qarz yuki ko‘rsatkichi
- Qarz oluvchining barcha kreditlari va mikroqarzlari bo‘yicha o‘rtacha oylik
to‘lovlari miqdorining qarz oluvchi va birgalikda qarz oluvchilarning tasdiqlangan o‘rtacha oylik daromadi miqdoriga
bo‘lgan nisbati;
birlamchi uy-joy bozori
- yangi tartib/loyiha doirasida qurilgan, shuningdek, yangi tartib/loyiha doirasidan
tashqari foydalanishga topshirilgan sanadan ko‘pi bilan ikki yildan oshmagan pudrat tashkiloti hisobida bo‘lgan ko‘p
qavatli/kvartirali uylardagi kvartiralarni taklif etuvchi bozor;
ikkilamchi uy-joy bozori
– jismoniy va yuridik shaxslarga tegishli bo‘lgan, shuningdek, kimoshdi
savdolariga sotuvga qo‘yilgan, sotib oluvchilarga bozor narxlarida taklif etuvchi bozor;
boshlang‘ich badal
— sotib olinadigan uy-joy qiymatining ipoteka krediti olish uchun qarz oluvchi
tomonidan o‘z mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan belgilangan me’yorlarda
shakllantiriladigan qismi;
ipoteka krediti
— aholiga birlamchi/ikkilamchi uy-joy bozoridagi uy-joylarni sotib olish uchun
Moliya vazirligi tomonidan joylashtirilgan mablag‘lar, bankning o‘z mablag‘lari hamda qonun bilan taqiqlanmagan
boshqa mablag‘lar hisobidan bozor tamoyillari asosida ajratiladigan kreditlar;
Dostları ilə paylaş: