X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

To‘garak ishi
– “Mohir qo‘llar”, “Qo‘g‘irchoq teatri”, “Yosh tabiat-
shunoslar”, “Quvnoq ustaxona”, “Kichkintoy ustaxonasi” to‘ ga raklari.
Boshlang‘ich sinflardagi to‘garak ishlari o‘quvchilarda umu miy 
rivojlantirish, o‘zining sodda ijodiy fikrini amalga oshirish imko niyat-
lariga ega bo‘lsin.
Boshlang‘ich sinflarda to‘garak ishi quyi sinf o‘quvchilarini umu-
miy rivojlantirish, ayniqsa, o‘qishning turmush bilan aloqasi nuqtayi 
nazaridan juda muhim va keraklidir. “Mohir qo‘llar”, “Qo‘g‘irchoq 
teatri”, “Yosh tabiatshunoslar” to‘garaklari ayniqsa katta ahamiyatga 
ega bo‘lib, to‘garaklarda o‘g‘il va qiz bolalar bir xil qiziqish bilan 
shug‘ullana oladilar. Har biri o‘z qiziqishi, kuchi va imkoniyatlariga 
yarasha ish bilan shug‘ullana oladilar.
To‘garaklarni tashkil etishdan oldin o‘qituvchi maktabdagi mavjud 
imkoniyatlarni chamalab chiqishi lozim. To‘garak uchun albatta 
alohida xona kerak, bu xona stol-stullar, ma’lum asbob-moslamalar 
to‘plami, tayyor ishlarni qo‘yish uchun shkaflar bilan jihozlangan bo‘-
lishi kerak.
To‘garak ish rejasini to‘garak rahbari sinf rahbarlari bilan ham-
kor likda bir yilga tuzadilar. Rejada to‘garak qaysi ish turi bilan shu-
g‘ullanishi va shu ish turlari bo‘yicha qanday ish lar amalga oshirilishi 
qayd etiladi. Rejadagi ishlar oddiydan murak kabga o‘tishini ta’min-
lash uchun murakkablik darajasiga ko‘ra joylashtiriladi. Rejada o‘tka-
ziladigan ekskursiya ham ko‘rsatiladi. To‘garak rejasini maktab rah-
bari tasdiqlaydi. To‘garak mashg‘uloti haftada bir marta o‘tkazilib, u 
1,5 soatdan ortiq davom etmasligi kerak.


57
To‘garak mashg‘uloti odatda yangi ish usullarini ko‘rsatishdan 
boshlanib, to‘garak a’zolari bu harakatni takrorlaydilar, asosiy ishga 
esa ular bu ish usullarini yaxshi egallab olganlaridan so‘ng kirishiladi. 
To‘garak a’zolarini ishlarni bajarish jarayonida oddiy jadvallar, 
chizmalardan foydalanishga, materiallarga tartibli, tejamkorlik bilan 
munosabatda bo‘lishga, asboblar hamda ish joyini toza va tartibli 
saqlashga albatta odatlantirish zarur. To‘ga rak ning har bir a’zosi 
“O‘zing bilim oldingmi – o‘rtog‘inga ham o‘rgat” degan qoidani 
doimo yodida saqlashi kerak.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin