X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Ko‘p rangli applikatsiyalar.
Ko‘p rangli applikatsiyalarni qirqish 
ancha murakkab ish bo‘lib, tasvirni qismlarga ajratish bilan aloqadordir. 
Bu turdagi applikatsiyalarni bajarishda fonni tanlash juda muhimdir. 
Fon ifodalangan predmetlar rangidan ochroq bo‘lishi kerak. Ana 
shunda predmet xuddi bo‘rtib turgandek yorqin ko‘rinadi. Hammasi 
o‘ylagan asarga bog‘liq. Fonda joylashgan detallar rangi ham shunga 
qarab tanlanadi, detallarining tabiiy joylashishi va o‘lchamlarining 
uyg‘unligiga e’tibor berish kerak. Bu ishlarni bajarishning bir necha 
usullari mavjud: ayrim detallar oldindan belgilanmay qirqiladi, ayrim 
detallar esa belgilangan eskizlar bo‘yicha qirqiladi.
Ko‘p rangli applikatsiyalardan biri dekorativ applikatsiyalardir. 
Dekorativ applikatsiya naqsh gullardan tashkil topib, alohida-alo hi-
da tasvirlangan hodisa harakatlar uyg‘unligini aks ettiruvchi manzara-
lardan iborat bo‘lishi mumkin.
Dekorativ applikatsiyalarni bolalar kitob, oynoma va boshqa mate-
rillardan olishlari, ayrim elementlarni qo‘lda yaratishlari mumkin. 
Sharq naqshi applikatsiyasining bu turi uchun boy material hisoblanadi. 
Dekorativ applikatsiya bir va ko‘p rangli bo‘lishi mumkin.
Badiiy applikatsiyalar.
Mavzuli ishlarni yaratish faqat meh natni 
emas, balki badiiy tayyorgarlikni ham talab qiladi. Mehnat ta’limi 
darslarida applikatsiya ishlarining bajarilish texnikasi o‘rganiladi.
Rangdor surat applikatsiya mavzusining elementlarini, o‘quv chilar 
turli bayramlarga bag‘ishlangan ishlarni (tabriknomalarni, maktub va 
faxriy yorliqlar muqovasini, yo‘l belgilarini) baja radilar. Ish mavzu va 
fikr tanlashdan boshlanadi. Applikatsiya ishi da ochiq tondagi qog‘oz 
fon tarzida tanlanadi. Applikatsiyaga qaratilgan asarning yaratilishi 
va elementlar miqdori qog‘ozni tanlashni belgilaydi. Asarni yaratish 
ustida ishlagan asosiy e’tibor tanlangan mavzuning mazmuniga, kerakli 
materiallar, ularning o‘lchamlari, ranglarni tanlashga qaratiladi. Asar 
hajmiga ko‘ra eng katta detal mavzuli detal bo‘lishi kerak.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin