Xalq ijodiyoti


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Yüklə 253,95 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix07.01.2024
ölçüsü253,95 Kb.
#210832
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Kurs Ishi 1, 2

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. 
Kurs ishiining asosiy maqsadi 
madaniyat va san`at muassasalarida hisob kitoblar va kredit operatsiyalari hisobi 
tendenstiyalarini o‘rganish asosida taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. 
Ushbu maqsadga erishish uchun ishda qo‘yidagi vazifalar qo‘yilgan: 
4.
Madaniyat va san`at muassasalarida hisob kitoblar va kredit operatsiyalari 
hisobi jarayonini tahlil qilish; 
5.
Madaniyat va san`at muassasalarida hisob kitoblar jarayonlarining o‘zaro 
bog‘liqligi o‘rganib chiqish; 
6.
Kredit operatsiyalari hisobi rivojlanishining asosiy tendenstiyalarini 
o‘rganib chiqish; 
7.
Xalqaro 
moliyaviy 
tashkilotlar 
va 
xalqaro 
korparastiyalarning 
faoliyatining o‘ziga xos jihatlarini aniqlash; 
8.
Madaniyat va san`at muassasalarida hisob kitoblar va kredit operatsiyalari 
hisobini iqtisodiy hamkorligining asosiy yo‘nalishlari asoslash; 
9.
O‘zbekistoning madaniyat va san`at muassasalarida hisob kitoblar va 
kredit operatsiyalari hisobini xorijiy mamlakatlar bilan hamkorligini tahlil qilish. 
Kurs ishining obyekti va predmeti
: Ish obyekti qilib madaniyat va san`at 
muassasalarida hisob kitoblar va kredit operatsiyalari hisobini ijobiy taraflarini 
o‘rganishi masalasi olingan. 
Kurs ishining tuzilishi
: Ushbu kurs ishi kirish, 2 ta bob, 6 ta reja, xulosa 
va takliflar hamda foydalanilgan adabiyotlardan iborat 
2
А.А. Omоnоv, T.M. Qоrаliyеv ,pul,krеdit vа bаnklаr‖ Dаrslik. Toshkent «IQTISOD-MOLIYA» 2012 yil. 



I BOB.MADANIYAT VA SAN`AT MUASSASALARIDA HISOB 
KITOBLAR 
1.1 Bozor munosabatlarida madaniyat muassasalarining Moliyaviy 
ta’minot mexanizmlari 
Ma`lumki, bozor munosabatlariga o‘tish davri, iqtisodiy vositalar 
bilangina xo‘jalik yuritish mumkin bo‘lgan davrdir. Buning ma`nosi shuki, 
birinchi galda, madaniyat xodimlari eski iqtisodiy tafakkurdan voz kechib, yangi 
iqtisodiy tizimga o‘tish bo‘lsa, ikkinchi galda, madaniyat va san`at 
muassasalarining moliyaviy ahvolini yaxshilash, moliya ta`minotiga yangi sifat 
berish, barqaror o‘sish sur`atlarini baxsh etish bilan uzviy bog‘liqdir. Madaniyat 
muassasalarining moliyaviy faoliyati o‘z xarakteriga asosan murakkab va o‘ziga 
xos xususiyatlarga egadir. U ham bo‘lsa, bozor munosabatlarida madaniyat 
sohalarining moliyaviy ta‘minotida davlat homiyligining obyektiv zaruriyatga 
aylanishidir.
3
Shuni alohida ta‘kidlash joizki, madaniyat soha mehnati aql zakovat va 
ijodiy mahsulot natijasidir. Bu holat bozorda ma‘naviy ozuqa yaratuvchilarni 
himoyalash va ular faoliyatini sug‘urtalash kabi bir qator himoya vositalarini 
yaratishni talab etadi. Bu masalaga ijodkorlar manfaati tomonidan turib 
yondoshsak, ayrim paytlarda yaratilgan madaniy mahsulot uchun sarflangan 
xarajatlar tomoshabin qabul qilmasligi tufayli iqtisodiy samarasiz bo‘ladi. 
Bunday paytda ijodkor xodimning ko‘rgan zararini qoplamaslik jamoaning tang 
iqtisodiy aqvolga tushib qolishiga olib keladi. Tabiiyki, bu holat madaniyat va 
san‘at sohasining moliya ta‘minotiga davlat homiyligi zaruratini yuzaga 
keltiradi. Zero, erkin bozor sharoitida xam madaniyat maskanlari jamiyat uchun 

A. Ro‘zmetov, Madaniyatda menejment va iqtisodiyot asoslari‖ Toshkent "O‘qituvchi" 2021 yil




nihoyatda zarurdir. Demak, bozor iqtisodiyoti munosabatlarida davlatning 
madaniyat iqtisodiyotiga aralashuvini cheklash emas, balki faollashtirish zarur. 
Xulosa qilib aytish mumkinki, bozor munosabatlari sharoitida madaniyat va 
san‘at muassasalari davlat tomonidan mablag‘ bilan ta‘minlanadigan xo‘jalik 
hisobida ish olib boradigan korxona sifatida shakllanmog‘i lozim. Shuningdek, 
madaniyatda iqtisodiy munosabatlar aholiga ko‘rsatilgan xizmatlar olingan 
foyda evaziga kengayishi, moddiy ne‘matlar ishlab chiqaruvchi korxonalar 
singari xo‘jalik yuritish zaruriyati vujudga keladi. Bunda ishlab chiqarishning 
omili sifatida vujudga kelgan mulk nima ishlab chiqarishdan qat‘i nazar, moddiy 
ne‘matmi yoki xizmatmi uning qarakat shaklini korxona deymiz. 
Mazkur fikrlardan kelib chiqib, biz bozor munosabatlari jarayonida 
madaniyat muassasalarining moliya ta‘minot andozasini — xo‘jalik 
yurililishining yangi iqtisodiy mexanizmiga o‘tkazish deb bilamiz. Bu esa bozor 
tamoyilining talabi, desak yanglishmaymiz. Bu andozaning mohiyati shundan 
iboratki, madaniyat tarmog‘ining ijodiy ishlab chiqarish faoliyati va ijtimoiy 
rivojlanishning 
asosiy 
masalalarini 
hal 
etishda 
mehnat 
jamoalari 
muassasalarining moliyaviy, xo‘jalik mustaqilligini, huquqlarini kengaytirish, 
moddiy va ma‘naviy rag‘batlantirishning o‘zaro bog‘liqligini qaror toptirish, har 
bir xodim mehnat faoliyatining pirovard natijalariga, sifati va samaradorligiga 
qarab haq to‘lash ko‘zda tutiladi. 
Xo‘jalik yuritishning yangi iqtisodiy munosabatlariga o‘tkazish ilmiy 
g‘oyamizni madaniyat va san‘at muassasalarining istiqbol yo‘lida tutgan o‘rnini 
o‘rg‘anish maqsadida madaniyat ishlari vazirligi tasarrufidagi klub va kutubxona 
tarmoqlarida ilmiy tadqiqotlar olib bordik. Bu maqsadda 2021 yilda 2737 ta klub 
muassasalaridan 44 tasi xo‘jalik yuritishning yangi iqtisodiy munosabatlariga 
o‘tkazildi. Dastlabki ma‘lumotlarga asosan ta‘kidlash kerakki, muassasalar 
faoliyatinint yangi talabalar asosida tashkil etilishi, milliy istiqlolimizga hamda 
bozor iqtisodiyoti talablariga bevosita javob berar ekan. Natijada ilmiy izlanish 
doirasini kengaytirishga qaror qilindi. Va 2018 yilda respublika klub 



muassasalarining 62 tasi, shundan 41 tasi shahar hamda 27 tasi qishloq klub 
muassasalari, yangi iqtisodiy munosabatlarga o‘tkazilgan bo‘lsa, 2019 yilda bu 
g‘oya doirasiga 112 ta universal va ommaviy kutubxonalar olindi. Shundan 
Jizzax viloyatida 48 ta, Namangan viloyatida esa 45 ta kutubxonada tadhiqotlar 
olib borildi. Kuzatishlar natijasiga asosan ta‘kidlash lozimki, xo‘jalik 
yuritishning yangi iqtisodiy munosabatlariga o‘tgan madaniyat muassasalarida 
mehnat unumdorligi va mehnatga haq to‘lash yuqori bo‘lib, xodimlarni ijtimoiy 
jihatdan himoya qilish, moliyaviy resurslardan yanada samaraliroq foydalanish 
ortganligini ko‘rsatdi. Natijada bunday sharoitda mehnat qilishni xohlagan 
mehnat 
jamoalarining 
soni 
ko‘paya bordi. Jumladan, 2020 yilda 
O‘zbekistondagi 168 ta universal va ommaviy kutubxonalar xo‘jalik 
yuritishning yangi iqtisodiy munosabatlariga o‘tgan bo‘lsa, 2021 yilga kelib 
ularning soni 207 taga etdi.
4
Bozor sharoitida madaniyat va san‘at sohasini faqat davlat byudjetidan pul 
ajratish hisobiga zamon talabi darajasiga ko‘tarib bo‘lmaydi. Shu sababli soha 
moliya ta‘minotini yaxshilashning norasmiy iqtisodiy mexanizmi bo‘lmish xayr- 
saxovat, mehribonlik fondlari mablag‘lari, ayrim yuridik shaxslar tomonidan 
homiy sifatida ajratilgan moliyaviy yordamlaridan madaniyat muassasalairning 
biznes faoliyatlari natijasida olingan daromadlardan, umuman qonun tomonidan 
ta‘kidlanmaydigan boshqa kirimlardan tashkil topishi mumkin. Demak, 
madaniyat muassasalarining daromadi deb quyidagi moliya manbalarini 
hisoblash mumkin: 

madaniyat va san‘atni rivojlantirish fondlaridan tushumlar; 

biletlar sotishdan, ijodiy faoliyat mahsulini va boshqa faoliyat turlarini 
sotish hamda aholiga xizmat ko‘rsatishdantushadigan mablag‘lar; 

bajarilgan ish (xizmat) uchun davlat, tijorat va jamoakorxonalari, 
tashkilotlari, muassasalari bilan shartnoma asosida tadbirlar o‘tkazganlik uchun 
to‘lanadigan pullar; 
4
Abdullayeva SH.Z. Pul, kredit va banklar. –T.: «Iqtisod-Moliya‖, 2020 yil 


10 

pullik kino ko‘rsatishdan tushadigan daromadlar; 

jamoat korxonalari va ayrim fuqarolarning ixtiyoriy badallari. 


Yüklə 253,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin