Xalq banki tizimida shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar


uy-joyning xisoblangan kiymati



Yüklə 272,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix27.09.2023
ölçüsü272,39 Kb.
#149675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ipoteka krediti X.B

uy-joyning xisoblangan kiymati
– kvartira/uy-joyning bir kvadrat metrining tegishli hududdagi o‘rtacha 
bozor qiymati hamda ikki va uch xonali kvartiralar maydonining eng kam me’yorlarini inobatga olgan holda 
aniqlanadigan qiymat; 
pudrat tashkiloti
– ko‘p qavatli/kvartirali uylarni o‘z mablag‘lari, bank krediti va qonunchilikda 
taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan qurilgan hamda birlamchi uy-joy bozorida sotish uchun taklif etuvchi 
tadbirkorlik subyekti; 
subsidiya 
- ipoteka kreditlari asosida birlamchi uy-joy bozorida kvartiralar sotib olish uchun boshlang‘ich 
badal 
va/yoki 
kredit 
foizli 
xarajatlarining 
bir 
qismini 
qoplash 
maqsadida 
davlat 
budjetidan
O‘zbekistan Respublikasining fuqarosi uchun bankda uning nomiga ochilgan tegishli hisobvaraqqa o‘tkazilgan pul 
mablag‘lari. 
 
4. QARZ OLUVCHI VA BIRGALIKDA QARZ OLUVCHINING TASDIG‘I 
4.1. Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi ushbu bilan quyidagilarni tasdiqlaydi: 
- bankka taqdim etilgan/etiladigan kreditni rasmiylashtirish va olish uchun hujjatlar va ma’lumotlar bunday 
hujjatlar va ma’lumotlar taqdim etilgan sanada haqiqiy va ishonchli hisoblanadi; 
Qarz oluvchi ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish vakolatiga ega va ushbu 
majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi; 
- Birgalikda qarz oluvchi ushbu shartnoma majburiyatlari yuzasidan birgalikda javob beradi va ushbu 
majburiyatlar haqiqiy hisoblanadi; 
- Qarz oluvchining/Birgalikda qarz oluvchining ushbu shartnomada nazarda tutilgan majburiyatlarni 
bajarishdan bosh tortishi Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining ushbu shartnomaga va O‘zbekiston Respublikasi 
qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo‘lishiga olib keladi; 
- agar Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchi to‘lovlarni amalga oshirishga yoki ushbu shartnomada 
belgilangan talablardan istalganini bajarishga qodir bo‘lmasa, Bank asosiy kreditni va hisoblab yozilgan foizlarni
shuningdek, boshqa to‘lovlarni muddatidan oldin to‘lanishini talab qilishga haqlidir. Shu bilan birga, Bank qonun 
hujjatlarida belgilangan tartibda kreditni ta’minlash bo‘yicha va Qarz oluvchi/Birgalikda qarz oluvchining boshqa 
mol-mulkiga undiruvni qaratishga haqlidir; 
- chaqirib olmaslik va muqarrar tartibda kredit bo‘yicha har qanday ta’minlashni amalga oshirishga va 
foydalanishga va/yoki Bank tomonidan o‘z huquqlarini amalga oshirish uchun barcha zarur choralarni ko‘rishga 
Bankni vakil qiladi. 

Yüklə 272,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin