Standart jadvallar Programma kompleksi yana bir, hisob natijalari ma’lumotlarini
o‘zida mujassamlagan, standart ko‘rinishdagi jadvaliga ega. Standart
jadvallar muloqot oynasida qaralayotgan masalani echishdan olingan
natijalar ro‘yxatidan zarur bo‘lgan jadvalni tanlab olish uchun ishlatiladi.
O‘z holicha qoldirilganda jadval ASCIImatn formatida
shakllanadi (5.94-rasm).
Jadval HTML formatida unga mos tugmani bosish orqali
chiqariladi. RRT radio-tugmasi tanlanganda jadval dizayner sistemasida
shakillanadi. Jadval ko‘rsatkichlari tugmasi bosilganida ekranda
quyidagilar paydo bo‘ladi:
ASCII formatda jadval ko‘rsatkichlari. Bu oynada mos maydonchalarda
varaqdagi qatorlar sonini, jadval kengligi, bosmaga
chiqariladigan ko‘chishlar va zo‘riqishlarning aniqligi keltiriladi.
121
5.94-rasm. Standart jadvallar muloqot oynasi.
HTML formatida-bu oynada mos maydonchalarda jadvaldagi
qatorlar soni, katakchalar orasidagi masofa, katakdagi qiymat-larining
chegaragacha bo‘lgan masofalari ko‘rsatiladi.
5.95-rasm. Zo‘riqishlarni standart jadvali namunasi.
5.96-rasm. №1 va №2 elementlar uchun HZJ jadvali.
122
Tushuntirish xati Oкнo muloqot oynasi yordamida chiqariladigan «Tushuntirish xati» orqali ekranga hisob natijalariga izohlar chiqariladi. Unda
masaladagi umumiy ma’lumotlar va hisoblash natijalariga izohlar
joylashtirilgan.
Tushuntirish xati foydalanuvchi matn oynasida ma’lumotlarni
tahrirlashi, to‘laligicha yoki qisman bosmaga chiqarish imkoniyatiga ega
bo‘lishi uchun ekranga chiqariladi. Tushuntirish xatini sistemaning
ma’lumotlarni almashinish buferi yordamida kerakli qismini boshqa
muharrirlarga, masalan Word ga uzatish mumkin.
Tushuntirish xatidagi eng muhim ma’lumot, foydalanuvchiga
tahlil qilish uchun doim zarur bo‘ladigan ishoralar haqidagi ma’lumotlar hisoblanadi. Bu qoidalar masalada qo‘llanilgan chekli
element tiplari bilan chambarchas bog‘liq. Agar masalada bir nechta
chekli element tiplpri qo‘llanilgan bo‘lsa, unda ishora qoidalari har bir
tip uchun keltiriladi.
Rama hisobi uchun tushuntirish xatidagi ishoralar qoidasini keltirib
o‘tamiz.