X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Ommaviy ish
– kechalar, ertaliklar, konkurslar, viktorinalar, eks-
kur siyalar, ko‘rgazmalar.
Maktablarda boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni 
ertaliklar, ko‘rgazmalar tayyorlashni uyushtirish kabi ommaviy ish 
turlaridan keng foydalanib, konskurs va viktorinalarga kam e’tibor 
beriladi. Ommaviy ishning konkurs va viktorinalar kabi turi juda 
qiziqarli va aynan bir vaqtda katta tarbiyaviy imkoniyatlarga egadir. 
Chunki zehnli, tez javob topa bilish, o‘z fikri, bilim va ko‘nikmalarini 
safarbar eta bilish xuddi mana shu ish turlarini talab qiladi.
Maktabning tarbiyaviy ishlarida ommaviy ishlar katta rol o‘ynaydi. 
Kechalarga, konkurslarga, viktorinalarga tayyorgarlik o‘quv chilarni 
har tomonlama harakat qilishga – matnlarni yod lash, kostumlar 
tayyorlash, jihozlash, bezash ishlarini amalga oshi rishga majbur qiladi. 
Kechalar mavzulari shunday tanlanish kerakki, u o‘quvchilarda har 
tomonlama qiziqish uyg‘otsin, ularni o‘ylashga, ixtiro qilishga majbur 
etsin va faqat mavjud bilim va ko‘nikmalar bilan cheklanib qolmay, 
kecha mavzusining dasturiga muvofiq yangiliklarni ham o‘zlashtira 
borsin. Ayniqsa,
kechalar ikki yondosh sinflar qo‘shilganda juda 
qiziqarli va jonli o‘tadi. Kecha mavzusi asosan maqol va matallardan 
olinadi, ammo kecha mavzusi mehnat va mehnat kishilarini sharaf-
laydigan mehnatga aloqador bo‘lishi ham mumkin.
Mehnatga bag‘ishlangan kechalarni har bir o‘quv choragi va yil 
oxirida o‘tkazish maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Kechani “Maktab mehnat 
darslarida nimalarni o‘rganib oldingiz” mavzusi asosida o‘tkazish 
mumkin. Kechaning maqsadi mehnat darslarida olingan ko‘nikma va 
malakalarni mustahkamlash, mehnatga muhabbatni singdirishdir.
Turli ishlarni bajarish, asboblarni to‘g‘ri ishlatish, darslarda foyda-
laniladigan materiallar va asboblar bo‘yicha bilimlarni tekshirishga 
bag‘ishlangan musobaqalar sinfda va sinflararo o‘tkazilishi mumkin. 


56
Ish turlarini, tayyorlash texnologiyasining aynan o‘zini qoldirib 
o‘zgartirish kerak. Hamma topshiriqlarni bajargan o‘quvchilarni max-
sus nishon bilan taqdirlash mumkin. 
To‘garak ishlarida ko‘rgazmalar, mavzuli albomlar, ko‘rgazmali 
qurollarni tashkil etish va bajarish muhim o‘rin egallaydi.
Ko‘rgazmalar mavzusi xilma-xil bo‘lishi mumkin, masalan, 
sinfda mehnat darslarida bajarilgan ishlar ko‘rgazmasi, uyda mustaqil 
ishlagan yoki to‘garaklarda ishlangan ishlar ko‘rgazmasi va shu kabilar. 
Ko‘rgazmani tomoshabinlar qanday idrok etishlari, ko‘rgazmaning 
qanday tashkil etilganligi, qanday bezatilganligi, namunalarning joy-
lash tirilishiga bog‘liqdir. Ko‘rgazmalar estetik didni tarbiyalaydi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin