X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Mavzu: Boshlang’ich sinf mehnat darslarida



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Mavzu: Boshlang’ich sinf mehnat darslarida 
qo’l mehnatidan ish turlari
Boshlang‘ich sinflarda o‘quvchilarni mehnatga tayyorlash ular ning 
qiziqishlari, moyilliklari va imkoniyatlariga asoslangan qo‘l meh nati 


29
hisoblanadi. Shu munosabat bilan mehnat ta’limi jarayoni o‘quv chilarda 
ushbu yosh uchun bilim, mehnat, axloqiy, estetik, iqtisodiy-ekologik 
va aqliy imkoniyatlarni aniq, mehnat jarayonlarida rivojlantirishga 
qaratilgan, natijada ularni mehnatga tayyorlashning keyingi sinflarda 
davom ettirilishi
uchun zarur aloqadorlik hosil qili nadi.
Qo‘l
mehnati jarayonida bolalar asosan ishlab chiqarish tex nologiya 
chiqindilari (qog‘oz, karton, yumshoq sim
,
yog‘och, Gaz lama va 
boshqalar) bilan; tabiiy va su’niy xom-ashyolar (max sus loy, yog‘och 
va plastmassalar, plastelin, yelim va boshqalar) bilan, keng iste’mol 
mollari va xalq hunarmandchiligi mah 
sulotlari, tayyorlash uchun 
mahalliy xom-ashyolar bilan elektr, radiotexnika to‘plamlari va haka zo-
lar bilan ishlashga o‘r ganadilar.
Bularning hammasi o‘quvchilarga qo‘l asboblari bilan ishlash, har 
xil xom ashyolardan foydalanishning ma’lum tajribasini to‘plashga 
imkon beradi, bu esa mehnatning qadrini va ma’nosini tushunishga, 
mehnat kishilariga hurmatda bo‘lishga
,
mehnatning va kasbning u 
yoki bu turiga qiziqishlarini shakllantirishga yordam beradi.
Qo‘l mehnatiga o‘rgatishda boshqa fanlarni o‘rgatishda bo‘lga ni-
dek, o‘qitishning xilma-xil usullarini qo‘llab, ular yordamida o‘quv-
chilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini egallab olish lariga, shu-
ningdek bilish qobiliyatlarini rivojlanishiga eri shiladi.
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini turli ish turlari 
bilan shakllantirib borish quyidagi vazifalar bo‘yicha o‘zlashtiriladi: 
- mehnat qurollaridan xavfsizlik qoidalariga rioya qilgan holda 
foydalana olish; 
- qog‘ozning inson faoliyatidagi ahamiyatini bilish va u bilan ish-
lay olish; 
- mehnatga ijodiy va ongli yondosha olish; 
- texnik modellashtirishga oid ishlarni bajara olish; 
- turli materiallariga ishlov berish jarayonini bilish; 
- karton bilan ishlay olish; 
- o‘zining va o‘zgalarning mehnat faoliyatini baholay olish; 
- uy-ro‘zg‘or ishlarini bajara olish
- sodda konstruktorlik ishlarini bajarish; 
- mahalliy va tabiiy materiallardan foydalana olish;


30
- gazlama, ip va tikuv asboblarini bilish; 
- oddiy tikish ishlarini bajara olish; 
- inson mehnati va faoliyati turlarini anglash; 
- qishloq va shahar aholisi hayoti va mehnatini bilish; 
- texnik modellashga oid sodda va yengil ishlarni bajara olish 
(o‘g‘il bolalar);
- oddiy bichish-tikish ishlarini bajara olish ( qiz bolalar). 
Kichik sinf o‘quvchilarini qo‘l mehnatiga o‘rgatishning asosiy 
maqsadi, boshlang‘ich mehnat elementlari bosqichlarini, ya’ni bajari-
ladigan ishlarning oddiy elementlari (qog‘ozlarni buklash, qirqish, 
yelim lash, geometrik figuralarni yasash, applikatsiya ish lari)ni yasash 
bilan boshlaydilar.
Yaratilgan mehnat natijalari o‘ziga va yon atrofdagilariga foydasi 
tegishini ko‘rgan o‘quvchi mehnatni asrab-avaylashga va mehnat 
kishilarining mehnat natijalarini ham hurmat-izzat qilishga o‘rganadi.
Topshirilgan ishga mas’uliyat hissini va mehnatdagi intizomni 
tarbiyalash, o‘qitishning ishlab chiqarish bilan birga olib borilishi 
salo matlik va yosh uchun foydali, jamiyat uchun kerakli mehnat iz-
chil ligini amalga oshiradi.
O‘quvchilar bayon etilayotgan aynan buyum emas, balki o‘z so‘z-
lari bilan buyumni bajarilishini eslashlari talab etiladi. Biroq, asosiy 
o‘rinni hali ham namuna, tayyor ko‘rgazma bo‘yicha ishlash egallaydi. 
O‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan, har bir tayyor mav zu mazkur dars 
uchun uning maqsad va vazifalariga muvofiq keladigan ishni usul va 
ko‘rgazmali qurollarni tayyorlaydi.
Qo‘l mehnati darslarida odatda bir yoki ikki asbobdan foyda-
laniladi, ularni esa navbatchilar tarqatadi. Stolning ustida diqqatni 
chalg‘itadigan hech qanday ortiqcha narsa bo‘lmasligi kerak.
Asboblarni, ayniqsa kesuvchi asboblarni charm g‘ilofda saq lagan 
ma’qul. Har bir g‘ilof asbobning ma’lum turiga mo‘l jal langan bo‘ladi. 
Navbatchi o‘quvchi asboblarni tarqatishni doi mo birinchi partadan 
boshlaydi, bunda o‘quvchilar tartib va inti zomga o‘rganadilar. 
Hamma foydalanadigan asboblar sinf shkaflarda saqlanadi, ish dan 
so‘ng asboblarni o‘quvchilar tozalab yuvib, artib navbatchi o‘quv-
chiga topshiradilar.


31
Ish xonasida o‘quvchilarga asboblarni ishlatish va saqlash qoida-
larini eslatib turuvchi plakat – eslatmalar bo‘lishi kerak. Texnika xav-
fsizligi qoidalariga to‘liq rioya qilish baxtsiz hodisa larning ol dini 
oluvchi ishonchli garovdir. Asboblarni ishlatish qoidalarini o‘quv-
chilar vaqti-vaqti bilan takrorlab turishi lozim. U yoki bu qoi dani 
tushuntirishda o‘qituvchi nima uchun aynan shunday qilish kerak-
ligini, bu qoidalarga rioya qilinmasa qanday hodisalar ro‘y berishi 
mumkinligini tushuntirishi lozim. Xafvsizlik texnikasining barcha 
qoidalari so‘zsiz amal qilish lozim.
Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish bo‘yicha texnika 
xavfsizligi qoidalarini quyidagicha umumlashtirish mum kin.
1. Ish xonasiga faqat o‘qituvchi ruxsati bilan kiriladi.
2. Har bir o‘quvchi faqat o‘z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa 
ravishda qilinadigan bo‘lsa, o‘quvchilar o‘z majburiyatlarini yaxshi 
biladilar.
3. Ish faqat o‘qituvchining ruxsati bilan boshlanadi.
4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyini tayyorlash, asboblarni to‘g‘ri
va qulay joylashtirish: O‘ng qo‘l bilan ushlanadigan as bob larni 
o‘ng tomonga, chap qo‘l bilan ushlanadiganini chap tomonga qo‘y, 
sanchiladigan, kesadigan asboblarni hech qachon ikkita asbob orasiga 
qo‘ymang, ularni doimo o‘z joyiga, o‘tkir tomonini narigi, dastasini 
o‘zing tomonga qilib qo‘ying. 
5. Ish vaqtida ish joyingni tartibli saqlang.
6. O‘tmas yoki buzuq asbob bilan ishlamang.
7. Asbobni ishlatganda, uni o‘qituvchi ko‘rsatganidek ushlang.
8. Asboblarni asrang, ularni to‘g‘ri, o‘z o‘rnida ishlating, ishlat-
gandan so‘ng ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadigan lari ni 
artib qo‘ying.
9. Narsani, har bir detalni oldingi safargidan yaxshiroq, chiroy-
liroq, tartibliroq qilishga harakat qiling.
10. Ishni to‘gatdingizmi, ish joyingni tezda tozalab tartibli qilib 
qo‘ying.


32

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin