X1, Y1, Z1 lar bilan belgilanuvchi chiziqli va ux, uy, uz


Hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi



Yüklə 98,01 Kb.
səhifə10/57
tarix13.12.2023
ölçüsü98,01 Kb.
#175850
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57
arginal

5.7. Hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi
Yuklanishlarning eng xavfli jamlamasini aniqlash masalasini hal
qilish inshootni turli yuklanishlarga hisoblash natijalari bilan ularning
elementlarini loyihalash orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni ta’minlab
beradi. Umumiy holda jamlamalarning soni 2n gacha etadi, bu erda nyuklanishlar
soni. Bu hisoblanayotgan konstruksiya uchun 2n ta КDH ni
topish zarurligini bildiradi, buni esa zamonaviy texnikalardan
foydalangan holda ham bajarib bo‘lmaydi. Shu sababli quyidagi masala
kelib chiqadi: shunday bir kriteriya topish kerakki, uning asosida
qaralayotgan yuklamalar jamlamasi sonini m gacha kamaytirish
mumkin bo‘lsin (m<<2n). m ta jamlama asosida bajarilgan loyihalash
barcha 2n ta jamlamalarga hisoblangan konstruksiya mustahkamligini
ta’minlab bersin.
Hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi (HZJ) ni aniqlashda sterjen,
plastina, qobiq va hajmiy jism kesimlari uchun xarakterli bo‘lgan elastik
potensial xususiyatlari e’tiborga olinadi. Bu xususiyatlar masalaning
yechimini kesimning xarakterli nuqtalarida ekstremal kuchlanishlar
89
kriteriyasi orqali ifodalash imko-niyatini beradi. Shu tufayli jamlamalar
soni yanada jiddiy ravishda qisqaradi.
Qurilish me’yorlari va qoidalari talablariga muvofiq armaturalash
hisobi, metall kesimlarni tekshirish va tanlash zo‘riqishlar
jamlamasining eng xavfli qiymatlarida o‘tkaziladi. Shuning uchun
keyingi ishlarda LIR-ARM va LIR-STК tizimlarida hisobiy
zo‘riqishlar jamlamasi (HZJ) yoki hisobiy yuklar jamlamasi (HYuJ)
hisoblashlari olib borilishi kerak.
Hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi element kesimining xarakterli
nuqtalarida zo‘riqishlarning ekstremal qiymatlari kriteriyasi bo‘yicha
qabul qilingan me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi (elementlardagi
tugun ko‘chishi va yuklar mos qiymatlarini bevosita jamlash
orqali bajariladigan HYuJ hisobidan farqli ravishda).
LIRA programma kompleksida hisobiy zo‘riqishlar jamlamasini
qurilish obyektlarini loyihalashda amal qilinayotgan me’yoriy
hujjatlarga muvofiq avtomatik ravishda shakllantirish amalga
oshirilgan. Hisobiy zo‘riqishlar jamlamasini hisoblash quyidagi yo‘sinda
bajariladi.
Кuchlangan va deformatsiyalanganlik holatining umumiy holida
HZJ ning eng xavflilarini aniqlashdagi kriteriya bo‘lib, jismning biror
nuqtasida unga ko‘pgina yuklanishlardan vujudga kelgan zo‘riqishlar
ta’sir qilganda hosil bo‘ladigan elastik potensiali ekstremumlari xizmat
qiladi.
Masalaning bunday qo‘yilishida har xil turdagi chekli elementlar
kuchlanganlik holatining o‘ziga xos xususiyatlari osongina e’tiborga
olinadi. Bu qaralayotgan HZJ ning eng xavflilarini yo‘qotmasdan
ularning sonini etarli darajada qisqartirish imkoniyatini beradi.
Misol uchun, sterjenli elementlar uchun HZJ ni tanlash masalasi
kesimning xarakterli nuqtalarida hisoblangan normal va urinma
kuchlanishlarning ekstremal qiymatlarini topishga keltiriladi. Shuning
uchun bu kesim nuqtalarida ekstremal kuchlanishlar kriteriya
hisoblanadi.
Tekis kuchlanganlik holatidagi elementlar, plita va qobiqlarda

Yüklə 98,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin