X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Yozuv qog‘ozi
– sathi silliq, yelim singdirilgan, nam-
likni kamroq singdiradi. Narsalarni ixtirolashda, muqo-
valashda, kartondan yasalgan narsalarni yelimlashda 
ju da qulaydir.
Rangli qog‘ozi
– turli ranglarda bo‘ladi, jilo berilgan 
rangli qog‘ozning o‘rinini bosa oladi. Qo‘l mehnati 
darslarida ko‘p ishlatiladi.
Gazeta qog‘ozi
– eng ko‘p tarqalgan qog‘oz turlariga 
kiradi. Sifatiga ko‘ra unchalik pishiq emas, namlikni, 
yelimni o‘ziga tez singdiradi.
Daftar qog‘ozi – 
sirti silliq, yelim singdirilgan, pishiq 
qog‘oz hisoblanadi. Daftar qog‘ozi katakli va yo‘l-yo‘l 
chiziqli bo‘ladi. 
Millimetrli qog‘oz
– sathi bosma to‘r shaklida tayyor-
lanadi. Qog‘oz o‘lchamli, mayda chiziqli bo‘ladi.
Baxmal qog‘ozi -
turli ranglarda bo‘ladi, sirti mayin 
tuk bilan qoplangan bo‘lib, karton qog‘oz o‘rnida ham 
ishlatish mumkin. 
Qum qog‘ozi - 
yog‘och va turli materiallarga ishlov 
berish uchun foydalaniladigan qog‘oz turi bo‘lib, 
uning sirtiga qum zarralari yelimlangan.
Oboy gul qog‘ozi 
– rangi va guli turlicha bo‘lib, 
muqovalashda, narsalarning ustidan yelimlashda, 
bezak ishlarida keng foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Bosma qog‘oz 
– rasm va yozuvlardan nusxa olish 
uchun mo‘ljallangan .
Karton qog‘ozi 
– bu 1 kv m 250 grammdan ortiq 
bo‘lgan qog‘oz turi hisoblanadi.


85
Chizmachilik qog‘ozi 
– eng pishiq va qalin qog‘ozdir. Mato dan 
tayyorlanadi, uning oliy navi qo‘lda tayyorlanadi. Undan bay ramlar 
uchun qiziqarli niqoblar tayyorlashda foydalaniladi.
Rasm qog‘ozi
– ikki xil nomerli bo‘lib, selyullozadan tay yorlanadi. 
Oliy naviga 25% mato bo‘lagi qo‘shiladi. Chizma chilik chizishda 
shuningdek, qo‘l mehnati darslarida foydalaniladi. Rangli va jiloli 
qog‘oz – mehnat darslarida keng qo‘llaniladi. Turli xil rangdagi muqo-
valash ishlarida va turli xil rangda qog‘ozlar to‘plami chiqariladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin