Qy, Ry, Rz, тип элемента (element turi), № загружение (yuklanishlar №), Составляющая (tashkil etuvchi);
Редактироватьmenyu bandi yordamida Удалить отмечен- ное (belgilanganlarni o‘chirish) buyrug‘ini bajaring, natija bizga kerak
bo‘lgan jadval (5.92-rasm). Nafaqat ustunlarni balki keraksiz qatorlarni
ham o‘chirish mumkin. Olingan jadvalni saqlab qo‘yishimiz kerak.
Saqlash buyruqlari Fayl menyusiga joylashtirilgan:
В отчет (hisobotga) - bu buyruq orqali yaratilgan jadval
hisobotga jo‘natiladi.
Копировать для документатора (dokumentator uchun kopiyalash)
– jadvalni grafik dokumentator varag‘iga joylashtirish maqsadida
nusxalash buyrug‘i.
Сохранить файл для Excel(faylni Excel elektron jadvali
uchun saqlash)- buyruq jadval faylini Excel elektron jadvali formatida
saqlash uchun standart muloqot oynani ekranga chiqaradi.
118
Продолжить (davom ettirmoq) – agar qatorlar soni 16 000 dan
oshib ketgan bo‘lsa, bu buyruq orqali jadvalni ekranga chiqarishni
davom ettirish mumkin bo‘ladi.
Закрыть (yopish) – jadvaldan chiqish.
Tahrirlash oynasida shriftning garnitura va o‘lchamini o‘zgartirish
imkoniyati mavjud. Bu Опции→Шрифт buyrug‘i orqali bajariladi.
Отчет buyrug‘i bajarilganidan so‘ng tahrirlash oynasi avtomatik
ravishda yopiladi.
Jadvalning yangi shaklini yaratish Interfaol jadvallar rejimida foydalanuvchiga qulay ko‘rinishda
bo‘lgan jadval yaratish imkoniyati amalga oshirilgan. Bunday jadval
ikkita muloqot oynasi ko‘magida yaratiladi: Новая форма (yangi
shakl) (5.92-rasm) va masalan, Усилия (стержни). Foydalanuvchi
birinchi oynada jadvalning tipini ko‘rsatadi, ikkinchisida – jadvalning
har bir ustunidan uning tashkil etuvchilarini tanlab chiqadi.
5.90-rasm. Jadvallarni tahrirlash oynasi.
119
5.91-rasm. Jadvalning ortiqcha ustunlarini o‘chirish.
5.92-rasm. Yangi shakl muloqot oynasi.
Hisobot Hisobot oynasida foydalanuvchining interfaol rejimda tayyorlagan
jadvallari keltiriladi. Hisobot yordamida keltirilgan jadvallarni ko‘rib
chiqish, burchak shtampini to‘ldirish, o‘zgarishlarni saqlash yoki
hisobotdan o‘chirib tashlash, printerda chop etish kabi amallarni bajarish
mumkin. Hisobot oynasi Отчет (hisobot) muloqot oynasi yordamida
boshqariladi (5.93-rasm).
120
5.93-rasm. Hisobot muloqot oynasi.
Hisobot muloqot oynasidan foydalanish hech qanday qiyinchilik
tug‘dirmaydi. Faqat shtampni ko‘rish yoki to‘ldirish uchun kerakli
jadval oldindan ro‘yxatda tanlab olinishini unitmaslik kerak. Chop etish
uchun birdaniga bir nechta jadvalni belilash mumkin.