9
si asosida ishlab chiqiladi. Mehnat ta’limi o‘qituvchisi o‘zining kun-
dalik faoliyatida bu dasturga amal qiladi va uning bajarilishi majburiy
hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda o‘qituvchi o‘quv
dasturiga mahalliy
sharoitni hisobga olib ma’lum o‘zgarishlar kiritishi mumkin. Bu
borada bir qancha talablar hisobga olinishi lozim. Dasturning mazmuni
pedagogikaning didaktik printsiplarga to‘la-to‘kis javob berishi, ilmiy
va mafkuraviy jihatdan puxta bo‘lishi, murakkabligi ortib borishi
hisobga olingan holda va mehnat ta’limining tanlangan didaktik
tizimiga muvofiq ravishda, muayyan
izchillikda bayon qilinishi,
turmush tajribasi bilan bog‘langan bo‘lishi kerak.
Mehnat malaka va ko‘nikmalari bilan qurollantirish
. O‘quv-
chi larni tarbiyalash va ularni ishlab chiqarish faoliyatiga tayyorlashda
mehnat malakalari va ko‘nikmalari katta o‘ringa ega. Boshlang‘ich
sinf o‘quvchilariga mehnat ta’limini berish vazifalaridan biri ularda
bir qator mehnat malaka va ko‘nikmalarini shakllantirishdir.
Mehnat ta’limi
dasturi talablarini bajarishda, mavzuga oid bilim
be rishda, malaka va ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarga
ma’ lum hajmdagi politexnik bilimlar beriladi. Boshlang‘ich poli-
tex nik bilim bilan qurollantirish o‘quvchilarga predmetni yasash,
ishlov berilayotgan materialning xususiyatlari, texnologik o‘ziga
xosliklari, materialga qo‘lda ishlov berilganda qo‘llaniladigan asbob-
moslamalarning xususiyatlari, ulardan foydalanish
qoidalari haqida
ma’lumot berib boriladi.
O‘quvchilarga berilayotgan politexnik bilim, amaliy ko‘nikma va
malakalarga o‘rgatish ma’lum nazariy darajada amalga oshirishga
imkon beruvchi zamindir.
Amaliy malaka va ko‘nikmalar bilan qurollantirish amaliy mash-
g‘ulot turlarini o‘rgatish ham demakdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
bajarishi kerak bo‘ladigan amaliy ish
turlari xilma-xildir, biroq mehnat
malaka va ko‘nikmalarini egallamasdanoq amaliy ish jarayonidagi
materiallarni o‘lchab olish va belgilash, ularni qirqib,
ishlov berish,
qismlarni yelimlash, tikish, o‘rash va bog‘lash kabi yo‘llar bilan
birlashtirish va mustahkamlash, detallarni yig‘ish va buyumni mantaj
qilish va buyumni bezash ishlarini bajarish bir qator qiyinchiliklar
tug‘ diradi.
10
O‘quvchilardagi mehnatga bo‘lgan qiziqishni o‘z vaqtida aniq lash
va ularga mehnat malakalarini sevgan mashg‘ulotlarida takomillash-
tirish lariga yordam berish juda muhimdir.
Bunda o‘quvchilarning e’tiboriga eng oddiy buyum o‘yin-
choqlarni, o‘yinlarni, o‘quv qurollarini tayyorlash,
naqshlar chizib
va qirqib olish, applikatsiya ishlari havola etiladi. Bundan tashqari
o‘quvchilarda mehnatga qiziqishni uyg‘otish,
mehnat darslarida hosil
qilingan bilimlarni kengaytirish va chuqurlashtirish, ko‘nikma va
malakalarini mustahkamlash uchun “Mohir qo‘llar” to‘garaklarida,
sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: