Interfaol jadvallar Hisoblash natijasida olingan hamma ma’lumotlar foydalanuvchiga
qulay bo‘lgan jadval ko‘rinishida tasvirlanishi va interfaol jadvallar
bo‘limi buyruqlari bilan bosmaga chiqarilishi mumkin.
Interfaol jadvallar Oкнo (oyna) menyu bandi orqali chaqiriladi.
Buyruqning uskuna tugmasi quyidagicha yaqqol ko‘rinishga ega.
Buyruqni ishga tushirish bilan ekranga Редактор форм (shakllar
muharriri) muloqot oynasi chiqariladi (5.88-rasm.)
Interfaol jadvallar muloqot oynasida quyidagi tugmalar mavjud:
• Создать новую форму (yangi shakllarni yaratish) tugmasi. Bu
tugma orqali tarkibi va shakli bo‘yicha foydalanuvchi tomonidan belgilanadigan
yangi jadvalni yaratish mumkin;
• Удалить форму (shaklni o‘chirish) tugmasi. Bu tugma muloqot
oynasida joylashtirilgan ro‘yxatdan bo‘sh jadvallarni o‘chirishga xizmat
qiladi.
• Сохранить список форм (shakllar ro‘yxatini saqlash) tugmasi.
Bu tugma yordamida jadvallarning o‘zgartirilgan ro‘yxatini saqlab
qo‘yish mumkin.
• Применить (qo‘llash) va Справка (ma’lumotlar olish) tugmasi.
Bu tugmalar o‘zgartirishlarni qo‘llash va ma’lumotlar olish uchun
xizmat qiladi.
116
5.88-rasm. Redaktor form (shakllar muharriri) muloqot oynasi.
Jadvallarni tahrirlash va saqlash Aytaylik qaralayotgan yassi rama masalasi uchun elementlardagi
zo‘riqishlar jadvalini tuzish kerak bo‘lsin. Buning uchun quyidagi
tadbirlarni bajarish kerak:
sichqoncha tugmasi yordamida Усилия (стержени)(zo‘riqishlar
(sterjenlar)) jadvalini belgilang va - Применить tugmasini
bosing. Ekranga Создание таблицы элементов (elementlar jadvalini
yaratish) muloqot oynasi chiqariladi (5.89-rasm).
muloqot oynasidagi Для всех элементов (barcha elementlar
uchun) va Для одного загружение (bitta yuklanish uchun) radiotugmalarini
o‘z holicha qoldiramiz. E’tibor bering, agar biz bir nechta
elementlar uchun zo‘riqishlar jadvalini tuzishimiz kerak bo‘lganida,
oldin ularni belgilab olishimiz kerak bo‘lar edi.
117
- Применить tugmasini bosing. Ekranda tahrirlash oynasi
zo‘riqishlar jadvali bilan tasvirlanadi. (5.90-rasm). O‘z holicha qoldirilib
yaratilgan jadvalda uch o‘lchamli kuchlanganlik holati uchun ustunlar
ajratilgan. Jadvallarni tahrirlash keraksiz ustunlarni o‘chirish
imkoniyatini yaratadi va shunday tahrirlashlar quyidagicha amalga
oshiriladi:
5.89-rasm. Создание таблицы элементов (elementlar jadvalini
yaratish) muloqot oynasi.
bizga kerak bo‘lmagan jadval ustunlarini belgilang: Mk, Mz,