X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish metodikasi toshkent 2015



Yüklə 2,8 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/128
tarix14.12.2023
ölçüsü2,8 Kb.
#179184
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128
X. Sanaqulov D. Xodiyeva M. Satbayeva mehnat va uni o‘qitish met

Savollar:
1. Applikatsiya qanday san’at?
2. Applikatsiya so‘zining ma’nosi nima?
3. Applikatsiya qayerlarda ishlatiladi?
4. Applikatsiya qayerda va qaysi xalqlar orasida paydo bo‘lgan?
5. Applikatsiyalarning asosiy materiallari nimalar?
6. Applikatsiyalarning qanday turlarini bilasiz?
Mavzu: O

quvchilarning mehnat tarbiyasida 
mutafakkirlar merosidan foydalanish
Sharq mutafakkirlari mehnat tarbiyasi haqida
. Ta’lim tarbi-
yasi tarixiga nazar tashlar ekanmiz, dastlabki xalq og‘zaki ijodi na-
mu nalaridan tortib, buyuk mutafakkirlar ijodigacha yoshlarni meh-
natsevar bo‘lib yetishishi, kasb-hunar o‘rganish, mehnat ahlini hurmat 
qilish hamda mehnat insonni ulug‘lashi masalalariga alohida e’tibor 
berilganligiga guvoh bo‘lamiz.
Buni biz turli davrlarda yaratilgan ta’limiy-axloqiy asarlar va xalq 
og‘zaki ijodi namunalari: topishmoq, xalq qo‘shiqlari, masal, maqol, 
ertak va dostonlarda ko‘ramiz. Ularda mehnat va kasb-hunar odobi, 
axloqi va qoidalarini o‘zlashtirish muhim hayotiy zarurat ekanligi ta’-
kid lanadi.


66
Bundan tashqari “Avesto”, Kaykovusning “Qobusnoma”, Abu 
Nasr Forobiyning “Fozil odamlar shahri”, Abu Rayhon Beruniy ning 
“Geodeziya”, “Minerologiya”, Mahmud Qoshg‘a riyning “Devonu 
lug‘otit turk”, Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Alisher 
Navoiyning bir qator asarlari va shu kabi ma’rifiy meros namunalarida 
mehnatsevarlik, kasb-hunarning ahamiyati haqida muhim fikrlar ba-
yon etilgan. 
O‘quvchilarning kasb-hunarga qiziqishini tarbiyalashda inso niyat 
mehnat faoliyati tarixini o‘rgatuvchi omillarga tayanib, o‘quvchilarni 
kelajakda to‘g‘ri kasb tanlashlariga ulkan zamin yaratilsa, maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. O‘quvchilarni mehnat turlariga qiziqishini oshirish, 
kasb tanlash va o‘zlashtirishni shakllantirib borish uchun pedagoglar 
zimmasiga o‘quvchilarga yoshligidan boshlab ta’lim, tarbiya berish 
bilan birga kasb-hunarga qiziqish ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda 
quyidagi shartlarga amal qilish lozim:
• 
boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga kasb-hunar to‘g‘risidagi 
tushunchalarni singdirish;
• 
o‘quvchilarni yoshiga, jinsiga mos kasb-hunar tanlashida ularga 
pedagogik-psixologik yondashish;
• 
kasb-hunarga qiziqtirishda o‘quvchilarning yoshi va qobi-
liyatlarini hisobga olish;
• 
mahalla oqsoqollari, mehnat faxriylar bilan muntazam aloqalar 
o‘rnatish;
• 
mehnat ustaxonalariga ekskursiyalar uyushtirishni tashkil etish;
• 
darslarda mutafakkirlar merosidan foydalanib, kasb-hunarga oid 
fikrlari bilan tanishtirish.
O‘tmishdagi mashhur mutafakkirlar, xalq maorifi arboblari va 
ma’rifatparvar shoirlarning, mehnat, kasb-hunar to‘g‘risidagi qim mat-
li fikrlarining biz uchun ahamiyatli tomoni shundan iboratki, ular dan 
yosh avlodni mehnarsevarlik ruhida tarbiyalash, kasb-hunarga qiziq-
tirishning vositasi sifatida foydalanish mumkin.
Bizga ma’lumki, o‘zbek xalqining qadimiy kasb-kori asosan 
dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilik bo‘lgan. Ushbu kasb-
korlar yuzlab yillar davomida shakllanib har biri o‘z ichida o‘nlab 
tarmoqlarga ajralgan va gullab yashnagan.


67
O‘rta Osiyo mutafakkirlarining kasb-hunar, mehnatsevarlik haqi-
dagi fikrlari bizga meros bo‘lib qolgan. Abu Abdulloh Muhammad 
ibn Muso Al-Xorazmiyning insoniylik va mehnatsevarlik haqidagi 
do no fikrlari hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. 
Muta fakkirning fikricha, har bir kishi qilgan ishlari bilan hech ham 
mag‘rurlanmasligi va takabburlik qilmasligi lozim.
X asrdagi sharq ijtimoiy tarbiyashunosligi bo‘yicha fikrlarning eng 
yirik vakili Abu Nasr Al-Forobiyning o‘z davri uchun katta xiz mat-
laridan biri shundaki, u insonlarni ilm-ma’rifatli bo‘lishga, mehnat 
qilish ga va kasb-hunar egallashga chiqiradi.
Forobiy kasb-hunar va axloqiy fazilatlar muayyan harakatlarni 
tak ror lash, mashq qilish yo‘li bilan paydo bo‘lishini uqtiradi. Muta-
fakkir har bir kishi o‘zi yoqtirgan kasbni egallaganidan so‘ng, o‘ziga 
topshirilgan ishga nisbatan yuksak ma’suliyatni his etishi va o‘z “kasb-
hunarini mukammal bilmog‘i, yaxshi tarbiya olmog‘i va yaxshi xulq 
atvor fazilatlariga ega bo‘lmog‘i kerak” deb ta’kidlaydi.
Abu Rayhon Beruniy ham mamlakatning obodonchiligi, kishi lar-
ning baxt-saodati va kamoloti uning halol mehnat qilishida va kasb-
hunar o‘rganishida deb biladi. U kasb-hunar, ixtirolarga, turli asbob-
larni yasashga bag‘ishlab 9 ta asar yozgan. Asarlarida o‘zi yashab 
turgan davrdagi ishlab chiqarishning rivoji va kasb-hunarga oid 
qimmatli ma’lumotlar bergan.
Mehnatni va kasb-hunarni sharaflash, mehnat ahlining qadr-qiy-
matini uning manfaati uchun astoydil kurashishni Beruniyning za-
mon doshi qomusiy olim Abu Ali Ibn Sinoning ilmiy faoliyatida ham 
ko‘rishimiz mumkin. Ibn Sino “Odam ijtimoiy jondir” degan fikrni 
o g‘a surdi. Shuning uchun ham olim odamning yashashi uchun eng 
zarur narsa foydali mehnat ekanligini ta’kidlaydi.
O‘rta Osiyoda ko‘plab shoirlarning ustozi bo‘lgan Abulqosim 
Firdavsiyning “Shohnoma”sida mehnat ahliga mehr-muhabbat bilan 
yo‘g‘rilgan va kasb-hunarni egallash malakasiga bag‘ishlan gan misra-
larini ko‘plab uchratish mumkin:


68

Yüklə 2,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin