50
xizmat qilishni tashkil etish, mahsulot sifati hamda turli ish turlari
jarayonida mehnat natijalarining unumdorligi keskin o’sishda o’z
ta’sirini ko’rsatadi. Chunki tadbirlarda erishilgan yutuqlar bo’yicha
o’quvchilarning bajargan buyumlari maktab muzeylari yoki sinf
burchagida namuna sifatida saqlash, ota-onalarga sovg’a sifatida
taqdim etish o’quvchilarda amaliy mehnatda ish sifatini yanada
oshirish, ijobiy natijalarga erishishda samarali ta’sir ko’rsatadi.
O’quvchilarning bajargan ishlaridan maktab sharoitidan kelib
chiqib har xil ko’rgazmalar va o’quvchilarning o’zlari uchun maktab
bozori tashkil qilinsa maqsadga muvofiq bo’lar edi.
Bunda o’quvchilar o’zlari bajargan ishlar natijalarini, diqqatga,
e’tiborga sazovor bo’lganligini, o’zini mablag’ bilan qisman
ta’minlanganligini, o’zini boshqara olishini ko’rib, o’z mehnatiga va
o’zgalar mehnatiga hurmat bilan qaraydi. O’quvchi ongida mehnatga
muhabbat o’z samarasini topadi.
Natijada davlatimizning iqtisodini yuqori darajaga ko’tara ola di-
gan, o’zining kasbini, hunarini hurmat qiladigan, jamiyatimizning
rivoj lanishida o’zini hissasini qo’sha oladigan barkamol avlodni
tarbiyalashimizda yordam beradi.
Dostları ilə paylaş: