X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Savollar
1. Mehnat darslarida tejamkorlik nima?
2. Iqtisodiy tushunchalar nima?
3. Mehnat darslarida tejamkorlikdan qanday foydalaniladi?
Mavzu: Mehnat darslarida ish unumini oshirish texnologiyasi
Kichik yoshdagi o’quvchilarni bilim, malaka, ko’nikmalarni ri voj -
lantirish, ijodiy mehnatga, mustaq
il fikrlashga 
o’rgatish, kasb-hunarga 
yo’naltirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish, mantiq
iy fikrlashga 
o’rgatish muhim muommolardan biridir.
Shunday ekan boshlang’
ich sinflarda 
o’quvchilarni ijodiy meh-
nat ga o’rgatish, ijodiy qobiliyatlarini shakllantirishda meh nat dars-
larining o’rni juda kattadir. O’quvchilarni mehnatga ijo diy tay yor-
lash mehnat ta’limining muhim vazifalaridan biridir. Meh nat o’quv-


51
chilarning chuqur va mustahkam bilimlar bilan qurollantiradi. O’quv-
chi larni tanlagan kasbiga qiziqtirish, mehnatkash kishilarga hurmatda 
bo’ lishga tarbiyalaydi.
O’quvchilarni ish unumini oshirish, chuqur bilim egallash, ijodiy 
qobiliyatlarini o’stirish masalalari mehnat ta’limi darslarida hal etiladi. 
Har bir dars o’quvchilarni diqqatini, xotirasini, qiyoslay bilishini, fikr 
yuritishni, asosiy narsani ajratishni, xulosa va umumlashtirishni, o’z 
ishini rejalashtirishni, uni kerakli su’ ratda amalga oshirishni, o’z-
o’zini nazorat qilish vazifalarini o’z ichiga oladi.
O’quvchilarini mehnat darslarida ish unumini oshirish ikki bos-
qich da olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi.
Birinchi bosqich- mehnat mashg’ulotlarining aniqligi, asosligi, 
uning bola qiziqishiga, isti’dodiga va qobiliyatiga mos kelishi. 
Bunda o’quvchilarning yosh xususiyatlari, qiziqishlari, imko-
niyat larini hisobga olish muhim ahamiyat kasb etadi. O’quvchilarni 
meh natning ma’lum turiga bo’lgan mayl va qiziqishni o’z vaqtida 
aniq lash va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg’ulotlarida ta-
komillashtirishga yordam berish juda muhimdir. 
Mehnat ta’limida o’quvchilarning diqqat e’tiborini:
- asbob-materiallarni saqlash qoidasi hamda joylashtirish tartibiga:
- ish joyini to’g’ri jihozlashga:
- materiallardan tejamkorlik bilan foydalanish usullariga:
- ish harakati me’yori va su’ratiga:
- ish sifatini ta’minlovchi omillarga:
- ishlov berishda olingan aniqlik va tozalikka rioya qilishga:
- buyumni chiroyli qilib bezishga jalb kilib borish kerak.
Ikkinchi bosqich- O’quvchilarga jamoatchilikga, ijodiy tashab bus-
kor likga, mehnat kishilarini va mehnat natijalarini hurmat qilishga, 
mehnat javobgarlikni his etish xususiyatlarini singdirib borish zarur.
O’quvchilarni mehnat darslarida ish unumini oshirish uchun ular ni 
ongiga, dunyosiga mehnat orqali ta’sir etishimiz muhim o’rin egal-
laydi. Bunda mehnatning tarbiyaviy kuchi o’quvchining mehnatga 
munosabatiga ko’p jihatdan bog’liqdir. Ishtiyoq va qiziqish bilan 
qilinayotgan mehnat majburan qildirilayotgan mehnatga nisbatan 
o’quvchilarning ongiga, hissiyoti va irodasiga kuchliroq ta’sir etadi. 


52
Shu ning uchun o’quvchilar biror ijodiy mehnatga kirishishlaridan 
oldin pedagog o’qituvchilar zimmasiga quyidagi shartlarni amalga 
oshirish talablari qo’yiladi:
- yasayotgan buyum yoki predmetning zarurligini tushuntirish:
- uni qo’llash urni va maqsadini tushuntirish:
- yasash usullari va jarayonini tushuntirish:
Bolalar tayyorlagan narsalar o’z o’rnida qo’llanilishi ham katta 
ahamiyatga egadir. Ular o’z mehnatlarining foydaliligini ko’rganlarida, 
ularda o’z mehnatlarining natijasidan qoniqish, yana qandaydir 
foydali, yaxshiroq narsani hosil qilishga intilish paydo bo’ladi. Ularda 
o’z qobiliyatlarini ishonch, narsalarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda 
bo’lish hissiyoti uyg’onadi, chun ki bolalar atrofdagi narsalarni qanday 
mehnat evaziga yaratil ganligini anglaydilar.
Dars mazmuniga qo’yiladigan muhim talablardan biri darslarni 
hayot bilan chambarchas aloqador bo’lmog’i lozim.
O’quvchilarni faollashtirish ayniqsa o’qitishning zamonaviy bos -
qichi sharoitlarida anchagina murakkabdir. Shunung uchun o’quv chi-
larning o’quv faoliyatlarini faollashtirishga yordam beruv chi vosita va 
usullarini tanlash o’qituvchining doimo diqqat m ar kazida bo’lishi shart.
O’quvchilarning ish unumini oshirish va ijodiy faoliyatlarini bir 
qator usullar vositasida faollashtirish mumkin. Bu usullarni ba’zilari 
bilan tanishtiramiz:
1. Butun sinfga taklif etilgan muayyan ijodiy ishda o’quvchining 
iloji boricha mustaqil ishlash hissasini ta’minlash.
2. Bir maqsadda o’qitishning alohida va umumiy shakllarini birik-
tirish usullari bilan birga maxsus tarqatma materiallaridan foyda lanish.
3. Faoliyat turlari o’rganilayotgan material bilan to’g’ri muno-
sabatni ta’minlash.
4. Dastur materiali asosida darsda zehnlilik, diqqat, tasavvur va shu 
kabilarni tekshirish hamda shakllantirish maqsadida o’ziga xos kon-
kurslar o’tkazish.
Mehnat darslarining muhim xususiyati shundaki, o’quvchilar 
meh nat va politexnik bilim, ko’nikma va malakalarni xilma-xil ama-
liy ishlarni bajarish, o’zlariga kerak bo’lgan va ijtimoiy foy dali aha-
miyatga ega bo’lgan predmetlar yasash jarayonida egallaydilar.


53
O‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishga qo‘yilayotgan ta-
lablar bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq holda qo‘llansagina ijobiy nati jalar 
beradi.
Dars vazifasini faqat bilim berish va ko’nikma hosil qilishdan iborat 
qilib qo’ymasligi balki tarbiya berish va kamol toptirish vazifalari 
bilan bog’lab olib borish ham zarur.
Shunung uchun ham o’qituvchi o’zi o’qitayotgan bilimini bilishi 
lozim. Bu esa biror mavzuga tayyorlana turib, o’qituvchi mazkur dars 
materiali asosida o’quvchilarning ahloqiylikning qanday g’oyalarini 
anglashga olib kelajagini diqqat, fikrlash, xoti ra, tasavvur, irodani 
rivojlantirish va boshqa shu kabilar sohasida shaxs sifatini qanday 
kamol toptirishga erishishini aniq tasavvur qilmog’i lozim.
Yuqorida bildirilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda shunday 
xulosalarga kelish mumkin:
1. Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni ruhiy va amaliy jihatdan mehnat-
Mehnat tarbiyasi o‘quvchilarni ruhiy va amaliy jihatdan mehnat-
ga, mehnat faoliyatini yo‘lga qo‘yishda yo‘naltiril ganligi bilan ijti-
moiy tarbiyani tashkil etish jarayonida o‘ziga xos o‘rin tutadi.
2. Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnat-
Mehnat ta’limi va tarbiyasining maqsadi o‘quvchilarda mehnat-
ga nisbatan ongli munosabatni shakllantirishdir. Mazkur maqsadni 
amalga oshirish bir qator muhim vazifalarni hal etishni talab qiladi.
3. O‘quvchilar mehnat faoliyatining turlari xilma-xil bo‘lib, ular 
quyidagilar maishiy mehnat, o‘quv mehnati, o‘quv ishlab chiqarish 
mehnati, ijtimoiy foydali mehnatdan iborat.
4. O‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishning barcha bosq-
O‘quvchilar mehnat faoliyatini tashkil etishning barcha bosq-
ichlarida mehnat faoliyatini tashkil etishga nisbatan bir qator peda-
gogik talablar qo‘yiladi. Mazkur pedagogik talablarga amal qilish 
maqsadga muvofiqdir.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin