X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Karton qog‘oz 
– karton deb 1 kv m 250 grammdan ortiq bo‘l gan 
qog‘ozga aytiladi.
Oq karton
uni qirqish oson, o‘zi unchalik pishiq emas, tez sina-
di. Bu karton yelimni ko‘p shimadi (ko‘pincha yelimdan shishadi). 
Undan mayda narsalarni muqovalashda foydalanish mum kun.
Sariq karton
– oq kartondan ko‘ra pishiqroq, egiluvchan, yaxshi 
qirqiladi, yelimdan ko‘tarilmaydi. Turli ishlarda foyda laniladi.
Kulrang karton
– oq va sariq kartondan pishiqroq, qirqish qi yin. 
Pichoq karton massasidagi qumdan tez o‘tmaslashadi. Kar tonning bu 
turidan o‘ta pishiqlikni talab qiluvchi narsalar tay yorlanadi.
Rangli karton
– bu yupqa, egiluvchan, sathiga turli rangda jilo 
berilgan, ishlov berish oson va ko‘rinishi chiroyli. Hajmi kichik narsalar
papkalar, muqovalar tayyorlash uchun qulay bo‘lgan karton turidir.
Ta’lim jarayonida o‘quvchilar turli qog‘ozlarning asosiy jis moniy 
xususiyatlari: rangi, qalinligi, zichligi, siyohni ishlatish xusu siyati, 
sathining xarakteri silliq, g‘adur-budurligi bilan ta nishadilar. Ba’zi 
narsalarni tayyorlashda bolalar yelimdan foyda lanadilar. Demak, bola-
lar 1-sinfdayoq tayyor yelimlarning asosiy xususiyatlari: yopishqoq-
ligi, saqlanishi, yelimlashni o‘rganishlari kerak.
Qog‘oz va kartonga ishlov berish usullari unchalik murakkab emas
bolalar ularni osonlik bilan o‘zlashtirib oladilar. Qog‘oz va kartonga 
ishlov berish yuzasidan egallangan malakalar keyin chalik barcha 
mehnat turlari bo‘yicha mehnat ta’limida keng qo‘l laniladi.
Qog‘ozni buklash usullari. 
Qog‘ozni teng ikkiga buklash uchun 
qog‘oz stol yoki parta ustiga qo‘yiladi va o‘ng hamda chap qo‘l bilan 
qog‘ozni o‘ziga yaqin turgan tomonining ikki uchidan ushlab, uni 
pastki uchlari bilan tenglashtiriladi. Bunda qog‘ozning uchlarining qir-


86
rasi bir-biriga to‘g‘ri tushishi kerak. Ana shundagina qog‘oz qo‘l bilan 
tekislanib, uning bukilgan chizig‘i ustidan tirnoq bosib yurgiziladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin