34
xususiyati tahlili
shundan dalolat beradiki, respublikamizda bank kreditlarining
asosiy qismi sanoat tarmog`iga ajratilgan kreditlar hissasiga to`g`ri keladi. Bu
esa banklarda tarmoq riskini keltirib chiqaradi.
2.
Aholi ayrim toifasining to`lov qobiliyati pastligi va oladigan daromadlar
yetarli darajada emasligi;
3.
Olingan kreditlarning ko`pchilik holatlarda maqsadsiz ishlatilishi;
4.
Tijorat banklarida jismoniy shaxslarning kredit qobiliyatini baholash
bo`yicha takomillashgan tizimning mavjud emasligi;
5.
Banklarning yetarli resurs bazasiga ega emasligi;
6.
Iste`mol krediti obyekti sifatida tanlangan tovar va xizmatlar bahosining
su‟niy ravishda oshirilishi;
7.
Banklarda mijozlarning kreditga layoqatliligi ko`rsatkichlarini baholash
tizimining takomillashmaganligi;
Hozirgi sharoitda bank iqtisodiy sektorning lokomativi hisoblanadi.
Bankning asosini esa kredit operatsiyalari tashkil qiladi. Ayniqsa,
jismoniy
shaxslarning bank kreditlari hisobiga turli iste`mol tovarlari va xizmatlarini sotib
olishga bo`lgan talabning oshishi tijorat banklari kreditlariga bo`lgan talabning
o`sishiga imkon yaratdi. Respublikamiz bank amaliyotida kredit bahosining
shakllanishida kredit
foiz stavkasidan tashqari, tijorat banklari tomonidan
qo`shimcha to`lovlar joriy qilinganligiga guvoh bo`lmoqdamiz.
Yuqoridagi takliflar tijorat banklarining kredit bahosi mexanizmining
tartibga solinishi, ularning kreditlash salohiyatinining barqarorlashiga,
banklarning kreditlash faoliyati samaradorligi
oshishiga va natijada ular
tomonidan iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida ustuvor tarmoqlarni
moliyaviy qo`llab-quvvatlashdagi faolligini oshirishga o`zining ijobiy ta`sirini
ko`rsatadi degan umiddamiz.