1.3
Madaniyat va san’at sohalarida biznes faoliyati subyektlarini tashkil
etish va ularni davlat ro’yxatiga olish
Madaniyat va san‘at sohalarida biznes faoliyati bilan shug‘ullanayotgan
korxonalar hisobot davrida (bir yil davomida xodimlarni o‘rtacha soni 10
kishidan oshmagan muassasalar) kichik tadbirkorlik sub‘ektlari hisoblanadi.
Ular mustaqil balansga, muhrga, hisob-kitob raqamiga ega bo‘ladilar.
Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun quyidagi hujjatlar tahdim etiladi:
6
A. Ro`zmetov. Madaniyat va sanʼat o‗quv yurtlarida taʼlim jarayonini tashkil etishning ilmiy asoslari. Taʼlim
va tarbiya, 2018 yil.
14
xodimning, ta‘sischi (ta‘sischilar)nint ro‘yxatdan o‘tkazish hahidagi
arizasi;
ta‘sis hujjatlari (korxona ustavi, tegishli turdagi korxonalar uchun esa
shartnoma);
korxonani tashkil etish hahida haror, majlis bayonnomasi;
korxonaning tabiatni muhofaza qilish mahalliy organlari tomonidan
ro‘yxatdan o‘tganligi hahidagi ma‘lumotnoma;
bank tomonidan berilgan davlat boji to‘langanligini tasdihlovchi hujjat.
Shuningdek, «Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jismoniy
shaxslardan olinadigan ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovlari va ularni ro‘yxatdan
o‘tkazash tartibi haqida»gi qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi
qonunchiligiga ko‘ra ruhsat etilgan tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish
istagini bildirgan jismoniy shaxs o‘zi doimiy yashab turgan tuman, shahar,
shaharlardagi tuman hokimiyati tomonidan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.
Jismoniy shaxs ariza bergan paytdan boshlab 15 kunlik muddatdan
kechiktirilmasdan davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi
to‘laganligi haqidagi hujjat taqdim etilganidan so‘ng unga arizasida ko‘rsatilgan
muddatga guvoqnoma berilishi kerak.
Ro‘yxatdan o‘tkazish to‘lovi 1994 yil 16 apreldagi 213-rakamli qarorga
ko‘ra madaniyat va xalq hunarmandchilik faoliyati bilan shugullanuvchi
tadbirkorlar uchun eng kam ish haqining yarmi miqdorida belgilanishi
tarafdorimiz.
Biznes faoliyati korxonalarini davlat ro‘yxatiga olish yoki ro‘yxatga
olishning asoslangan holda rad etilishi tadbirkorlik tashkilotini kichik korxona
sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, zarur qujjatlarni ilova qilgan qolda ariza
berilgan paytdan boshlab 10 kun, xususiy korxona esa ariza berilgan kundan
boshlab uch kun mobaynida ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim. Agar kichik va
xususiy tadbirkorlik sub‘ektlarini davlat ro‘yxatiga olish asossiz rad etilsa, bu
haqda belgilangan tartibda sudga shikoyat qilinishi mumkin.
15
Musiqa va san‘at maktablari o‘qituvchilarini moddiy rag‘batlantirish
omillari
Musiqa va san‘at maktabi o‘qituvchilarining mehnat munosabatlari
amaldagi mehnat to‘g‘risidagi qonunlar kodeksi, «Kasaba uyushmalari, ularning
huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida», Mehnatni muhofaza qilish
to‘g‘risida qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Respublikada
musiqiy ta‘limni, madaniyat va san‘at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash
to‘grisida»gi Farmoni hamda boshqa me‘yoriy-qonunchilik hujjatlari bilan
tartibga solib boriladi.
Musiqa va san‘at maktabi faoliyati demakratiya va insonparvarlik,
umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligi, xalqning madaniy an‘analari, o‘qitishning
ilg‘or xarakteri, iqtidorlilarni rag‘batlantirish, o‘quvchi va pedagog shaxsini
hurmat qilish tamoyillari asosida ish yuritadi. Maktablarning asosiy maksadi —
o‘quvchilarni madaniy jihatdan har tomonlama rivojlangan, ma‘naviyatli shaxs
sifatida shakllantirish, shuningdek, ongli ravishda sevgan musiqa sohasi yoki
cholg‘u asbobi bo‘yicha dasturini tanlash, ularni o‘zlashtirish uchun asos
yaratishdan iboratdir. Bir so‘z bilan aytganda, musiqa va san‘at maktablari
ta‘lim oluvchilarning badiiy-estetik ehtiyojlarini qondirishda ko‘maklashishga
da‘vat etilgandir.
Prezidentimizning 1996 yil 31 dekabrda «Respublikada musiqiy ta‘limni,
madaniyat va san‘at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida»gi
Farmoniga asosan Madaniyat ishlari vazirligining o‘z tasarrufidagi bolalar
musiqa va san‘at maktablari «ta‘lim muassasalari» ro‘yxati tarkibiga kiritildi.
Bolalar maktablari, oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlarida iqtidorli yoshlarning
milliy an‘analarni chuqur o‘rganish va o‘zlashtirish, shuningdek, jahon
andozalariga mos ravishda ta‘lim olishlari uchun mahsus dasturlarni tayyorlash,
iste‘dodli yoshlarning san‘at sohasidagi xalqaro va respublika miqyosidagi
ko‘rik-tanlovlar, festivallar va boshqa turdagi anjumanlarda ishtirok etishlari,
16
ularning chet ellarga ijodiy safarlarga chiqishining ustuvor yo‘nalishlari belgilab
berildi.
7
Musiqa va san‘at maktablarining moliyaviy mablag‘i davlat darajasiga.
erishishini ta‘minlovchi normativ asosida ajratiladigan Qoraqalpog‘iston
Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjet mablag‘lari va
maktabning boshqa manbalardan tashkil topuvchi o‘z mablag‘lari hisobiga
shakllanadi. Bir qator normativlar bo‘yicha ajratiladigan har yili narxlarni
erkinlashtirish bidan aniqlanadigan mablag‘lar yig‘indisi mak200 tabdagi o‘quv-
tarbiya jarayonlari, msxnat jamoasini ijtimoiy rivojlantirish va uning
xodimlariga ish haqi to‘lashning asosiy moliyaviy manbalari hisoblanadi.
Musiqa va san‘at maktabining moliyaviy mablag‘lari unish‘ to‘la ixtiyorida
bo‘ladi va ular olib qo‘yilmaydi. Bu mablag‘larni maqsadli taqsimlash huquqi
maktab kengashiga tegishlidir.
Musiqa va san‘at maktablarining o‘z mablag‘lari quyidagi manbalar
asosida shakllanadi.
Birinchidan, maktab tomonidan ko‘rsatilgan pulli xizmatlardan, binoni va
jihozlarini ijaraga berishdan olingan daromadlar. Pulli xizmatlar ko‘rsatish
deganda, san‘at ta‘limiga nisbatan majburiy talablar darajasini oshiruvchi turli
mazmundagi pulli kurslar va ayrim musiqa fanlarini chuqur o‘rganish bo‘yicha
kurslar, madaniyat va san‘at muassasalari, ijodiy uyushmalardan yuqori malakali
mutaxassislarni taklif qilish yo‘li bilan maxsus ma‘ruzalar va maslahatlashuvlar
o‘tkazish. O‘quvchilar va o‘qituvchilarning mehnat faoliyati jarayonida
yaratilgan san‘at asarlarini sotish, maktab xonalari, musiqa-cholg‘u asboblari va
boshqa buyumlarni ijaraga berish, o‘qituvchilar va o‘quvchilar kuchi bilan
aholiga spektakllar va kontsertlar namoyish qilish nazarda tutiladi.
Musiqa va san‘at maktablarining pulli xizmatlari, belgilangan tartibda
tasdiqlangan narxlar va tariflar bo‘yicha, bunday narxlar va tariflar bo‘lmagan
7
A. Ro`zmetov "Madaniyat va sanʼat sohasining huquqiy asoslari". Hayot va qonun, 2018 yil.
17
taqdirda — shartlashilgan narxlar bo‘yicha ko‘rsatiladi. Biroq, yuqori
tashkilotlar tomonidan maktablarga pulli xizmatlarni rivojlantirish bo‘yicha
rejalashtirilgan topshiriqlarning, ular qanday shaklda bo‘lmasin, berilishiga yo‘l
qo‘yilmaydi. Shuningdek, pulli xizmatlarni ko‘rsatish byudjetdan moliyaviy
ta‘minlanadigan faoliyat o‘rniga amalga oshirilmasligi va pulsiz xizmat
ko‘rsatish darajasini kamaytirish evaziga bo‘lmasligi kerak.
Ikkinchidan, davlat, ijtimoiy, tijorat va boshha tashkilotlar, ota-onalar
hamda boshqa fuqarolarning ixtiyoriy badallaridan, vazirliklar, idoralar, tayanch
va boshqa korxonalarning maqsadli qo‘yilmalaridan tushgan pullar.
Uchinchidan, bank kredit va boshqa tushumlardan iborat bo‘lgan
daromadlar.
Musiqa va san‘at maktablari bank kreditidan foydalanishi mumkin. Banklar
tomonidan maktabning kundalik faoliyati uchun qisqa muddatli kredit ajratiladi.
Moddiy negizni rivojlantirish va ijtimoiy rivojlantirish uchun kelgusida qarzni
uzish sharti bilan maktabning ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish fondi
hisobidan uzoq muddatli kredit beriladi.
Musiqa maktabi o‘qituvchilariga mehnat haqi to‘lash va ularni moddiy
rag‘batlantirish mehnatga haq to‘lashning amaldagi shartlariga muvofiq amalga
oshiriladi. Lavozim maoshlari va stavkalariga o‘qituvchilarning va boshqa
xodimlarning tegishli malaka toifalari uchun kafolatlangan eng kam ish haqi
sifatida qaralishi kerak. Kundalik o‘quv mashg‘ulotlari soni va tartibi maktab
direktori
tomonidan
tasdiqlangan
dars
jadvali
bilan
belgilanadi.
O‘qituvchilarning haftalik mehnat qiymati 14,16 dars soati hajmidan oshmasligi
lozim.
8
O‘qituvchilarning ish haqlari quyidagi talablar asosida shakllanadi:
8
A. Ro`zmetov. "Bozor iqtisodiyoti va madaniyat". "Sanʼat", 2020 yil.
18
musiqa va san‘at maktablarining, mulkchilik shaklidan qat‘i nazar, har
bir o‘qituvchining mehnat daromadlari pirovard ish natijalarini yoki bajarilgan
soat qiymatining hajmini hisobga olgan holda ulish shaxsiy mehnat ulushi bilan
belgilanadi;
o‘qituvchilar uchun ish haqining eng kam miqdori O‘zbekiston
Respublikasining qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi;
mehnat haqi shakllari va miqdori shuningdek, o‘qituvchilarning boshqa
xildagi daromadlari maktab ma‘muriyati bilan ishga yollash an xodim o‘rtasida
tuzilgan shartnoma shartlariga muvofiq belgilgnadi. Shu bois, ikki tomonlama
tuziladigan mehnat shartnomasida mukofotlash, ustama va qo‘shimcha haqlar
to‘lash shartlari va miqdorlari hamda ular qaysi toifadagi o‘qituvchilarga tegishli
ekanligi unda o‘z aksini topishi zarur.
Musiqa va san‘at maktablarida lavozim maoshlariga va stavkalariga kasb
mahorati, mehnatda erishgan yutuqlari, alohida muhim ishlarni bajargani uchun
va bir yo‘la bir necha kasbda ishlagani uchun mablag‘larni tejash va maktab
fondi hisobidan tabaqalashtirilgan qo‘shimcha haq va ustamalar berilishi
mumkin. Qo‘shimcha haqlar joriy etish va o‘qituvchilar hamda boshqa
xodimlarni mukofotlash shartlari va tartibi Maktab kengashi (pedkengash)
tomonidan belgilanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994 yil, 29
sentyabrdagi «Xalq ta‘limi xodimlari mehnatiga haq to‘lash tartiblarini tartibga
solish to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq 80 nafargacha o‘quvchisi bo‘lgan etti
yillik musiqa maktablarida hamda badiiy maktablarda, sinflarga rahbarlik uchun
o‘qituvchilardan bittasiga, o‘quvchilar soni 50 nafargacha bo‘lgan etti yillik
musiqa maktablarida va badiiy maktablarda — eng kam oylik ish hahining 15
foizi miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi. O‘quvchilar soni 150 dan 200
nafargacha bo‘lgan hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari lavozimi
belgilanmaydigan etti yillik musiqa maktablari va badiiy maktablarda
19
o‘quvchilarga rahbarlik qiluvchi o‘qituvchiga kam oylik ish hahining 15 foizi
miqdorida qo‘shimcha haq to‘lanadi.
Bo‘limga rahbarlik qiluvchi (bo‘limning ixtiyorida bir ixtisoslikdagi
kamida 10 ta to‘garak mavjud bo‘lsa) maktabdan tashqari muassasaning
to‘garak rahbariga eng kam oylik ish haqining 30 foizi miqdorida haq to‘lanadi.
Biroq, bo‘limda mudir lavozimi mavjud bo‘lgan taqdirda ko‘rsatib o‘tilgan
qo‘shimcha haq to‘lanmaydi.
Vazirlar Mahkamasining 1992 yil 8 yanvardagi 3-sonli qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston teatr va musiqa san‘atini yanada
rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish to‘g‘risida»:gi Farmoni
hamda Vazirlar Maqkamasining 1995 yil 28 oktyabrdagi 415-sonli qarorlarida
musiqa va san‘at maktablari o‘qituvchilari uchun qator imtiyozlar berilgan.
Chunonchi, musiqa va san‘at maktabi o‘qituvchilari yashab turgan davlat va
idoralarga qarashli uylar hamda kvartiralarni shaxsiy mulk qilib bepul berish,
kvartirani isitish va yoritish uchun to‘lanadigan haqdan ozod qilinadi. Agar
ularning umumiy ish staji 10 yildan kam bo‘lmasa va ularga nafaqa (pensiya)
shu joylardagi maktablarda ishlagan davrda tayinlansa, imtiyozlar nafaqachi va
uning oila a‘zolari uchun saqlanib qoladi.
Kvartirani isitish va yoritish (shahar maktab o‘qituvchilar uchun imtiyoz
qiymati 50 foizi miqdorda bo‘ladi) bo‘yicha imtiyozlardan o‘qituvchi butun ish
davomida, jumladan, navbatdagi mehnat ta‘tiliga chiqqanida, ayollar esa
homiladorlik va tug‘ish davrida, chaqaloq uch yoshga to‘lguncha uni parvarish
qilish uchun ta‘til olganida, shuningdek, uzoq muddat kasallanganda, malaka
oshirish kurslarida o‘qigan paytlarida foydalanaveradi. Shuningdek, musiqa va
san‘at maktablari o‘qituvchi va kontsertmeysterlari mehnatini rag‘batlantirish va
ularni ijtimoiy himoya qilishni ta‘minlash maqsadida ularga uzoq muddat
xizmat qilganligi uchun lavozim maoshiga nisbatan foizlardagi har oylik
maoshiga: 3 yildan 5 yilgacha — 10 foiz; 5 yildan 10 yilgacha — 15 foiz; 10
yildan 15 yilgacha — 20 foiz; 15 yildan 20 yilgacha — 30 foiz; 20 yildan 25
20
yilgacha — 40 foiz; 25 yildan ortiq — 50 foiz miqdorida taqdirlash puli
qo‘shiladi. Maktab o‘qituvchilari va kontsertmeysterlarining asosiy nafaqalariga
qar oyda eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida usgamalar qo‘shib beriladi.
9
Musiqa va san‘at maktablarida buxgalteriya va statistika xisobi hamda
xisobotini yuritish tartibi amaldagi qonunchilik bilan tartibga solinadi.
Dostları ilə paylaş: |