98
uyushtiriladigan ekskursiya rejasi tuziladi. Ekskursiya yo‘nalishi,
tabiiy materiallarni to‘plash uchun mo‘ljallangan joylar aniqlanadi.
O‘quvchilar e’tiborini va aqliy faoliyatlarini kuzatilayotgan ob-
yekt dan mehnat darslarida ishlarni bajarish uchun zarur bo‘lgan
asosiy muhim belgilari, elementlari va
xususiyatlarini ajratishga, to‘p-
lanayotgan materialni to‘g‘ri baholashga yo‘llaydigan savol lar ro‘y-
xati tuziladi.
Daraxtzorga kelganda bolalar kayfiyati ko‘tarilib, ular har narsaga
qiziqish bilan qaraydilar, barglar, ularning ranglari, shakllari bolalarni
ajablantiradi. Ular tabiatning butun go‘zalligini, uning ranglarini,
to‘kilgan barglar hidi va ular o‘zining elastiklik xususiyatini
yo‘qotganligini, qattiqlashib, sinuvchan bo‘lib qolganligini ko‘radilar.
Bolalarning atrof-tabiat bilan zavqlanishlari kamayib borishiga
qarab, ularning e’tibori barglarning shakli, daraxtlar navlariga qa-
ratiladi. Ana shu vaqtda o‘simliklarda sodir bo‘layotgan ichki ja ra-
yonlar qisqa va tushunarli bayon etib beriladi: o‘simlik yangi sha-
roitlarga moslashib, qish fasliga tayyorgarlik ko‘rayotganligi bilan
ta nishadilar.
Bolalarning e’tibori atrofda
uchib yurgan qushlar, kapalak, nina-
chilarga, ularning asosiy belgilariga jalb qilinadi, Uchib yurgan qush-
lar, ularning tuzilish formalari haqida, mehnat dars larida qushlar ap-
pli katsiyasini tayyorlash uchun to‘plangan barglar material xizmatini
o‘ta shi to‘g‘risida suhbat o‘tkaziladi.
O‘quvchilar barglarni to‘plar ekanlar,
ularning ranglarini, shakl la-
rini qiyoslashni o‘rganadilar, bu ularning kuzatuvchanligi va diqqat
qilish qobiliyatlarini o‘stirishga yordam beradi. To‘plangan barglar
oldindan tayyorlab qo‘yilgan daftar varaqlari orasiga qo‘yiladi. Shun-
dan keyin bolalarga barglarning mehnat mashg‘ulotlarigacha ran gini
yo‘qotmasligi, buralib ketmasligi uchun qanday ishlov berish ke-
rakligi tushuntiriladi. Har bir ekskursiyada bolalarning e’tiborini in-
sonning yaratuvchilik mehnatiga albatta jalb etish kerak. Ekskursiya
oxirida
suh batga yakun yasaladi, ekskursiyada egallangan bilimlar
umum lashtiriladi. Bundan tashqari, bolalarga uylarida qushlar tas viri
tushirilgan rasmlarni, suratlarni ko‘rish, ularning tanasi va qanot lari-
ning shakliga, rangiga alohida e’tibor berish topshiriladi.
99
Bunday uyushtirilgan ekskursiyadan keyingi mashg‘ulotda bola lar
quritilgan barglardan qush applikatsiyasini zo‘r
ishtiyoq bilan bajara-
dilar, agar applikatsiyalar o‘z istaklariga ko‘ra, o‘zlari to‘plagan ma-
te riallardan mustaqil yasash topshirilsa, qiziqishlari yanada ortadi.
Bunday dars, mashg‘ulot quyidagi sxemaga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: