LAVR sistemasida armaturalashni aniqlash va tekshirish uchun
boshlang‘ich ma’lumotlarni xuddi interfaol rejimda kiritishdagidek,
LIR-ARM tizimidan ma’lumotlarni eksportlab, keyinchalik o‘zgartirish
yo‘li bilan ham kiritish mumkin. LAVR sistemasida kesim ko‘rsatkichlari,
geometrik xarakteristikalar, kesimning berilgan armaturalanishi,
material haqidagi ma’lumotlar, zo‘riqishlar hamda ularning
jamlamalarini ko‘p martalab o‘zgartirish va armatura tanlashni amalga
oshirish mumkin.
Sterjen elementlarini armaturalash STERJEN armaturalash moduli sterjen tanlashni quyidagi
zo‘riqishlardan amalga oshiradi:
• N normal kuchlardan (siqilish va cho‘zilish);
• Mk burovchi momentdan;
• Mu, Mz ikkita tekislikda eguvchi momentlardan;
• Qu, Qz ikkita tekislikdagi qirquvchi kuchlardan.
Hisoblash birinchi (mustahkamlik) va ikkinchi (yoriqbardoshlilik)
guruh chegaraviy holatlari bo‘yicha bajariladi.
124
Ruxsat etilgan kesim shakllari: to‘g‘ri burchakli, pastki tokchali,
yuqori tokchali tavra, qo‘shtavra, karobkasimon kesim, halqa, doira,
krestsimon kesim, burchak, tokchasi pastda bo‘lgan tavralarda bajariladi.
Bo‘ylama armaturani tanlashda kesimning chegaraviy holati [53]
muvofiq ravishda quyidagicha qabul qilingan: hisobiy kuchlanishlar
bilan betonning siqilgan zonasi, nisbiy balandlikning nazorati bilan
(beton sinfiga bog‘liqlikda), po‘latning hisobiy qarshiliklari bilan
siqilgan va cho‘zilgan armatura.
Algoritm ikkita novdaga ega bo‘ladi: yassi holat uchun (bitta
tekislikdagi eguvchi moment va normal kuchlar mavjud bo‘lganda) va
fazoviy holat uchun (ikkita tekislikdagi eguvchi momentlar va normal
kuchlar mavjud bo‘lganda).
Yassi holatda doimo tokchasi siqilgan zonada joylashgan tavra
kesimi hisoblanadi. Zarur bo‘lgan holda tokchalar nol balandlik
tayinlanish yo‘li bilan yo‘qotiladi.
Fazoviy holatlarda kesim elementar to‘g‘ri burchakli maydonchalarga
ajratib chiqiladi. Chegaraviy holat iterasiya qilinib topiladi.
Кesimlar iterasiyaning har bir qadamida chiziqli elastik qilib olinadi.
Кesimlardan cho‘zilib ketgan va haddan ziyod kuchlangan betonlar,
xuddi shunday haddan ziyod kuchlangan armaturalar o‘chirib yuboriladi.
Haddan ziyod kuchlangan element yuzachalarini o‘chirishda tashqi
kuchlanishlarning qiymatlari haddan ziyod kuchlangan elementlarni,
ularning hisobiy qarshilik-larida qabul qila oladigan qiymatlarigacha
kamaytiriladi, keyin o‘zgartirilgan kesimlar geometrik xarakteristikalari
qaytadan hisoblab chiqiladi va iterasiya jarayoni ikkita yonma-yon
joylashgan qadamlarda o‘zgarish ro‘y berguncha yoki «buzilgan»
kesimlarga etib kelgunga qadar davom ettiriladi. Oxirgi holatda
armaturaning kesim yuzasi kattalashtiriladi va iterasiya sikli qaytariladi.
Bundan tashqari armaturalash foizini nazorat qilish amalga
oshiriladi. Agar 5% dan oshib ketsa kesim o‘lchamlarini kattalashtirish
yoki material sinfini oshirish haqidagi tavsiyalar beriladi.
Bundan tashqari fazoviy holatlarda siquvchi normal kuchlar
mavjud bo‘lganida kattaligi oshiriladigan zonalarning chegaraviy
yuzalari nazorat qilib boriladi.
Buralishga ishlaydigan bo‘ylama va ko‘ndalang armaturalarning
yuzalari [52] da keltirilgan usul bilan aniqlaniladi.
Siquvchi kuchlar mavjud bo‘lgan [53] ga muvofiq ravishda
egilishning ta’siri hisobga olinadi. Agar shartli kritik kuch siquvchi
kuchga qaraganda kichik bo‘lsa, unda kritik kuchning qiymati
125
armaturalash foizini oshirish hisobiga ko‘paytiriladi, lekin 7% dan
oshmagan miqdorda. Кesimning buruvchi moment va ko‘ndalang
kuchlarni qabul qilish qobiliyati [53] ishning 3.30 va 3.37 bandlari
talablariga binoan tekshiriladi.
Har bir kesim chiziqli hisoblashdan olingan (HZJ) hisobiy
zo‘riqishlar jamlamasi soniga tekshirib chiqiladi. Кeyingi o‘rindagi
hisobiy jamlamalarda siqilgan armaturalarning vujudga kelishi
mumkinligini hisobga olish uchun, har bir qadamda oldingi hisobiy
jamlamadan olinadigan armatura ishlatiladigan, zo‘riqishlarga bo‘lgan
0.6, 0.9, 1.0 koeffitsiyentli sikl va hisobiy jamlamalar bo‘yicha sikllar
tashkil qilingan.
Hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi chiziqli hisoblashlar natijasida
shakllantiriladi yoki foydalanuvchi tomonidan avtonom rejimda beriladi.
HZJsini tanlashdagi kiriteriya sifatida kesimning chetki
zonalaridagi ekstremal kuchlanishlar olinadi. Sterjen uchun hammasi
bo‘lib 34 gacha bo‘lgan kriteriya tekshiriladi. Bir xildagi HZJ ajratib
tashlanadi.
HZJ ning ikkita ichki guruhlari shakllantiriladi: davomiyligi
yig‘indisi kichik bo‘lgan, qisqa muddatli yuklamalar (B guruhi) mavjud
bo‘lgan va ular mavjud bo‘lmagan (A guruh) guruhlar. Bu ikkita HZJ guruhlari uchun beton ish sharoitining turli koeffitsiyentlari γb2
qo‘llaniladi ([53], 15-jadval). Hisoblashda sxemani to‘liq hisoblanishni
bajarishdan olingan HYuJ yoki zo‘riqishlardan foydalanish mumkin.
Modul hisoblashda konstruktiv talablarga muvofiq o‘rnatiladigan
armaturalarni hisobga oladi. Egiluvchi elementlar uchun bular
kesimning burchagida joylashgan ø10 mm bo‘lgan sterjenlar, siqiluvchi
elementlar uchun – kichik kesimlar uchun mo‘ljallangan ø16 mm yoki ø12 mm bo‘lgan sterjenlardir. Xuddi shunday [53] ga muvofiq eng
kichik foizdagi armaturalashlar ham tekshiriladi. Кesimning katta
o‘lchamlarida chekkalarga konstruktiv armaturalar qo‘yiladi. Zarur
bo‘lganda konstruktiv talablardan voz kechish ham mumkin [53].