63
hikoyalar va shu kabilarga illustratsiya sifatida yasaladi. Agarda sujet
oddiy bo‘lsa, tasvirlarni oldindan belgilamasdan qirqish mumkin.
Murakkab sujetli applikatsiya ham sujet tanlashdan boshlanadi.
Agarda sujetni o‘quvchining o‘zi o‘ylab topgan bo‘lsa, bu rasmni
chizish malakasiga ega bo‘lsa, unda avval sujetning rasmi, so‘ngra
rasm lar detallari chiziladi va qirqib olinadi. Ayrim detallar turli ra-
ngdagi qog‘ozlardan qirqiladi. Agarda o‘quvchi rasmni yaxshi chiza
olmasa, u tanlagan rasmdan qora qog‘oz yordamida nusxa ko‘chirishi
mumkin. Bu rasm ayrim detallarga ajratiladi, rangli qalam bilan har
bir
detalning
atrofi chizib chiqiladi. Ularni qirqib olib, sujet yoki narsa
detallari qog‘ozga yig‘iladi. Sujet yoki predmetning tabiiy ko‘rinishiga
putur yetmasligi uchun ularning qaysi tartibda yelimlanishi belgilanadi
va ishga kirishiladi.
Mavzuli applikatsiya.
Mavzuli applikatsiya ma’lum mavzuni aks
ettirishi lozim. U badiiy asar uchun illustratsiya, applikatsiya plakat
bo‘lishi mumkin. Badiiy tematik mavzuli applikatsiya ishi predmetlar
formasini, asosiy aniqliklarni, qismlarning o‘zaro aloqasini, manzara
va narsalarning hajmini, rangini, soya va yorug‘lik
tushayotgan
tomonini munosib rang berib ko‘rsatish kabilarni ifodalashi kerak.
Faqat XVI asrga kelib rivojlangan qog‘ozdan applikatsiya qilishni
applikatsiyalarning «yosh» turi deyish mumkin. Qog‘oz dan naqsh
qirqish bilan o‘tmishning mashhur san’atkorlari ham shug‘ullanishgan.
Masalan, rassom Piter Paul Rubens, daniyalik haykaltarosh Bertel
Garvildson ishlari shular jumlasidandir. Mashhur ertakchi Hans
Xristian Andersen o‘z ertaklari motivlari asosida qog‘ozdan appli kat-
siyalar qirqqan. Rassom F. P. Tolstoyni XIX asrning birinchi yarmidagi
si luet yaratuvchilarning eng mohir ustasi deyish mumkin. Uning 50 ta
si luet ishi Ermitajda saqlanmoqda.
XIX asrda siluet san’ati G. Narbut, Y. Krutikov va ko‘pgina
boshqa
rassomlarning ijodida ham o‘z aksini topdi. Applikatsiya san’ati
bilan faqat professional san’atkorlargina shug‘ullanib qolmay, balki
xalq orasidan chiqqan mohir ustalar ham bu ish bilan shug‘ullangan
edilar. Ukraina va Belorussiyada qog‘ozdan naqshli parda-firanklar
qirqishgan. Qog‘ozdan kartinalar yaratib, oynalarga yopishtirilgan.
Rassom Y. Lebedeva ham o‘z talantini qog‘ozdan applikatsiyalar
64
qirq ishga bag‘ishlagan. Polshada bezak sifatida qirqilgan naqshlar
yangi oqlangan devor va shiplarga yopishtirishgan.
Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi hamda majburiy
qoida sifatida bajarilishi lozim bo‘lgan ma’lum izchillikda ado etiladi.
Istalgan applikatsiya sujetni tanlashdan boshlanib, undan
keyin
applikatsiya eskizi, qog‘oz tanlash, kerakli detallarni qirqish, ularni
fonga qo‘yish, yelimlash va nihoyat quritish jara yonlari keladi.
Applikatsiya ishida o‘quvchilar mashg‘ulotga oldindan tayyor-
garlik ko‘rishadi: stolning ustiga qog‘oz yozib, o‘ng tomoniga qaychi,
yelim uchun cho‘tka, chizg‘ich, qalam, avtoruchka, old tomonlariga
yelim, qiyqimlar uchun quti, chap tomonlariga ish
vaqtida xalaqit
bermaydigan qilib rangli qog‘oz to‘plamini qo‘ya dilar. Har bir mash-
g‘ulot oxirida o‘quvchilar keyingi mashg‘ulotda ke rak bo‘ladigan nar-
salarni yozib oladilar.
O‘quvchilar ishlayotgan materiallariga tejamkorlik bilan munosa-
batda bo‘lishlari, o‘z ishlarini rejalashtira bilishlari, mate rialni tejam-
korlik bilan sarflashlari, vaqtdan unumli foydalanishlari va ish joyini
toza saqlashlari kerak.
Yelim bilan ishlaganda no‘l va quruq latta bo‘lishi lozim. Ho‘l
latta qo‘lga yuqqan yelimni artish uchun, qurug‘i yelimlanayotgan
tasvirlarni ustidan bosish va ortiqcha yelimlarni artish uchun kerak.
Tolalarning ko‘ndalang yo‘nalishi bo‘yicha qirqilgan qog‘oz
yopish-
tirilganda izlar qoldiradi, uzunasiga qirqilganda bir tekis yaxshi yotadi.
Ishlaganda qog‘ozning bu xususiyatini e’ti bor dan qochirmaslik kerak.
Yelim surilganda qog‘oz uni shimi shi ni, qog‘oz tolalarning ko‘n-
dalangiga, uzunligidan ko‘proq kenga yishini ham unutmaslik kerak.
Agarda qog‘ozni yelim surilgan zaho tiyoq yopishtirilsa, davom etayotgan
shimish va kengayish natijasida qog‘ozda g‘ijimlar, izlar paydo bo‘ladi.
Shuning uchun yelim surilgach, qog‘oz biroz
vaqt yopishtirilmay turishi
kerak. Qog‘oz ning yaltiraydigan marmar, shagren, bosma gul tushirilgan
qog’oz, barxat qog’ozi, kumush va bronza rasm solish va chizmachilik
navlari applikatsiya uchun yaroqlidir.
Applikatsiya ishida tayyorlangan detallar yelimlanadigan sath, ya’ni
fonga joylashtiriladi va o‘ylangan kompozitsiya hosil qilinadi, agarda
bu kompozitsiya ma’qul bo‘lmasa detallar boshqa cha joylashtiriladi.
65
Detallarni yopishtirishda joyni adashtirmaslik uchun ularning o‘rnini
qalam bilan belgilab qo‘yish kerak.
Yelimlashda yelim fonga emas, detallga suriladi. Yelimni detal-
lning chetlariga yaxshilab surish uchun cho‘tka
yelimlanayotgan detal
chetidan chiqib, tagidagi qog‘ozga ham tegib o‘tishi kerak. Yelim-
langan detalning ustiga toza qog‘oz yozib, kaft bilan silab tekislanadi.
Applikatsiyalar odatda qog‘ozning buralib ketmasligi, tor kelmasligi
uchun ustidan yengil bostirib quritiladi.
Eng oddiy a
pplikatsiya bu geometrik figuralardan qilinadigan orna-
mental applikatsiyadir.
Avval ornament eskizi tuziladi, so‘ngra kerakli detallar (geometrik
shakllar) o‘lchami va miqdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma’-
lum tartibda joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detalldan bosh lash
kerakligi aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: