X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015


Mavzu: Mehnat ta’limida applikatsiya



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Mavzu: Mehnat ta’limida applikatsiya 
ishlarini bajarilishi va uning turlari
Applikatsiya -
tasvirlash texnikasining turli formalarni qir qish 
va ularni fon tarzida qabul qilingan materiallar hisobiga mustah-
kamlashga asoslanuvchi turidir.
Applikatsiya tushunchasi xususiyatlari va materiallariga ko‘ra 
xilma-xil bajarilish texnikasining o‘xshashligi bilan birlashgan ba-
diiy asarlarni yaratish usullarini o‘z ichiga oladi. Har bir material ap-
pli katsiyaning bajarilish texnikasiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi xusu-
siyatlarga ega, masalan, qog‘oz, limon, daraxtlar po‘stloqlari fonga 
tur li yelimlar bilan yopishtiriladi.
Applikatsiya
– badiiy asar yaratishning eng sodda va oson usulidar. 
Bunda applikatsiyadan faqat bezash maqsadlaridagina ko‘rgazmali 
qurollar, turli o‘yin uchun qo‘llanmalar, o‘yinchoqlar, bayroqchalar, 
bezaklar va shu kabilarni yaratishda keng qo‘llash imkonini beradi.
Dekorativ applikatsiya
– u naqsh, gullardan tashkil topib, alo-
hida-alohida tasvirlardan tarkib topuvchi predmetli, hodisa, harakatlar 
uyg‘unligini aks ettiruvchi sujetdan iborat bo‘lishi mumkin.
Applikatsiya 2500 yil muqaddam ko‘chmanchi xalqlar orasida pay-
do bo‘lgan. Ular applikatsiyadan kiyim-bosh, turarjoylarini bezatishda 
foy dalaganlar.


59
Applikatsiya turli xalqlarda turli materiallardan tayyorlangan. 
Ma salan, yoqutlar applikatsiya ishida po‘stloqdan foydalanishgan, 
bo‘ yal gan po‘stloqdan qilingan applikatsiyalar bilan ular o‘tov larini 
bezashgan. Xanti-mansi, evenk va boshqa shimoliy xalqlar applikat-
siyada teri, mato, mo‘yna ishlatishgan. Komi, qozoq, qalmiq, osetin, 
buryat va boshqa xalqlar applikatsiyadan milliy kiyim, uy-ro‘zg‘or 
predmetlarini bezashda foydalanishgan. 
Applikatsiya ishida asosiy material qog‘ozdir, dazmollangan yoki 
kraxmallangan mato bo‘lakchalaridan ham foydalanish mum kin. Bu 
materiallar bilan bir qatorda somon, quritilgan o‘sim liklar, urug‘-
danaklar, barglar va shu kabilardan ham foy dalansa bo‘ladi.
Qog‘ozning yaltiraydigan marmar, bosma gul tushirilgan-barxat, 
kumush va bronza, rasm solish va chizmachilik qog‘ozi nav lari appli-
katsiya uchun yaroqlidir.
Applikatsiya bilan shug‘ullanish o‘quvchilarning garmonik rivojla-
nishida katta ahamiyatga ega. Applikatsiya ijodni rivojlan tirishga 
yordam beradi, kuzatuvchanlik, diqqat va tasavvurni faollashtiradi
iro dani tarbiyalaydi, qo‘l mehnati, tasvirni his qilish, chamalash va 
rangni sezishni o‘stiradi. Rangli qog‘oz yoki boshqa materialdan
tasvir ustidagi ish badiiy didni avj oldiradi.
Applikatsiya ishlari doimo xotirada saqlanishi haqida majburiy 
qoida sifatida bajarilishi lozim bo‘lgan izchillikda ado etiladi. Istalgan 
applikatsiya sujetni tanlashdan boshlanib, undan keyin applikatsiya 
eskizi, qog‘oz tanlash, kerakli detallarni qirqish, ularni fonga qo‘yish, 
yelimlash va nihoyat, quritish jarayonlari keladi. Oddiy applikatsiyalar 
eskizsiz bajariladi.
Applikatsiya ishlarini bajarishda asosiy e’tibor uning umu miy 
kompozitsiyasiga qaratilishi kerak. Yaxshi o‘ylangan kompo zitsiya
ya’ni tasvirlash lozim bo‘lgan narsalarni joylashtirish – applikatsiya 
muvafaqqiyatining garovidir.
Eng oddiy applikatsiyalar bu geometrik figuralardan qilingan orna-
mental applikatsiyalardir.
Applikatsiyada avval eskiz tuziladi, so‘ngra kerakli detallar 
o‘lchami va miqdori hisoblanadi. Detallarni tayyorlab ma’lum tartibda 
joylashtiriladi va yopishtirishni qaysi detaldan boshlash kerakligi 


60
aniqlanadi. So‘ngra tayyorlangan materiallar bir-biriga yopishtiriladi.

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin