagi ish turlarini o’z ichiga oladigan o’quv meh nat faoliyatini aniq
tashkil etishni tushinish kerak.
Mehnat ta’lim sohasidagi amaliy mashg’ulotlar turli tipda bo’-
lishi ya’ni texnik texnologik ma’lumotlarni va mehnat jara yonlarini
o’rganishga, bilimlarni, mehnat ko’nikmalari va mehnat jara yonlarini
o’rganishga, bilimlarni mehnat ko’nikmalari va ma la kalarini mustah-
42
kam lashga , nazorat qilish, tekshirish ishlarini, ish lab chiqarish jara yon-
lariga ekskursiyalar uyushtirish va hako zalarga bag’ishlangan mash -
g’ulotlar bo’lishi mumkin. Lekin o’quv ustaxonalarida o’tkaziladigan
amaliy mashg’ulotlarning tur lari xilma-xil bo’lishiga qaramasdan
ularning hammasi quyi dagi umumiy talablarga mos kelishi lozim:
1. Mashg’ulotning maqsadi hamda vazifalari aniq va ravshan ifoda-
lan gan bo’lishi lozim.
2. Mashg’ulotning tuzilishi didaktik jihatdan o’zini oqlagan va
o’quv materialining mazmuniga to’liq javob beradigan bo’lishi kerak.
3. Amaliy ishlarning ob’ektlari to’g’ri tanlanishi, ijtimoiy foyda li
aha miyatga ega bo’lishi va o’rgatadigan mehnat jarayonlari va usul la-
ri ning talablariga muvofiq kelishi zarur.
4. Mashg’ulotlarida foydalanadigan mehnat ta’limi metodlari dars
tala blariga va o’quv materiallarining mazmuniga to’liq javob berishi
lo zim.
5. O’quv ustaxonalaridagi mashg’ulotlarinig tashkiliy metodik tu-
zilishi o’quvchilar bilan jamoa tarzida va yakka tartibda olib bo rishini
nazarda tutishi kerak.
6. Mehnat bo’yicha amaliy mashg’ulotlarida o’tkaziladigan ta’lim
ishlari tarbiyaviy ahamiyatga ega bo’lishi, ya’ni maktab o’quv-
chilarida ma’naviy sifatlarni tarkib toptirishga yordam be rishi lozim.
Amaliy mashg’ulot turlarining xilma-xilligina qaramasdan, o’quv-
chilarni navbatdagi mashg’ulot mavzusini o’zlashtirish uchun jalb
qilishga qaratilgan mashg’ulotlarni tashkil etish; o’quv chilar mash-
g’ulotda o’zlashtirgan bilimlari, mehnat ko’ nik malari va malakalari
darajasini tekshirish; yangi mavzu materialini tushuntirish va am aliy
ishlarni bajarish vaqtida ish bos qichlarini ko’rsatib berish; o’quv-
chilarning yangi mavzusiga oid amaliy ishlarni bajarish vaqtida ular ning
bilimini, amaliy ish dara jasini aniqlash, ish natijalarini mashqlar bilan
mustahkamlash, o’quv chilar ishini nazorat qilish va ularni o’z-o’zini
nazorat qilishiga erishish, amaliy topshiriqning mustaqil bajarishlarii va
o’tgan mash g’ulotning natijalariga yakun yasashdan iborat.
Amaliy mashg’ulotning qat’iy izchilligi va fanlarni o’zaro bog’-
la nishini amaliy mashg’ulot maqsadlari va o’quv materialining maz-
muniga bog’liq.
43
Mehnat ta’limi darslarida o’quvchilar ijtimoiy ishlab chiqarish
meh natiga tayyorlashning ilk bosqichlarini o’rganadilar. Birinchi
sinfda o’quvchilar eng avvalo faqat dars mashg’ulotlaridagina emas,
balki boshqa darslarda ham to’qnash keladigan materiallar bilan
tanishadilar. Qog’oz va karton bilan ishlash, gazlama bilan ishlash,
tur li materiallar bilan ishlash, o’z-o’ziga xizmat ko’r satish hamda
qish loqxo’jalik mehnati va shu kabilar bilan tanishadilar. Amaliy
ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatsevarlik, materiallarni tejamli
sarflash, mehnatga ijodiy yondashish, tabiatga ehtiyotkorlik bilan
muno sabatda bo’lish, meh nat madaniyatini tarbiyalash, ularga ayrim
kasblar haqida tushunchalar berib boriladi.
O’quvchilarga mehnat tarbiyasi berishning asosiy vazifalaridan
biri o’quvchilarda materiallarga ishlov berish ko’nikmalarini hosil
qi lish va ularga shunga muvofiq bilimlarni berishdir. Bu ish birinchi
sinfdan boshlab bosqichma-bosqich amalga oshirib boriladi, chunki
o’quv chilar hali eng oddiy buyumlarni tayyorlash operatsiyalarni
eslab qolishga qodir emaslar.
Hosil qilingan ko’nikmalar takror mashq qilishlar natijasida
tako mil lashib boradi. Xatoga yo’l qo’ymaslik uchun o’quvchilarni
o’z-o’zi ni nazorat qilishga odatlantirish lozim. Topshiriqlarni baja-
rish jarayonida yo’l qo’yilgan xatolarni o’zlari topib uni tuzat-
magunlaricha hamda bajarilgan ishlarning to’g’riligiga ishonch hosil
qilmagunlaricha o’quvchilardan ishni qabul qil maslik lozim.
Amaliy topshiriqlarni bajarish jarayonida yangi ko’nikma va
malakalar hosil qilinadi. Buning uchun qo’l asboblaridan foydala nish-
ning o’ziga xosligini, materiallarni xususiyatini, yasalayotgan buyum-
lar xususiyatini bilish katta ahamiyat kasb etadi.
Boshlang’ich sinflarni qo’l mehnatiga o’rgatish quyidagi ish turla-
ri ga bo’linadi.
1. Qog’oz va karton bilan ishlash.
2. Turli tabiiy materiallar bilan ishlash:
a) Applikatsiya va mozaika ishlari.
b) Loy va plastilin bilan ishlash.
v) Tabiiy materiallar bilan ishlash
3. Gazlama bilan ishlash.
44
4. Texnik modellash ishlari.
5. Qishloq xo’jalik mehnati.
Dars boshida o’qituvchi biror mavzu bo’yicha suhbat olib borar
ekan, bu buyum qanday maqsadlarda, ya’ni qaerda ishlatilishini tu-
shun tiradi, so’ngra o’quvchilar tayyorlanayotgan har bir bu yumni
amal da qo’laydilar.
Buyumni tayyorlash usullarini o’qituvchi sinf doskasiga osib
qo’yilgan yo’llanma xaritasidan yoki texnik vositalardan foy dalanib
ko’rsatadi. SHundan so’ng u ishni bajarish tartibi va usul lariga tegishli
savollarni berib, materialni takrorlaydi va buyumni o’quvchilar bilan
birgalikda tayyorlashga o’tadi.
Yuqoridagilar kelib chiqib, mehnat ta’limidan amaliy ishlar tuzilishi
quyidagi tartibda olib boriladi.
1. O’quvchilar oldiga mehnat topshirig’ining maqsadi va mav zu-
sini qo’yish:
a) Darslarda bajarishga mo’ljallangan buyum yoki ishning o’quv-
chilar hayotining yoki bu tomoni ehtiyojlarini qoniqtirishdagi aha-
miyati;
b) Belgilangan ishni yaxshi bajarish uchun qanday yangi bilim va
ko’nikmalarni egallash lozimligini ko’rsatish.
2. Ish o’rni, asbob-uskuna, material, namuna, doskadagi chiz ma -
larning tayyorligini tekshirish, ishni yaxshi va uyushgan holda tashkil
etishga yordam beruvchi qonun-qoidalarni eslatish.
3. Bajariladigan mehnat vazifalarini oldindan rejalashtirish:
a) Namuna, qism va detallar miqdorini tahlil qilish, kerakli mate-
rillarni, berilgan o’lchovlarni tayyorlash;
b) Buyum tasviri va uning detallarini namunadan tanish, tushunish,
barcha o’lchovlarni va ishchi chiziqlarini topish va o’qish, ya’ni ishni
buyumni tayyorlash uchun qanday harakatlarni amalga oshirish,
qanday asboblarni ishlatish, mehnat harakatlarini ketma-ket bajarish
tartibini aniqlash.
4. Materialni namuna, berilgan o’lchovlar bo’yicha belgilab chiqish.
O’quvchilarni belgilash tartibini bilishlari va uni doskada belgilash
bosqichlarini bajarayotgan yoki buyumni ko’rsatib tushuntirayotgan
o’qituvchi bilan bir vaqtda bajarilishi lozim.
45
5. Belgilash ishlarini bajarish. Detallarni tayyorlash, detallarni
moslash va uning barcha detallarini yig’ish; detallardan buyumni
yig’ish jarayonida; buyum va uning detallariga ishlov berish jarayonida
zarur bo’ladigan bilim va ko’nikmalarni egallash.
6. Harakatlanayotganda tekshirish, xato va kamchiliklarni tuzatish,
ishni baholash.
7. Darsga yakun yasash, yangi vazifalar qo’yish.
Mehnat ta’limida amaliy ish mashg’ulotlari tashkil qilishning bu
tartibidan o’qituvchi mazkur dars uchun belgilangan aniq buyum yoki
ishning xususiyatlarini nazarda tutib foydalanadi.
Amaliy ishlar jarayonida o’quvchilarda mehnatga qiziqish va
muhabbat singdirib boriladi. Mehnatga qiziqishning muhim talab-
lari dan biri ishlanadigan buyumni to’g’ri tanlashdir. O’quvchilar tay-
yorlanadigan narsalarni nimaga kerakligi, qaerda ishlatilishini bilishl-
ari kerak.
Bu ish turlarini barchasi boshlang’ich sinflarda qo’l mehnati jara-
yoni o’quvchilardagi kasb tanlash ishlariga qaratilgan.
O’quvchilar ishlayotgan materiallarga tejamkorlik bilan munosa-
ba tda bo’lishlari, o’z ishlarini rejalashtira bilishlari, ma te riallni tejam-
korlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foy da lanishlari, o’qituvchi
ko’r satmasiga amal qilishlari, shu bilan birga ish joyini toza va ozada
saqlashlari, mashg’ulotdan so’ng sinfni tozalab qo’yishlari kerak.
Barcha fanlarda qo’llanilgani kabi mehnat darslarida ham ta’ limning
ko’rsatmali vositalaridan foydalaniladi. Jumladan, meh nat darslarida
turli xil namuna, rasm, chizma, sxematik namu na, turli predmetlarning
modellari, shunungdek texnika vositalaridan foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: |