Приложить отпор грунта (grunt qarshiligini qo‘yish) muloqot
oynasi tanlangan plita yoki qobiq ChE uchun S1 va S2 zamin
qayishqoqlik koeffitsiyentini hisoblash imkoniyatini beradi.
Окно (oyna)
Окно menyu bandining tarkibi modelni tuzish rejimidagidan
faqatgina ikkita buyruq bilan far qiladi:
LIR-STК – po‘lat konstruksiyalarni loyihalash modulini chaqirish;
LIR-ARM–temirbeton konstruksiyalarni loyihalash modulini
chaqirish. Bu menyuning yana uchta buyruqlar guruhi hisoblash
ma’lumotlarini tashkil qilish va saqlab qo‘yish uchun mo‘ljallangan.
Документатор (hujjatlashtiruvchi) buyrug‘i modelni tayyorlash
va uni hisoblash jarayonida shakllanadigan, barcha grafik ma’lumotlarni
saqlash va standart varaqlarga joylashtirish imkonini tug‘diradi. Bu
yerda hisob sxemasi, yuklanishlar sxemalari, ko‘chishlar diagrammalari,
tebranish shakllari, zo‘riqish epyuralari, kuchlanishlar izomaydonlari va
hakozolar nazarda tutilgan.
Кeyingi ikkita buyruq Интерактивные таблицы (interfaol
jadvallar) va Стандартные таблицы (standart jadvallar) kuchlangan -
deformatsiyalangan holatning barcha tashkil etuvchilari, model
ko‘rsatkichlari, hisobiy zo‘riqishlar jamlamasi, dinamik hisoblash
ma’lumotlari, ustuvorlikka hisoblash va boshqa hisoblash jarayonida
programma kompleksi tomonidan hosil qilinadigan ko‘pgina
ma’lumotlarni o‘zida saqlaydigan jadvallarni olish imkonini beradi.
Пояснительная записка (tushuntirish xati) buyrug‘i bilan
qo‘llanilgan chekli element xarakterlarini izohlovchi, ichki zo‘riqishlarni
olish uchun ishoralar qoidasi va boshlang‘ich ma’lumotlarni
Lira kirish tilidagi hujjatlarda joylashtirilishini sharhlab beruvchi
hujjatlar shakllantiriladi.
Отчет (hisobot) buyrug‘i bilan Интерактивные таблицы (interfaol jadvallar) yordamida foydalanuvchi tomonidan avval yaratilgan
jadvallar asosida, jadvallar to‘plami paydo qilinadi. O‘z-o‘zidan
ma’lumki, barcha jadvallarni printer orqali chop etish yoki turli
formatdagi fayllarda saqlab qo‘yish mumkin.