Расчетные сечения muloqot oynasini chaqiring (5.21-rasm).
Bu oynada hisobiy kesim yuza soni N = 5 ni kiriting. Egilishga
ishlaydigan elementlarni loyihalash uchun zo‘riqishlarni uchta yoki
undan ortiq bo‘lgan kesimlarda hisoblash talab etiladi.
- Применить tugmasini bosing.
5.21-rasm. Hisobiy kesimlar muloqot oynasi.
96
5.8. Ramaning statik hisobi Normal holatdagi hisob Tayyorlangan modelni qo‘yilgan yuklarga hisoblash to‘liq
ravishda avtomatik rejimda amalga oshiriladi.
Режим→Выполнить расчет menyusi yordamida hisoblashni
bajaramiz ( - uskunalar paneli tugmasi).
Ekranda asosiy bosqichlarning bajarilishi haqidagi ma’lumotlar
chiqariladi, ekranning pastki qismida hisob bosqichlari haqidagi,
gorizontal yo‘nalishdagi qismda esa grafigi va masalaning bajarilishi
foizlar hisobida tasvirlanadi. 5.22-rasmda masalaning bajarilish
jarayonini ko‘ramiz. Foydalanuvchi jarayonga hech qanday ta’sir
ko‘rsata olmaydi, lekin Отмена (bekor qilish) tugmasi orqali to‘xtatishi
va ekranni yopishi mumkin.
Masalaning bajarilishini aks ettiruvchi xabarlar hisob protokolini
yaratadi. Bu eng muhim bo‘lgan hujjat, u alohida fayllarda saqlanadi va
uni o‘qish mumkin. Hisob muvaffaqiyatli ravishda tugaganidan so‘ng
programma kompleksi yordamida boshlang‘ich ma’lumotlarni, model,
hisob protokoli va natijalarini o‘zida saqlovchi fayllar tashkil qilinadi
(5.5-jadval). Faylning nomi quyidagi shaklda tashkil qilinadi: fayl nomi
- kod, masalaning shifri, masalaning nomi va shifri foydalanuvchi
tomonidan Признак схемы (sxema belgisi) muloqot oynasida beriladi.
5.22-rasm. Masalaning bajarilishi oynasi.
97
5.5-jadval
Natijalar fayllari nomlari
Fayl kodi Fayl mazmuni *_01.* Hisob bayoni
*_02.* Ma’lumotlar hujjatlari
*_05.* Кo‘chishlar
*_06.* Кuchlar
*_08.* Hisobiy jamlama (HZJ)
*_09.* Tebranishlar davri
*_10.* Tebranishlar shakli
*_11.* Dinamik ta’sirlardan hosil bo‘ladigan inersiya kuchlari
*_13.* Material holati haqidagi ma’lumotlar
*_14.* Yuklanishlar bo‘yicha asosiy va ekvivalent kuchlanishlar
*_15.* HZJ yoki HYuJ bo‘yicha asosiy va ekvivalent kuchlanishlar
*_16.* Tushuntirish xati
*_17.* Massa og‘irliklari taqsimlanishi
*_18.* Ustuvorlikning yoki yuklanishlar yoki HYuJ bo‘yicha ehtiyot
koeffitsiyenti
*_19.* Erkin uzunlikning koeffitsiyenti yo yuklanishlar yoki HYuJ
bo‘yicha
*_20.* Yuklanishlar yoki HZJ bo‘yicha ustuvorlikning yo‘qotilish
shakli koeffitsiyenti
*_22.* HYuJ bo‘yicha elementlardagi zo‘riqishlar
*_23.* HYuJ bo‘yicha tugun ko‘chishlari
*_26.* zo‘riqishlar yoki hisobiy yuklar jamlamasi bo‘yicha
fragmentdagi kuchlar
*_28.* Hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi (uzoq muddatli ta’sir qiluvchi)
*_29.* Me’yoriy HZJ
*_30.* Me’yoriy HZJ (uzoq muddatli ta’sir qiluvchi)
*_35.* Qadamlar bo‘ylab ko‘chishlar
*_36.* Qadamlar bo‘yicha kuchlanishlar
98