X1, Y1, Z1 lar bilan belgilanuvchi chiziqli va ux, uy, uz



Yüklə 98,01 Kb.
səhifə12/57
tarix13.12.2023
ölçüsü98,01 Kb.
#175850
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57
arginal

Yuklanish raqami unikal raqam, foydalanuvchi tomonidan
beriladi, sxemaga bir vaqtda ta’sir qiluvchi muayyan kuchlar guruhi
raqami;
Yuklanish turi LIRA programma kompleksida qabul qilingan
yuklanishlar ko‘rinishi nomi.
91
5.18-rasm. Hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi muloqot oynasi.
HZJ ko‘rsatkichlari
HZJ jadvali masalada qabul qilingan barcha yuklanishlar uchun
tuzilishi kerak. Shuning uchun HZJ ning dastlabki ko‘rsatkichi qilib
muloqot oynasining tepa qismida hisoblagich joylashtirilgan.
Yuklanishlar raqami ketma-ketligi ixtiyoriy ravishda bo‘lishi mumkin.
Har bir yuklanish o‘z nomi bilan nomlanishi mumkin.
Yuklanishlar raqami to‘ldirilayotgan jadvalning birinchi qatoriga
o‘rnatiladi. Uni muloqot oynasining quyi qismida - to‘laligicha,
Коэффициенты для RSU ro‘yxatlar maydonida esa qisman
ko‘rishingiz mumkin. Ro‘yxatni qator va ustun bo‘ylab o‘zgartirish
mumkin. HZJ ni belgilovchi barcha ko‘rsatkichlar ikki guruhga
ajratilgan: HZJ ko‘rsatkichlari va HZJ koeffitsiyentlari.
HZJ ko‘rsatkichlari tarkibi:
• Yuklamalar bo‘yicha ishonchlilik koeffitsiyenti- γf. Кoeffitsiyentlar
o‘z holicha qoldirilib shakllantirilganda quyidagi qiymatlarga
ega bo‘ladilar:
- doimiy yuklanishda γf = 1.1;
- uzoq muddatli muvaqqat γf = 1.2;
- qisqa muddatli γf = 1.2;
- bir lahzali γf = 1.4;
- maxsus γf = 1.0.
• Uzoq muddatlilik ulushi- ψg. Qaralayotgan yuklanishda
yukning qaysi qismi uzoq muddatli ta’sir etuvchi deb qabul qilinishini
92
belgilovchi koeffitsiyent. O‘z holicha qoldirilganda quyidagi qiymatlarga
ega bo‘ladi:
- doimiy va uzoq muddatli yuklanishlar ψg = 1.0;
- qisqa muddatli ψg = 0.35;
- kransimon yuklanishlar ψg = 0.6;
- boshqa turdagi yuklanishlar ψg = 0.0.
• Yo‘ldosh yuklanishlar. Asosiy yuklanishga qo‘shimcha ravishda
qaralishi mumkin bo‘lgan yuklanishlar (ikkitadan ortmagan). Masalan,
agar asosiy yuklanish vertikal kransimon yuklar bo‘lsa, unda gorizontal
tormozlovchi yuklar yo‘ldosh yuklanishlar bo‘la oladi. Bu HZJ
ko‘rsatkichlari oldingi ikkitasi kabi yuklanishlar orasidagi mantiqiy
bog‘lanishni e’tiborga olish uchun kiritilgan.
• O‘zaro inkor etuvchi yuklanishlar № guruhi. Bu ko‘rsatkichlar
orqali bitta jamlama tarkibiga bir vaqtda kiritilishi mumkin bo‘lmagan
yuklanishlarni cheklash o‘rnatiladi. Bularga, masalan, chapdan shamol
va o‘ngdan shamol yuklanishlari.
• Ishorasi o‘zgaruvchanligini hisobga olish. O‘rnatilgan belgi
HZJ da asosiy zo‘riqishlar jamlamasi ishorasi o‘zgarishi ehtimolini
hisobga olish kerakligin bildiradi. Bunday yuklarga seysmik kuchlar
kiradi.
Yuklanishlar orasidagi o‘zaro mantiqli bog‘lanishga quyidagicha
cheklanishlar o‘rnatilgan:
a) 0 va 3 turdagi yuklanishlar ishorasi o‘zgaruvchi bo‘lishi mumkin
emas;
b) faqat 1, 2, 7 turdagi yuklanishlar birlashtirilishi mumkin;
v) 4 (tormozlovchi) turdagi yuklanish faqat 3 (kransimon) turdagi
yuklanishga yo‘ldosh bo‘la oladi;
g) 1, 2, 5, 6, 7 turdagi yuklanishlar 1, 2, 5, 6, 7 turdagi
yuklanishlarga istalgan kombinasiyada yo‘ldosh yuklanishlar qilib
kiritilishi mumkin;
d) ikkilamchi yo‘ldosh yuklanishlar (yo‘ldosh qilib berilgan
yuklanish, ikki va undan ortig‘iga) berilishi mumkin emas;
e) hech qanday yo‘ldosh yuklanishlarni birlashtirilgan va o‘zaro
inkor etuvchi yuklanishlar guruhiga kiritish mumkin emas.
j) birlashtirilgan va o‘zaro inkor etuvchi yuklanishlar guruhlari
soni 9 tagacha ruxsat etiladi.
z) dinamik yuklanishlar yo‘ldosh bo‘la olmaydilar.
93

Yüklə 98,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   57




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin