Zo‘riqishlar ishoralari qoidasi N- o‘q bo‘ylab zo‘riqish. Musbat ishorasi cho‘zilishga mos keladi.
Mkr- X1 o‘qqa nisbatan burovchi moment. Agar sterjen uchidagi
kesimga X1 o‘qi uchidan qaralganda, moment harakati soat strelkasi
yo‘nalishiga qarama - qarshi bo‘lsa, unda musbat ishoraga ega bo‘ladi.
Mu - Y1 o‘qqa nisbatan eguvchi moment. Agar sterjen uchidagi kesimga
Y1 o‘qi uchidan qaralganda, moment harakati soat strelkasi
yo‘nalishiga qarama - qarshi bo‘lsa, unda musbat ishorali deyiladi.
Mz - Z1 o‘q yo‘nalishga nisbatan eguvchi moment. Agar sterjen
uchidagi kesimga Z1 o‘qi uchidan qaralganda, moment harakati soat
strelkasi yo‘nalishiga qarama - qarshi bo‘lsa, unda musbat ishorali deb
qabul qilinadi.
Barcha konstruktiv elementlarni hisoblash natijalarini o‘qishdagi
ishoralar qoidasi ilovallarning 3 – 9 - jadvallarida keltirilgan.
123
5.10. LIR-ARM sistemasida temirbeton konstruksiyalari kesimini hisoblash va loyihalash Кuchlangan-deformatsiyalangan holatlarning turli vaziyatlarida
sterjen va plastinkasimon elementlarga armaturalar tanlash va bajarilgan
armaturalashni tekshirish LIR-ARM va LAVR (LIR-ARM lokal) loyihalovchi sistemalari asosida amalga oshiriladi.
Armatura yuzalari birinchi va ikkinchi guruh chegaraviy holatlar
bo‘yicha alohida olingan yuklanishlardan hosil bo‘lgan zo‘riqishlarga,
hisobiy yuklamalar jamlamasiga (HYUJ)va hisobiy zo‘riqishlar
jamlamasiga (HZJ) hisoblanadi. Armaturalashni aniqlash armatura
va betonlarning hisobiy xarakteristikalarini, armatura sterjenlari
diametrlari hamda yuzalari va h.k. ma’lumotlarga ega bo‘lgan me’yoriy
ma’lumot bazasi asosida amalga oshiriladi.
LIR-ARM sistemasida armaturalashni tanlash uchun interfaol
rejimda qo‘shimcha ma’lumotlar kiritiladi: beton va armaturalar
me’yoriy va hisobiy xarakteristikalari, konstruktiv elementlar
tayinlanadi, elementlar unifikasiyasi beriladi va h.k.