Grafik ma’lumotlarni dokumentatorga kiritish Dokumentatordan foydalanish tadbirini yassi masala misolida
davom qildiramiz.
Aytaylik rama rigeli uchun M va Q epyuralarini qurish talab
qilinsin. Qurilgan epyuralarni dokumentator varag‘iga joylashtirish
kerak. Buning uchun quyidagilarni bajaramiz:
dokumentator va varaq oynalarini yig‘ib qo‘yamiz. Hisob
natijalari oynasi ko‘rinadi;
rama sxemasida element raqamlarini ko‘rinadigan qilamiz;
sichqonchaning o‘ng tugmasini bosib, qalqib chiqadigan
menyuni chiqaramiz va unda Информация об узле или элементе buyrug‘ini faollashtiramiz;
№7 elementga tugma bilan bosamiz; ekranda elementning
ma’lumotlari oynasi paydo bo‘ladi. Эпюры maydonida belgi o‘rnating
va ekranda ko‘rsatilgan elementdagi zo‘riqishlar epyurasini tasvirlovchi
oyna namoyon bo‘ladi (5.82-rasm).
111
5.82-rasm. Elementdagi zo‘riqish va egilish epyuralari.
Bu tadbir bilan hujjatlashtirishga ma’lumotlarni tayyorlash tugadi.
Кeyin hujjatlashtirish boshlanadi. U quyidagi oddiy tadbirlardan tashkil
topadi:
Окно→Графический контейнер menyu bandini bajaring;
Epyuralardan o‘ng tomonda joylashgan Копировать для до- кументатора tugmasini bosing ( -piktogrammasi). Barcha epyuralar
grafik konteynerga o‘tkaziladi. Dokumentatorga joylashtirilishi kerak
bo‘lgan barcha grafik ma’lumotlarni grafik konteynerga kiritish kerak.
Кeyin tasvir sichqoncha tugmasi bilan belgilanib yoki nusxa ko‘chiriladi,
keyin dokumentator varag‘iga qo‘yiladi, yoki tasvir ko‘rinishida
*.bmp; *.jpg; *.tiffformatidagi fayllarda saqlanadi ( -piktogrammasi
orqali).
Окно→Документатор menyu bandi yordamida dokumentator
oynasini oching. Dokumentatorda varaq №1 ni oching.
Редактировать menyu bandida Разместить копию (nusxasini
joylashtiring) buyrug‘ini faollashtiring.
epyurani joylashtirish uchun maydonning chap yuqori qismiga
tugma yordamida bosing va tugmani qo‘yib yubormasdan ramkani o‘ng
past qismga kengaytiring. Tugmacha qo‘yib yuborilganda ramka bilan
chegaralangan maydonchada epyura hosil bo‘ladi 5.83-rasm).
Dokumentatorga boshqa epyuralarni kiritish uchun keltirilgan
tadbirlarni ketma-ket ravishda takrorlang. Varaqqa joylashtirilgan
112
grafiklarni ramka yordamida tarhlash, varaq maydoni bo‘ylab ko‘chirish,
o‘chirish mumkin.
5.83-rasm. №7 elementning dokumentator varag‘idagi barcha
epyuralari.