X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Geometrik figuralardan predmetli 
a
pplikatsiya yasash 
texnologiyasi: 
• 
i
sh mavzu va fikrni tanlashdan boshlanadi;
• 
ochiq rangdagi qog‘oz va fon tanlanadi;
• 
applikatsiya mo‘ljallangan tasvir va elementlar miqdori qog‘ozni 
tanlashni belgilaydi;
• 
tasvir ustida ishlanganda asosiy e’tibor tanlangan mavzuning 
mazmuniga, kerakli materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarini tan-
lash ga qaratiladi;
• 
tasvir hajmiga ko‘ra eng katta element asosiy mavzuga mos ele-
ment bo‘lishi kerak;;
• 
t
asvirlash lozim bo‘lgan materiallar yordamida figura va pred-
metlarning holati aniqlanadi;
• 
tasvirlangan hodisalarning uyg‘unligiga erishiladi;
• 
tasvirning barcha detallari, hatto eng kichiklari ham qog‘ozdan 
qirqiladi, ularni chizmaslik kerak;
• 
tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni fonga joylash-
tiri ladi va o‘ylangan tasvir hosil qilinadi;
• 
agarda bu tasvir ma’qul bo‘lmasa detallar boshqacha joylash-
tiriladi;
• 
detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning 
o‘rnini qalam bilan belgilab qo‘yiladi;
• misol tariqasida eng oddiy geometrik shakl – kvadratni olib, uning 
almashishini hosil qilish uchun turli holatlarda joylashtirib ko‘ramiz; 
• ishni boshlash uchun markazni topish, simmetriya o‘qini o‘tkazish 
va elementlarni shunga ko‘ra joylashtirish lozim.
Bu ishlar o‘quvchilarda ijodiy va atroflicha tasavvurni, badiiy 
did ni o‘stirishga yordam beradi. Bolalarda qo‘yilgan maqsadga eri-
shish yo‘lida qat’iyatlilik, tartiblilik tarbiyalanadi. Uyushqoqlik 
bilan ishlash ko‘rsatmalariga rioya qilish, tashabbuskorlik ko‘rsatish 
ko‘nik malari shakllanadi. O‘quvchilar tayyorlagan ap plikat siyalar ona 
tili va matematika darslari uchun ajoyib didak tik material, o‘quvchilar 


62
nutqini o‘stirish vositasi bo‘lishi, ularning predmetlar shakli, rangi, 
fazoda joylashishi haqidagi tushun chalarini boyitishga xizmat qilishi 
mumkin.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin