Xalq banki tizimida shartnomalarni tuzish bo‘yicha Tavsiyalar



Yüklə 272,39 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/11
tarix27.09.2023
ölçüsü272,39 Kb.
#149675
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ipoteka krediti X.B

10. KREDIT TA’MINOTI 
10.1. Qarz oluvchi ushbu shartnoma imzolangandan so‘ng ____ kun ichida uy-joy oldi-sotdi shartnomasini 
tuzadi va uni tegishli tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazib, uni Bankka garovga qo‘yadi (ipoteka shartnomasi qonunda 
belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi va davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi) hamda uy-joyni Bank foydasiga sug‘urta 
qildiradi. 
10.2. Bank Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluvchidan kredit bo‘yicha qo‘shimcha ta’minot talab qilishga 
haqli. 
10.3. Bir necha ta’minot turining mavjudligi bir-biriga zid hisoblanmaydi, majburiyatlar bajarilishi 
ta’minotining har biri mustaqil bo‘lib, bir-biriga bog‘liq hisoblanmaydi. 
10.4. Ta’minot turlariga undiruvni qaratish zarurati vujudga kelganda, Bank o‘z xohishi va tanloviga ko‘ra 
ta’minot turlaridan biri yoki barchasiga baravar undiruvni qaratish huquqiga ega. 
10.5. Kredit ta’minoti bilan bog‘liq hujjatlarni lozim darajada rasmiylashtirish bilan bog‘liq barcha 
xarajatlarni Qarz oluvchi o‘z zimmasiga oladi. 
10.6. Qarz oluvchi va Birgalikda qarz oluvchi kredit ta’minotini kredit summasining 125 (bir yuz yigirma 
besh) foizi miqdorida ushlab turish majburiyatini oladi. 
11. SHARTNOMANING AMAL QILISH MUDDATI,
UNI O‘ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH TARTIBI 
11.1. Ushbu shartnoma imzolangan vaqtdan kuchga kiradi. Bankning kredit berish majburiyati Qarz oluvchi 
tomonidan 30 (o‘ttiz) kun ichida ushbu shartnomada ko‘rsatilgan hujjatlar Bankka taqdim qilingandan so‘ng kuchga 
kiradi. Hujjatlar 30 (o‘ttiz) kun ichida taqdim etilmaganda, Bank kreditni berishdan bir tomonlama bosh tortishga 
haqli. 
11.2. Ushbu shartnoma imzolangan vaqtdan boshlab taraflarning ushbu shartnoma bo‘yicha majburiyatlari 
to‘liq bajarilgunga qadar yoki ushbu shartnomaga qo‘shimcha kelishuvlarda ko‘rsatib o‘tilgan shartlarda bekor 
qilingunga qadar amalda bo‘ladi. 
11.3. Ushbu shartnomaning shartlarini o‘zgartirish yoki uni bekor qilish qo‘shimcha kelishuv tuzish orqali 
amalga oshiriladi. Mazkur shartnomaga kiritiladigan barcha o‘zgartirish va qo‘shimchalar yozma ravishda tuzilib
tomonlarning vakolatli vakillari tomonidan imzolangandan va muhr bilan tasdiqlangandan so‘ng haqiqiy hisoblanadi. 
Barcha o‘zgartirish, qo‘shimchalar va ilovalar mazkur shartnomaning ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi.
11.4. Agarda O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligidagi o‘zgarishlar natijasida ushbu shartnomaning 
biror-bir sharti amaldagi qonunchilikka mos kelmay qolsa, bu holat shartnomaning boshqa shartlarining bajarilishiga 
ta’sir qilmaydi va qisqa muddat ichida ma’no va maqsad jihatidan yaqin bo‘lgan boshqa shart bilan almashtiriladi. 

Yüklə 272,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin