54
Mavzu: Boshlang‘ich sinf mehnat ta’limida
sinfdan tashqari ishlar
Mehnat tarbiyasi, mehnatga munosabatni tarbiyalash maktab dagi
o‘quv hamda sinfdan tashqari ishlarning o‘zagi, maktabning hayot bil-
an aloqasini mustahkamlashning asosiy yo‘lidir. O‘quvchilarni meh-
natga ruhiy va amaliy tayyorlash maktabning asosiy tarbiyaviy vazi-
falaridan biridir.
Maktabning turmush bilan aloqasi kundan kunga
mustah kam lanib
bormoqda, sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilar o‘zlarining mustaqil-
liklari va tashabbuskorliklarini namoyish eta oladigan, ularga jamiyat
foydasi uchun tashkil etilgan mehnatning go‘zalligi va quvonchini,
jamoaning kuchini his etishlariga yordam
beradigan yangi shakl va
usullari aniqlanmoqda.
O‘quvchilarning sinfdan tashqari ishlarini davom ettirilishi, to‘ga -
rak ishlari, jumladan “Mohir qo‘llar”, “Yosh naturalistlar”, “Badiiy
kashtachilik to‘garaklari” kabi to‘garaklar keng tarqal gandir.
O‘quvchilarni mehnat faoliyatiga ruhiy va amaliy tayyorlash o‘quv-
chilar ijtimoiy foydali mehnatining har xil turlarida qat nashayotgan
vaqtlarda xilma-xil tarbiyaviy tadbirlarni qo‘llash orqali amalga
oshirilishi kerak.
O‘quvchilar bilan olib boriladigan sinfdan
tashqari ish maktab ning
butun ta’lim-tarbiyaviy ishlarining ajralmas qismi bo‘lib, u bolani
har tomonlama rivojlantirish, darslarda
egallayotgan bilimlarini
mustahkamlab, chuqurlashtirishi, amalda qo‘llanishga yordam beruv-
chi muhim vositalardan biri bo‘lishi kerak. Sinfdan tashqari ish ayni bir
vaqtda o‘quvchilarning bilim doirasini
kengaytiradi, mehnat ta’lim va
tarbiyasi bolalarda fan-texnika, sa’natning turli sohalariga qiziqishini
o‘stirish masalalarini hal etishga yordam beradi.
Mehnat ta’limi bo‘yicha sinfdan tashqari
ishlar texnik mehnat
dars larining davomidir. O‘quv mashg‘ulotlari bilimlarga qizi qishini
o‘stiradi, sinfdan tashqari ish darsida bilimlarni kengroq qo‘llash
ham da chuqurlashtirish imkonini beradi. Shu bilan birga sinfdan tash-
qari ish darsda berilgan materiallarni aynan takrorlamasligi kerak, u
sinfdagi ishdan o‘zining o‘yin, qiziqarli tabiati bilan ajralib turadi.
Sinfdan tashqari ish o‘quvchilarga ishning o‘zlariga ko‘proq yoqqan,
55
o‘zlarini ko‘proq qiziqtirgan turini tanlashlari uchun imkon yaratadi.
Faqat sinfdan tashqari ishlarda o‘quvchilarning individual ijodiy
qobiliyatlari yorqinroq namoyon bo‘ladi, bu
yerda ular istalgan ish
bilan shug‘ullanishlari, qo‘yilgan maqsadga erishish uchun kerak
bo‘lgan vaqt va kuchini sarflashlari mumkin.
Sinfdan tashqari ishning shakllari ko‘pdir:
Dostları ilə paylaş: